Marketing


Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibidagi o’zgarishlar


Download 0.55 Mb.
bet38/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Marketing

Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibidagi o’zgarishlar


13 Mar 2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini Davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 28 oktyabrdagi № PQ-2646-son Qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli Qaroriga muvofiq 2017 yil 1 aprelidan quyidagi me’yoriy hujjatlar kuchga kiritiladi:

- Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom;

- Tadbirkorlik sub’ektlarining yagona davlat reestrini юritish tartibi to’g’risida Nizom;

- Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishda ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o’zaro hamkorligi Reglamenti.

Юqoridagi me’yoriy hujjatlarga asosan 2017 yil 1 aprelidan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan O’zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga integratsiyalashgan Internet tarmog’idagi Tizim orqali kechaю-kunduz o’tkazish va hisobga qo’yish tizimi ishga tushadi.

Jumladan,

1) ariza beruvchi so’rovnoma shakllantirilishi oxiriga etganidan so’ng stavkasi Tizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadigan davlat bojini Tizim tomonidan taklif etilayotgan quyidagi to’lov usullari orqali to’lashni amalga oshiradi:

Internet jahon axborot tarmog’i orqali real vaqt rejimida - bank kartasi va ulangan "SMS xabar berish" xizmati yordamida naqdsiz hisob-kitob ko’rinishida;

O’zbekiston Respublikasi banklarining kassalari orqali - Tizim tomonidan shakllantirilgan so’rovnomaning noyob raqami ko’rsatilgan holda naqd yoki naqdsiz hisob-kitob ko’rinishida;

hisob raqamidan bank o’tkazmasi yordamida naqdsiz hisob-kitob ko’rinishida.

Davlat ro’yxatidan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat bojini to’lash O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus shaxsiy hisob raqamiga amalga oshiriladi.

2) davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng tadbirkorlik sub’ekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisob raqamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi. Bank hisob raqamlarini ochish uchun ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning, ta’sis hujjatlarining asl nusxalarini va nusxalarini taqdim etish talab qilinmaydi.

Tijorat banklariga o’z mas’ul xodimlari tomonidan joriy etilayotgan yangi tartibni amalda to’g’ri qo’llash maqsadida tartib talablarini puxta o’rganish va ular bilan yaqindan tanishtirish choralarini ko’rish maqsadga muvofiqdir.


Oilaviy tadbirkorlikni ro'yxatdan o'tkazish uchun onlayn tarzda ariza berish. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling