Marketing
-bob. Tadbirkorlik subyektlarini davlat hisobiga qo‘yish tartibi
Download 0.55 Mb.
|
Marketing
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarini davlat hisobiga qo‘yish tartibi
11. Ariza beruvchi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun so‘rovnoma shakllantirilganda Tizim avtomatik tarzda real vaqt rejimida tadbirkorlik subyektiga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingi kundan kechiktirmasdan, tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektini (yakka tartibdagi tadbirkorni) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (tegishli fondlar to‘lovchilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun) majburiy to‘lovlar to‘lovchilari sifatida hisobga qo‘yadilar. (11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda) 12. Davlat statistika organlariga davlat hisobiga qo‘yish uchun Tizim tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingi kundan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarorida belgilangan shakl bo‘yicha Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlarni yuboradi. Davlat statistika organlari Reyestrda mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. 13. Tadbirkorlik subyekti asosiy faoliyat turining kodi va (yoki) eng ko‘p o‘rtacha yillik ishchilar sonining o‘zgarishiga olib keluvchi moliyaviy, soliq, statistika yoxud boshqa hisobot taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda davlat soliq xizmati, davlat statistika organlari Internet jahon axborot tarmog‘i orqali “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” vositasida, u mavjud bo‘lmaganda — pochta aloqa vositasida bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladilar. 14. Tadbirkorlik subyekti — aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng Tizim u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi kundan kechiktirmasdan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga yangidan tuzilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida tegishli elektron xabarnoma yuboradi. 15. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar har chorakda Tizim vositasida davlat soliq va statistika organlari bilan birgalikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va davlat hisobida turgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonining solishtirilishini amalga oshiradilar. Oldingi tahrirga qarang. 151. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar har chorakda o‘zi kelgan holda yoki Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida kelib tushgan murojaatlarning, shu jumladan respublika miqyosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mas’uliyati cheklangan jamiyat va aksiyadorlik jamiyatlarining hududlar kesimidagi sonini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilib boradi. (151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi) 16. Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish yoki qayta yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza uning vositasida topshirilgan Tizim elektron shakldagi axborotni avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga va qonun hujjatlarida belgilangan shaklda yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish yoxud qayta yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi soliq hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga yuboradi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling