Marketingning mohiyati va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 260.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana06.04.2023
Hajmi260.94 Kb.
#1333190
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1 мавзу MARKETINGNING MOHIYATI VA UNING RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI

Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish 
mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab 
chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy 
tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini 
hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga 
umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud: 
1. Maksimal yuqori iste'molga erishish. 
2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish. 
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash. 
Pirovard istе'molchi 
(individuum) 
Markеtingning asosiy sub'еktlari 
Ishlab chiqaruvchi 
Istе'molchi tashkilotlar 
Markеting bo’yicha mutaxssislar 
Chakana savdo 
Ulgurji savdo 


4. hayot sifatini maksimal ko’tarish. 
Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning 
miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy 
muhitning sifati. 
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi. 
Marketingni qo’llaydigan firmaning asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini 
Filipp Kotler quyidagicha ta'riflaydi: 
"Kompaniya ishi = mijoz kutadigan natijalar" 
Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va sifatiy 
maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, 
firmaning obro’-e'tiborini oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini 
kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir: 
1. Mashhurlikni oshirish. 
2. Yuqori imijga erishish. 
3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish. 
4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash. 
Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
5. Foydaning hajmi. 
6. Sotilishlar hajmi. 
7. Bozor ulushining oshishi. 
8. Barqarorlikni ta'minlash. 
9. Xarajatlarni kamaytirish. 
10. Mehnat unumdorligi. 
Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib, 
biznes sohasida quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash - 
bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida 
tanlashdan iborat". 
Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni haddan 
tashqari osonlashtirib yuboradi. 
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, 
vazifalari - qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda 
marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan: 
1. Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot 
(tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash. 
2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini 
yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini 
tashkil etish. 
3. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini 
tartiblashtirish va rejalashtirish. 
4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish. 
5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish 
uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, 
reklama, texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini 
tartiblashtirish va yo’naltirish. 


Marketing funksiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar 
siyosati, narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon 
bo’ladi. Bunda quyidagi savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi: 
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli 
mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi. 
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari 
o’rganiladi. 
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi 
(assortiment, narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo). 

Download 260.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling