4-bob. Davlat bojlari va yig‘imlarni o‘tkazish tartibi
17. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘langan davlat bojining barcha summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan 2021-yil 4-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son)
20. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentning 17, 19-bandlarida nazarda tutilgan davlat bojlari, yig‘imlar elektron to‘lov tizimlari vositasida to‘langanda, ariza beruvchidan to‘langan davlat boji va yig‘im summasining bir foizi miqdorida vositachilik haqi ushlab qolinadi.
To‘langan vositachilik haqlari summasi xizmat ko‘rsatuvchi bank, Yagona umumrespublika protsessing markazi, elektron to‘lov tizimi, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi operatori-tashkilot o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |