Marketingda axborotlarning ahamiyati
Marketing axborotlari turlari
Download 81.48 Kb.
|
MARKETING AXBOROTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-chizma . Iqtisodiy axborotning tasniflanishi Marketing axborot tizimi
- 2-chizma. Marketing axborot tizimining modeli
Marketing axborotlari turlari
Ma’lumki, marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham keraqdir. Ko‘pgina marketologlarning ta’kidlashicha, axborot bilan bog‘liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi. Iqtisodiy amaliyotda qo‘llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin (21-chizma). Marketing maqsadlariga mo‘ljallangan axborotni bir nechta guruhlarga bo‘lish mumkin. Xususan, bozor va uning kon’yunkturasi haqidagi axborot, sotish (savdo)ning uslublari va shakllari haqidagi axborot va, nihoyat, o‘z korxonasi haqidagi axborot. Korxonada shakllanayotgan axborotlar massivi bir martali marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hisobiga va marketing axborotini to‘plash, ishlov berish va tahlil qilish natijasida davriy ravishda kengayishi va yangilanishi kerak. 1-chizma. Iqtisodiy axborotning tasniflanishi Marketing axborot tizimi (MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, jamlash va ishlov berishning usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig‘indisi, deb ta’riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir. MATning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, u axborotning ichki va tashqi manbalaridan foydalanib bozor bilan aloqalarning rivojlanishini ta’minlaydi. Marketing axborot tizimining taxminiy modeli 22-chizmada keltirilgan. 2-chizma. Marketing axborot tizimining modeli Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil rivojlanish bosqichida bo‘lishi mumkin, shu jumladan: — ma’lumotlarni hisobga olishning oddiy modeli; — marketing hisobotlari tizimi; — turli hisob-kitob modellarini qo‘llashga mo‘ljallangan tizimlar; — marketingni prognozlash tizimi va hokazo. Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish. 2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot. 3. O‘ziga xos harakterdagi qo‘shimcha ma’lumotlarni olish maqsadida korxonada o‘tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi axborot. 4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda). MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni kamaytirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni doimo to‘plab borishdan iborat. Tashqi manbalardan ma’lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing tadqiqotlari asosida olinadi. Download 81.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling