Маркшейдерлик иши ва геодезия


Download 0.65 Mb.
bet4/10
Sana23.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1289708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kartografiyani, geoinformatikani va aerokosmik metodlarni o`zaro (2)

Oliy geodeziya – Yerning shakli va uning tashqi gravitatsiya maydonini o’rganish hamda yer sirtida olingan nuqtalar koordinatalarini aniq va umumiy sistemada aniqlash bilan shug’ullanadi.
Fotogrammetriya – yer sirtini fazodan yoki yerdan turib olingan suratlarini maxsus ishlab chiqib katta hududlar topografik kartalarini tuzishni ta’minlaydi.
Injenerlik geodeziya – turli injinerlik inshootlar–sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, gidrotexnik, shahar va yer osti inshoatlarni qidiruvlari, loyxalash, qurish va foydalanishni geodezik o’lchashlar bilan ta’minlash.
Kartografiyaturli kartalarni tuzish, ularni nashr etish va ulardan foydalanishni ta’minlash.
Geodeziya turli ilmiy - amaliy fanlar bilan uzviy aloqaga ega: Matematikani nazariyalariga asoslanib geodezik o’lchashlar natijalari ishlab chiqiladi. Fizika fani, ayniqsa uning optika, elektronika va radiotexnika bo’limlari geodezik asboblarini ishlab chiqish va ulardan to’g’ri foydalanishga kerak. Astranomiya yer sirtidagi nuqtalar koordinatalarini astronomik usullarda aniqlashga imkon beradi. Geodeziya geologiya, geomorfologiya, geografiya va boshqa fanlar bilan ham yaqin aloqada bo’ladi.
Geodeziya eng qadimiy fanlardan biri bo’lib, u eramizdan bir necha asrlar ilgari Yer sirtini ayrim bo’laklarga bo’lishda Misr va Xitoyda qo’llangan. Eramizdan 3 asr oldin Yerning shakli shar deb qabul qilinib, uning radiusi aniqlangan.
    1. Qadimiy va tarixiy Kartografiya va geoinformatika, yerning yumaloqliginining o’lchash ishlariga bo’lgan ta’siri


Bugungi kunda mavjud eng qadimiy tarixiy manbalarga asosan Geodeziya fani Misrda boshlangan. Georadotning yozishicha Sesostris1 (mil av. 1400 y.) Misr yerlarini soliq olish maqsadida hududlarga bo’lgan.
Yerning shakli va o’lchamlarini aniqlash bo’yicha insonlar ko’p yuz yillar davomida qiziqib kelganlar. Tarixiy qo’lyozmalar grek olimi Eratosfen birinchilardan bo’lib yerning o’lchamlarini hisoblagan.

1 Sesostris (yunoncha Rírít) - Gerodotning so'zlariga ko'ra Evropaning ayrim qismlariga harbiy ekspeditsiyani boshqargan qadimgi Misr shohining ismi.
U Sienada yozgi paytda quyoshning turishini belgilaydi. U shu paytda Siena va Aleksandriyada Mon meridional tekisligida quyoshning turishini hisoblaydi va ikki shahar orasidagi yoy uzunligini va uning yer markazidagi burchagini o’lchay olsa, Yer aylanasini hisoblashi mumkin bo’lgan. U burchakni soya uzunligi o’lchash yo’li bilan o’lchaydi. Yoy uzunligi Siena va Aleksandriya orasida karvon yo’lining sutkasiga o’rtacha bosb o’tgan masofasini karvonning ketgan kuniga ko’paytirib topadi. Bu o’lchashlardan Eratosfen Yer aylanasini hisoblaydi, u taxminan 25000 milni tashkil qiladi.
18-19 asrlarda geodeziya tez suratlar bilan rivojlandi. Angliya va Frantsiyada milliy chegaralarni plan va kartalarda joylashtirishga bo’lgan talab aniq geodezik ishlarni talab qiluvchi keng ko’lamli tadqiqotlar bajarishni taqozo qildi. SHunday qilib goedezik tadqiqotlar boshlandi Geodeziyani rivojlanishida O’rta Osiyo olimlari, shular qatorida mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy ham o’z hissasini qo’shgan. O’rta Osiyoda birinchi bo’lib 995 yilda Yer globusini yasadi; undan foydalanib shaharlar geografik koordinatalari va ular orasidagi masofalarni aniqladi.
154 ta yozgan asaridan 35 tasi geodeziya va geodezik asnronomiyaga bog’liq. Bular ichida eng chuqur bilim va tajribaga asoslangan “Geodeziya” kitobidir. Unda Yer shaklini shar deb olinib uni radiusini hisoblashda 1037 yil bajargan

o’lchashlari va hisoblashlari natijasini beradi.
R h cos
1 cos
bo’yicha topilgan natija



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling