Marketing


-bob. Reyestrdan axborot taqdim etish


Download 0.55 Mb.
bet25/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Marketing

4-bob. Reyestrdan axborot taqdim etish

11. Reyestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlar ochiq bo‘lib istalgan manfaatdor shaxs uchun erkin foydalanish imkoni mavjud, qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklab qo‘yilgan ma’lumotlar bundan mustasno.

12. Reyestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyati tegishli axborotni Yagona portalga joylashtirib borish yo‘li bilan, shuningdek so‘ralayotgan hujjat ko‘chirmasini, so‘ralayotgan hujjat mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va (yoki) Reyestrdagi hujjatni berish yo‘li bilan, bunda Reyestrga kiritib borilayotgan tegishli ma’lumot va hujjatlar kiritilishi bilanoq har kun yangilab borish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan 2021-yil 4-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son)

14. Jismoniy shaxslar, davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari yoxud boshqa tashkilotlarning yozma so‘rovnomasi bo‘yicha Reyestrdan ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha aniq tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi axborot ko‘chirmalar ko‘rinishida so‘ralgan hujjat, tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati yoki so‘ralayotgan axborot va (yoxud) hujjatlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.

15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli so‘rovnoma olingan paytdan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi (jo‘natiladi).

So‘ralgan hujjatlar Tizim orqali avtomatik tarzda elektron ko‘rinishda olinishi va nusxalari ko‘rinishida qog‘ozda chop etilishi mumkin.

16. Reyestrdan hujjatlarni, shu jumladan elektron shaklda taqdim etish to‘lov asosida amalga oshiriladi, ularni davlat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘ziga nisbatan so‘rovnomalari bo‘yicha taqdim etilishi bundan mustasno.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling