Marketingning mohiyati va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 260.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana06.04.2023
Hajmi260.94 Kb.
#1333190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
1 мавзу MARKETINGNING MOHIYATI VA UNING RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI

environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik 
muammolarga e'tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili 
sifatida qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik 
jihatdan toza bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko’maklashadi. 
4. Marketingning funksiyalari va tamoyillari. 
Marketing mohiyatini anglashda uning eng harakterli tomonlarini tushunib 
olish kerak: uning asosiy subyektlari, marketing munosabatlarining ishtirokchilari 
kim, marketing nimalar bilan ishlaydi, uning obyektlari qanday, u qanday vazifalarni 
hal qiladi va uning funksiyalari va tamoyillari nimalardan iborat? 
Marketingning asosiy subyektlari - ishlab chiqaruvchilar, marketing 
bo’yicha mutaxassislar, vositachilar va xilma-xil mahsulot va xizmatlarning 
iste'molchilari hisoblanadi (19-chizmaga qarang). 
Marketing obyektlariga moddiy tovar, xizmatlar, g’oyalar, tashkilotlar, 
hududlar va shaxslar kiradi. Marketing obyektlarini, odatda, "tovarlar" 
tushunchasiga birlashtiradilar. 
Moddiy tovarlar shaxsiy iste'mol tovarlariga, ishlab chiqarishga va davlat 
ijtimoiy maqsadlari uchun mo’ljallangan tovarlarga bo’linadi. 


 
19-chizma. Marketing subyektlari. 
Xizmatlar (uy-ro’zg’or, ishlab chiqarish, moliyaviy, transport va aloqa, 
ijtimoiy, intellektual) - marketing faoliyatining eng yaxshi rivojlanayotgan sektori. 
Ularning sifati o’zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog’liq va ularni 
standartlash qiyin. 
G’oyalar rivojlanish va prognoz stsenariylari, loyihalar, texnologiyalar, 
patentlar, nou-xaular, ijtimoiy me'yorlar va an'analar, ehtiyojlar va ularning 
ierarxiyasini o’z ichiga oladi. g’oyalar marketingi mualliflik birinchiliklarini 
huquqiy ta'minotining rivojlanishiga uzviy bog’liqdir. 
Tashkilot marketingning obyekti sifatida tashkiliy struktura va modellar 
jihatidan ham, huquqlar, imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi mumkin. 
Biznes muhitida va umuman jamiyat nazarida tashkilotning obro’izzati haqida 
alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji, odatda, firmaning, tovarning belgisi yoki 
firmaning xizmat ko’rsatish belgisi bilan tavsiflanadi. 
Hududlarga marketing obyektlari sifatida uyjoy, dam olish joylari, xo’jalik 
qurilishlari, investitsiya obyekti sifatida er ham kiradi. Ancha kengroq ma'noda 
hududlar marketingi haqida gapirganda ko’chmanchilar, turistlar, biznesmenlar 
kategoriyasini umumiy holda belgilash, moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni 
tushunish mumkin. 
Shaxs haqida gapirganda, avvalo, mehnat resurslari va ish joylari bozorini, 
shuningdek, madaniyat, san'at, siyosat, fan, ta'lim, tibbiyot, sport va boshqa 
sohalardagi buyuk shaxslar bozorini nazarda tutadilar. 

Download 260.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling