Marketing


-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi tartibi


Download 0.55 Mb.
bet29/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
Marketing

2-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi tartibi

7. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar, shuningdek ularning tarkibiy tuzilmalari hamkorligi Tizim orqali Tizimning tegishli foydalanuvchilari vositasida amalga oshiriladi.

8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar Tizimga ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar, ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni o‘z vaqtida kiritishlari (yuklashlari), Tizimda mavjud ma’lumotlar va (yoki) hujjatlarni ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq yangilab turishlari, shuningdek Tizim umumiy ma’lumotnomasini dolzarb holatda saqlab turishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zarur bo‘lganda buyruq qabul qilish yo‘li bilan ushbu Reglamentga ilovaga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritadi hamda bunday buyruq qabul qilingan sanadan keyingi kundan kechiktirmasdan uni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarga yetkazadi.

9. Tizimga kiritilayotgan (yuklanayotgan) hujjatlar va ma’lumotlar qoidaga ko‘ra Tizimga tegishli Tizim foydalanuvchisining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjat ko‘rinishida kiritiladi (yuklanadi) va qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Ilgari qog‘oz ko‘rinishida rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan, skaner qilingan hujjatlarni “PDF” (portable document format) formatida Tizim foydalanuvchisining elektron raqamli imzosidan foydalanmasdan Tizimga kiritishga (yuklashga) yo‘l qo‘yiladi.

10. Ma’lumotlar va hujjatlar almashishni unifikatsiyalash uchun Tizim hujjatlarni avtomatik tarzda o‘qishi va quyidagi talablarga muvofiqligini aniqlashi kerak:

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan berilayotgan va kiritilayotgan (yuklanayotgan) hujjatlar hamda ma’lumotlar majburiy tartibda tadbirkorlik subyektlarining identifikatsiya raqamiga ega bo‘lishi kerak;

elektron fayl, skaner qilingan hujjatlar va ma’lumotlar nomi hujjatlar va ularning varaqlari sonini identifikatsiyalash imkonini berishi kerak.

Har bir alohida hujjat barcha autentik belgilari haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida skaner qilinishi va kiritilishi (yuklanishi) kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling