Marketingning mohiyati va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 260.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana06.04.2023
Hajmi260.94 Kb.
#1333190
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1 мавзу MARKETINGNING MOHIYATI VA UNING RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI

Marketingning umumiy funksiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin: 
analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat. 
Analitik funksiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini 
o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat. 
Ishlab chiqarish funksiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, 
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va 
tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi. 
Sotish funksiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar 
va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi. 
Boshqarish va nazorat funksiyasi strategik va operativ rejalashtirish
marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar 
tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan 
jarayonlarni o’z ichiga oladi. 
Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning 
boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda 
marketingning 
asosiy, 
birlamchi 
tamoyili 
muayyan 
iste'molchilarning 
muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat 
qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal 
qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi 
va rivojlantiriladi: 
• iste'molchiga yo’naltirilganlik; 
• talabni prognozlash va shakllantirish; 
• qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi; 
• qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni 
boshqarish; 
• istiqbolga yo’naltirilganlik; 
• dasturli maqsadli yondashuv. 
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini 
ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin
lekin asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi. 
Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va 
shakllanishini belgilab beradi. 

Download 260.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling