Marketing
-bob. Tizimning axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Download 0.55 Mb.
|
Marketing
5-bob. Tizimning axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar
21. Tizim foydalanuvchilarining Tizimdan foydalanishlari “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash Yagona axborot tizimidan foydalangan holda, shuningdek amaldagi elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Tizim undan foydalanuvchilarning va ta’minot guruhining Tizimga kirgan va foydalangandagi barcha harakatlari bayonini yuritadi. 22. Tizim foydalanuvchilari elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni zarur darajada tuzish, saqlash, qayta shakllantirish, himoyasini ta’minlash, qayta ishlash, jo‘natish va olishni ta’minlashi, shu jumladan: elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar maxfiyligiga, to‘liqligiga va mualliflikka doir talablarga, shuningdek elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi kerak; elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar qayta ishlanayotgan paytda qabul qilib oluvchi tomonida turib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq elektron raqamli imzo haqqoniyligi ehtimolini tekshirishi, shuningdek elektron raqamli imzo sertifikati amal qilishini tekshirishi kerak. 23. Elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni himoya qilish uchun Tizim foydalanuvchilari tomonidan ishlatilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo‘lishi hamda ekspluatatsiya hujjatlariga qat’iy muvofiq ravishda foydalanilishi kerak. 24. Tizim foydalanuvchisining axborot xavfsizligi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar dasturiy-apparat ta’minoti choralari bilan amalga oshiriladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarning tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishi hamda ulardan nusxalar ko‘chirishning oldini olish; Tizim foydalanuvchilarining Tizimdagi ma’lumotlardan, dasturiy resurslardan Tizim foydalanuvchilarining lavozim yo‘riqnomalaridan kelib chiqib, cheklangan tarzda foydalanish; Tizimdan foydalanilganda antivirus himoyasini ta’minlash. Axborot xavfsizligi qonun hujjatlari va ushbu Reglament talablarini inobatga olgan holda, Tizim foydalanuvchisining ichki qoidalariga muvofiq boshqa erkin foydalanishdagi vositalar bilan ham ta’minlanishi mumkin. 25. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar qonun hujjatlari hamda ushbu Reglament talablarini inobatga olgan holda, ushbu qoidalar buzilishining oldini olish va buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Axborot xavfsizligi hamda Tizimdan foydalanish qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. 26. Tizim foydalanuvchilari qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda axborotning kriptografik himoyasini amalga oshiradilar. 27. Tizim foydalanuvchilarining Tizimda elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar almashinishiga doir hamkorligi telekommunikatsiya xizmatlari vositasida yoxud qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa usullar bilan amalga oshiriladi. 28. Tizim foydalanuvchilari elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar almashilganda qonun hujjatlari talablariga muvofiq keluvchi elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalanadilar. 29. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumot agar ular bevosita elektron hujjat va (yoki) ma’lumot jo‘natuvchisi tomonidan yuborilgan bo‘lsa, ular yuborilgan deb hisoblanadi. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumot uning tegishli Tizim foydalanuvchisiga kelib tushgan paytidan boshlab qabul qilib olingan deb hisoblanadi. 30. Axborot almashishni unifikatsiyalash va standartlashtirish maqsadida Tizim foydalanuvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Tizim foydalanuvchilari tomonidan qabul qilib olingan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlarni anglash va qayta ishlash imkonini ta’minlash maqsadlarida, har bir Tizim foydalanuvchisi tomonidan alohida foydalaniladigan, belgilangan ma’lumotlar formatlarini hamda elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar formatini konvertatsiya qilish imkonini berishi kerak. 31. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar Tizimda “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo hamkorlik va ma’lumotlar almashinuviga doir davlat standartlari bilan belgilanadigan yoki Tizim tomonidan foydalanishga yo‘l qo‘yilgan, barcha Tizim foydalanuvchilari uchun umumiy yagona standart formatga ega bo‘lishi kerak. 32. Tizim foydalanuvchilari harakatlarini amalga oshirish uchun Tizim tomonidan foydalaniladigan ma’lumotlar formatiga konvertatsiya qilinadigan axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar bilan almashinadilar. 33. Mazkur elektron hujjatlar formatlarida mazkur axborotni Tizim foydalanuvchilari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘qiy olish imkonini ta’minlovchi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishga doir harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan minimal axborot mavjud bo‘ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling