Marketingning mohiyati va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 260.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana06.04.2023
Hajmi260.94 Kb.
#1333190
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1 мавзу MARKETINGNING MOHIYATI VA UNING RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI

Rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning 
yo’qligi kuzatilishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda iste'molchilarning ushbu tovarga 
nisbatan befarqligi yoki qiziqishi yo’qligi haqida gap boradi. Marketing vazifasi 
bo’lib iste'molchilarning mahsulotga nisbatan befarqligini o’zgartirish uchun 
mahsulotga xos bo’lgan foydali tomonlarini iste'molchilarning ehtiyojlari va 
manfaatlari bilan bog’lash usullarini axtarib topish hisoblanadi. Rag’batlantiruvchi 
marketing quyidagi vaziyatlar sabablarining oldini olishga mo’ljallangan: 
iste'molchilar mahsulotning imkoniyatlarini umuman bilmasligi, to’siqlarni 
yo’qotish va hokazo. Rag’batlantiruvchi marketingning asosiy qurollari: reklamani 
kuchaytirish, narxlarni keskin pasaytirish, siljitishning boshqa usullarini qo’llash. 
Rivojlantiruvchi 
marketing 
xaridorlarning 
ko’pchiligi 
mavjud 
mahsulotlardan qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan 
paytda bo’lishi mumkin (masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq avtomobillarga 
talab). Mazkur holda aniq tovar yoki xizmat shaklida mavjud bo’lmagan tovarga 
potentsial talab mavjud bo’ladi. Shuning uchun marketing vazifasi bo’lib potentsial 
bozorning o’lchamlarini baholash va potentsial talabni haqiqiy talabga aylantira 
oladigan samarali mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Marketolog potentsial 
talabni aniqlashni va bozorni rivojlantirish uchun kerakli yo’nalishda hamma 
marketing vositalarini muvofiqlashtirishni bilishi kerak. Marketingning ta'sirchan 
qurollari sifatida yuzaga keladigan yangi extiyojlarga javob beradigan mahsulotlarni 
ishlab chiqarish, ularni qondirishning sifat jihatdan yangi bosqichiga o’tish, 
reklamadan foydalanish va aniq iste'molchilar guruhlariga mo’ljallangan, o’ziga xos 
mahsulot imijini yaratish. 
Remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing 
kompleksini qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan 
marketing turi. Marketingning asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi 
imkoniyatlarini axtarishdan iborat, ya'ni: tovarga yangi xususiyatlarni berish orqali 
tovarning hayotiy davrini uzaytirish, yangi bozorlarga kirib borish va hokazo. 
Umuman olganda, talabning pasayishi vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar uchun, 
har qanday davrlar uchun xos. Shuning uchun marketologlar shuni nazarda tutishlari 
kerakki, talab pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganda, kelajakda bozorni boshqa 
tomonga yo’naltirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lmaganda, u yanada pasayishi 
mumkin va shu orqali yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini cheklab quyishi 
mumkin. 
Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt 
jihatidan tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki 
boshqa tebranishlar bilan harakterlanadi. Bunda talab korxonaning ishlab chiqarish 
imkoniyatlaridan ancha ortiq bo’lishi mumkin yoki, aksincha, mazkur tovarni ishlab 
chiqarish hajmi bozor segmentining talablaridan ko’proq bo’lishi mumkin. Masalan, 
muzeylarning ish kunlarida kamroq mijozlarga ega bo’lishi yoki shahar transporti 
xizmatlariga talab hatto kun davomida o’zgarib turishi mumkin. Kurort hududlari 


aniq ifodalangan mavsumiy tebranishlarga ega. Sinxromarketingda talab 
tebranishlarini silliqlashtirish (nomuntazam talab) egiluvchan narxlar, siljitish 
usullari va marketingning boshqa qurollari yordamida amalga oshirilishi mumkin. 

Download 260.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling