Marketingning mohiyati va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


Aholi turmush darajasi sifatini oshirish


Download 260.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana06.04.2023
Hajmi260.94 Kb.
#1333190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 мавзу MARKETINGNING MOHIYATI VA UNING RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI

Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko’pchilik mutaxassislar 
marketing tizimining asosiy maqsadi aholi "turmush darajasining sifati"ni 
yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1) tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi; 
2) mehnatga haq to’lash darajasi; 
3) madaniy muhitning sifati va boshqalar. 
Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va 
rivojlanishining obyektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd 
qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar to’planib, sotilmay qolgan va 
iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida 
ixtiro qilingan, yaratilgan ekan. Uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab 
masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga 
moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan 
korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing 


ko’yidagi muhim vazifalarni hal etmog’i lozim:
• xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o’rganish va aniqlash; 
• tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish; 
• korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 
• avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma'lumotlar asosida bozorni 
o’rganish; 
• tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga 
qiziqishini ortirish;
• tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga 
oshirish uchun ma'lumotlar to’plash va tahlil qilish; 
• tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma'lumotlar 
olish; 
• to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar 
yig’ish; 
• tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat 
qilishdan iboratdir.
• Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy 
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini 
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida 
hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. 
Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini mustaqkamlash, yangi xaridorlarni 
jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy 
xususiyati - uzluksiz ta'sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor 
psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham 
egadir. 

Download 260.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling