Marketingning mohiyati va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 260.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana06.04.2023
Hajmi260.94 Kb.
#1333190
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1 мавзу MARKETINGNING MOHIYATI VA UNING RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI

Qo’llab-quvvatlovchi 
marketing 
to’liq 
talabning 
mavjudligini 
harakterlaydi, ya'ni bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi 
taklifning darajasi va tarkibi to’la mos keladi. Bunday marketing turining vazifasi 
bo’lib, odatda, to’laqonli talab sharoitida uning darajasini iste'molchilarning istaklari 
tizimi va raqobatning kuchayishini hisobga olgan holda saqlab turish hisoblanadi. 
Bu yerda marketolog birinchi navbatda savodli narx siyosatini o’tkazishi, sotishning 
zaruriy hajmini saqlab turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan 
xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik 
tadbirlarga e'tibor berishi kerak. To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral 
motors" kompaniyasining faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya 
"Ford" kompaniyasini orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta 
amerikalik uchun narxlari past bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford 
modeliga o’zining zamonaviy, keng rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil 
modelini qarama-qarshi qo’ydi. 
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga 
bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Uning vazifasi bo’lib 
salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni yo’qotish maqsadida talabni 
vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari 
talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini oshirish, reklama kompaniyasini 
va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali hal qilinishi mumkin. 
Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan 
yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar 
(sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab 
mavjud bo’lganda amal qiladi. Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni 
qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa, qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni 
zararli, yomon qilib ko’rsatadi. Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni 
iste'mol qilishdan voz kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo’lib 
hisoblanadi. Bunda marketingning narx qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, 
bu tovarlarga hammaga yo’l ochiqligini cheklash bo’lishi mumkin. 

Download 260.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling