Marketing


T/r Tizimga kiritiladigan (yuklanadigan) hujjatlar va ma’lumotlar


Download 0.55 Mb.
bet35/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Marketing

T/r

Tizimga kiritiladigan (yuklanadigan) hujjatlar va ma’lumotlar

Ma’lumotlarning Tizimga kiritilishini amalga oshiruvchi organlar

Hujjatlar, ma’lumotlar va ularning rekvizitlarini Tizimga kiritish muddatlari

1.

Hokimning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) hokimliklari

qaror qabul qilingandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

2.

Bozor tashkil qilishga yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qaror.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) hokimliklari

qaror qabul qilingandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

3.

Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga arizaning shakli va mazmuni.

Adliya vazirligi

qonun hujjatlari shakli va mazmuni o‘zgartirilgandan so‘ng ikki kun muddatda

4.

Yangidan tuzilayotgan yuridik shaxsni (tadbirkorlik subyektini) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga arizaning shakli va mazmuni.

Adliya vazirligi

qonun hujjatlari shakli va mazmuni o‘zgartirilgandan so‘ng ikki kun muddatda

5.

Yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga arizaning shakli va mazmuni.

Adliya vazirligi

qonun hujjatlari shakli va mazmuni o‘zgartirilgandan so‘ng ikki kunlik muddatda

6.

Yuridik shaxsning (tadbirkorlik subyektining) ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga arizaning shakli va mazmuni.

Adliya vazirligi

qonun hujjatlari shakli va mazmuni o‘zgartirilgandan so‘ng ikki kun muddatda

7.

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik shaxslari ishtirokida chet elda tashkil etilgan tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Tashqi savdo vazirligi

tashkilot chet elda tashkil etilgandan so‘ng ikki kun muddatda

8.

Chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxsning ulushini (hissasini) sotishdan olingan daromadlarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ulushi (hissasi)ning O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxsga sotilishi holatlari bundan mustasno.

Davlat soliq qo‘mitasi

ta’sis hujjatlariga chet el yuridik yoki jismoniy shaxsining ulushini (hissasini) sotishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida

9.

Mol-mulki va (yoki) muassislari mavjud bo‘lmagan tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi taqdimnoma.

Davlat soliq qo‘mitasi

tegishli taqdimnoma jo‘natilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

10.

Mol-mulki bor bo‘lgan va (yoki) muassislari aniqlangan, qonun hujjatlarida belgilang�n muddatlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi so‘rovnoma.

Davlat soliq qo‘mitasi

tegishli so‘rovnoma yuborilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

11.

Maxsus komissiyaning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarori (xulosasi) qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Davlat soliq qo‘mitasi

maxsus komissiya qarori olingandan so‘ng uch ish kuni mobaynida

12.

Litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgani, bekor qilingani va tugatilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda, baholash tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

litsenziya berilgandan, amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgandan, bekor qilingandan va tugatilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

13.

Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish bo‘yicha bitimni amalga oshirishga, shuningdek birlashtirish va qo‘shib yuborishga dastlabki rozilik berilganligi to‘g‘risidagi qarorlar.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

qaror qabul qilingandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

14.

Qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy-hududiy birliklarga tegishliligicha Respublikadagi geografik obyektlarning (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar), aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlariga (mahallalar, shoh ko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, oromgohlar, skvyerlar) va shular kabi boshqa obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

geografik obyektlarga nom berish va nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi hujja�lar olingandan so‘ng besh ish kuni mobaynida

15.

Matbaa korxonasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, matbaa korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgani, bekor qilingani va tugatilgani haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

guvohnoma berilgandan, amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgandan, bekor qilingandan va tugatilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

16.

Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

emissiya davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n ish kuni mobaynida

17.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining tugatilayotgan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi qarori haqidagi ma’lumotlar.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni mobaynida, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

18.

O‘z ustav fondini shakllantirmagan aksiyadorlik jamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

ustav fondini shakllantirish muddati tugagandan so‘ng besh ish kuni mobaynida

19.

Banklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bank faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilish vaqtinchalik to‘xtatilgan, bekor qilingan va tugatilgani haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda.

Markaziy bank

litsenziya berilgandan, amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgandan, bekor qilingandan va tugatilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

20.

Bank hisobvaraqlarini ochish tartibi, muddatlari va bahosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Markaziy bank

qonun hujjatlariga muvofiq hisobvaraqlarni ochish tartibi, muddatlari va bahosi o‘zgargandan so‘ng o‘n ish kuni mobaynida

21.

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmayotgan tashkilotlar to‘g‘risidagi axborot.

Davlat soliq qo‘mitasi

(davlat soliq xizmatining hududiy organlari)



tijorat banklaridan tegishli ma’lumot olingandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

22.

Yuridik shaxs — tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtomatik tarzda

23.

Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtomatik tarzda

24.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘z ustav fondini shakllantirmagan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

aniqlangandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

25.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘z ustav fondini shakllantirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi so‘rovnoma.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

joylardagi davlat hokimiyati organlari huzuridagi maxsus komissiyalarga tegishli so‘rovnoma yuborilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

26.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan muassislari mavjud bo‘lmagan tashkilotni tugatish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

tugatish jarayoni boshlangandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

27.

Maxsus komissiyaning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘z ustav fondini shakllantirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qabul qilgan qarori haqidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

maxsus komissiya qarori olingandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

28.

Tashkilot muassislariga (ishtirokchilariga) asoslari ko‘rsatilgan holda ixtiyoriy tugatishni amalga oshirish to‘g‘risidagi xabarnoma.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

xabarnoma yuborilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

29.

Iqtisodiy sudga tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi da’vo arizasi yuborilganligi haqidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

da’vo yuborilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

30.

Tashkilotni tugatish jarayonining boshlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

tashkilotni tugatish qarori to‘g‘risida xabarnoma olingan kunda

31.

Tugatilganligi munosabati bilan tashkilotni Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi yozuv.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kunda

32.

Davlat bojlari stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Davlat bojlari va yig‘imlarini undiruvchi vakolatli organlar

qonun hujjatlari bilan davlat bojlari va yig‘imlari stavkalari o‘zgartirilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

33.

Yig‘imlarning stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

34.

Yuridik shaxsning — tadbirkorlik subyektining ustav fondiga ulush sifatida kiritilayotgan mol-mulk baholanganligi to‘g‘risidagi hisobot.

Baholovchi tashkilotlar

hisobot tayyorlangandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

341.

Ko‘char mulklarda lizing majburiyatlari, taqiq yoki boshqa cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (notarial sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno)

Notarial idoralar, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “Garov reyestri” DUK, “Davtexnazorat” inspeksiyasi

Ma’lumot tayyorlangandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

*Izoh. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling