Marketing


ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ


Download 0.55 Mb.
bet28/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
Marketing

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ — Davlat xizmatlari markazlari;

(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)

vakolatli tashkilotlar — qonun hujjatlari bilan davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yish, tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, litsenziyalar berishga doir funksiyalar zimmasiga yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash, poligrafiya, bank faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari;

3. Ushbu Reglamentga muvofiq quyidagilar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, davlat hisobiga qo‘yishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar o‘zaro hamkorligining asosiy tamoyillari hisoblanadi:

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar harakatlarining avtomatlashtirilganligi;

vakolatli tashkilotlar tomonidan umumiy ma’lumotnomaning dolzarb holatda saqlab turilishi;

arizalarni ko‘rib chiqishda vaqt, mehnat va moddiy sarflarni qisqartirish;

ariza beruvchi bilan bevosita muloqot qilmasdan hamkorlik qilishni ta’minlash;

tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida va ushbu Reglamentda belgilangan tartibda ularga taqdim etilgan ma’lumotlar maxfiyligiga rioya etish va ulardan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;

ariza beruvchilardan — tadbirkorlik subyektlaridan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarda mavjud bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilib olishni taqiqlash.

4. Ushbu Reglamentga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorlik tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash tegishli dasturiy-apparat ta’minotidan, ular faoliyatidagi elektron hujjatlar aylanishi, shuningdek Tizimdan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

5. Ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida taqdim etilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar mazmunidan kelib chiqib, Tizim:

Ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida yuborilayotgan hujjatlarga, ma’lumotlarga identifikatsiya raqami va sana beradi;

murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni ularning qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlariga muvofiq aniqlaydi;

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarga ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlardan, shuningdek ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi;

tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni Tizimdagi hujjatlar va ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

6. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va vakolatli tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Tizimdagi mavjud ma’lumotlarning haqiqiy emasligi yoki dolzarb emasligi aniqlanganda Tizim imkoniyatlarida nazarda tutilgan usullarda Tizimga tegishli xabarnomani kiritadi.

Bunda ma’lumotlarida noaniqlik va buzilishlar aniqlangan tegishli organ (tashkilot), Tizimdagi ma’lumotlarda mavjud ma’lumotlar haqiqiy emasligi yoki dolzarb emasligi aniqlangan paytdan boshlab 3 ish soati davomida zudlik bilan ularni to‘g‘rilash va ular to‘g‘rilanganligi to‘g‘risida xabardor qilish choralarini ko‘rishi shart.

Tizim foydalanuvchilari tizim faoliyatidagi kamchiliklar va uzilishlar aniqlangan paytdan boshlab 3 ish soati davomida Tizimda nazarda tutilgan usullar bilan yoki aloqa vositalari orqali maxsus guruhni bu haqda xabardor qilishlari shart.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling