Marksheyderlik ishi va geodeziya


Zamonaviy elektron geodezik priborlarning Zarmitan oltin konida


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana23.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1650945
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
ssss

2.3 Zamonaviy elektron geodezik priborlarning Zarmitan oltin konida 
qoʻllanilishi 
Zamonaviy topografik tadsvirga olish usullaridan taxeometrik tasvirga olish 
yuqori darajada avtomatlashtirilgan. Aynan elektron taxeometrik tasvirga olishda 
joining oʻzida maʻlumotlar elektron taxeometrning ma’lumotlarini tarqatish 
vositasida qayd qilinadi. 
Zamonaviy topografiyada nuqtaning yer yuzasida joylashgan oʻrnini 
aniqlashning koʻpgina usullari ma’lum, jumladan; 
1.Topografik informatsiyalarni joining oʻzida toʻplash va qayd qilishning 
yarim avtomatik qurilmalari CPE-3(Wild Shvetsariya, REG)100, 200(“Opton”FR 
G), Geodat 124 (AGA Shvetsiya). 
2. Tekislikda lazer nurini aylanma boʻylab yoyilishiga asoslangan usullar. 
3. Parametrik uchburchak tamoyiliga asoslangan geodezik oʻlchashlar usuli. 
4. Lazerli tekisliklar vositasida skanerlash. 
5. Fotopanoramali tasvirga olish usuli. 
6. Topografik tasvirga olishning fototopografik usuli. 


37 
GAT da ma’lumotlarni toʻplash nuqtai nazaridan qoʻyilgan talablarni 
elektron taxeometr va yarimavtomatik xaritalash hamda joyni skanerlash usullari 
qoniqtiradi. 
Oxirgi vaqtlarda taraqqiy etgan davlatlarda GAT uchun fazoviy 
ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlash uchun elektron taxeometrlar, global 
pozitsion tizimlar (GPS) bilan bir qatorda lazerli skanerlar keng qoʻllanilmoqda. 
Bevosita joining oʻzida skanerlash jarayonini va keyinchalik oʻlchamli 
maʻlumotlarni qayta ishlash kompiyuter texnalogiyalarining soʻnggi yutuqlarini 
oʻz ichiga toʻliq mujassamlashtirdi. Maxsus dasturiy taʻminotga ega boʻlgan 
kompiyuter va lazerli skaner birgalikda dasturlangan-apparatlar majmuining 
asosini tashkil etdi. Yer yuzasida amalga oshiriladigan lazerli skanerlshning
asosiy mazmun-mohiyati obyekt sirtidagi nuqtaning fazoviy kordinatalarining 
aniqligidan iborat. Koʻpgina hollarda bu amal skanerdagi lazerli dalnomer 
yordamida nuqtagacha boʻlgan masofani oʻlchash natijasida bajariladi. Har bir 
oʻlchashda dalnomerning nuri oʻzining oldingi holatidan skanerlash matritsasi 
boʻlishi mavxum normal toʻr tugun nuqtasidan oʻtadigan darajada ogʻadi. 
Matritsaning ustun va qatorlari tanlanishi mumkin. 
Matritsa nuqtalari qanchalik zich boʻlsa obyekt sirtidagi oʻlchangan 
nuqtalar zichligi ham yuqori boʻladi. Obyekt yonida lazerli nurlanish impulslari 
oynalar tizimi orqali oʻtadi. Ular lazer nurini qadam-baqadam ogʻishini taʻminlab 
beradi.ikkita harakatlanuvchi oynadan iborat boʻlgan konstruksiyalar keng 
tarqalgan.Ulardan bir nurning gorizontal ogʻish uchun “mas’ul” boʻlsa,
ikkinchisi uni vertikal ogʻishini ta’minlaydi. Skanerning oynalari pretsizion 
servomotor boshqaradi va ular oxir oqibatda tasvirga olinayotgan obyektga 
nurning yoʻnaltirilganlik aniqligini taʻminlaydilar. O’lchangan masofa va 
oynalarning ogʻish burchagi qiymati boʻyicha protsessor har bir nuqtaning 
kordinatalarini hisoblaydi va GAT ning informatsiyani kiritish tizimiga uzatishga 
tayyorlaydi. Hozirgi vaqtda lazerli skanerlash topografik obyekt toʻgʻrisida eng 
tezkor, batafsil va ishonchli informatsiyani tayyorlash usuli hisoblanadi. Faqat 
skaner oʻz navbatida tasodifiy nuqtalarning kordinatalrini aniqlaydi.Chunki 


38 
skanerlash matritsasi obyektga nisbatan qanday joylashsa shunga mos 
nuqtalarning koordinatalari aniqlanadi. Belgilangan nuqtaga skanerni yoʻnaltirish 
qiyin masala. Shuning bilan birga har qanday skaner (masalan RieglVZ 420i) 
nuqta kordinatalrini oʻzining shartli sistemasida aniqlaydi. Bu sistemaning 
parametrlarini qayd qilish mushkul ish. Shu sababli skanerlash orqali aniqlangan 
nuqtalarning koordinatalarini kerakli sistemada transformatsiyalash (keltirish) 
avvaldan koordinatalari aniqlangan uchta tayanch nuqta boʻyicha amalga 
oshiriladi. 
GIS da avval taʻkidlanganidek barcha manbalardan toʻplangan maʻlumotlar 
vektorizatsiyalanadi va rastrlanadi, shu jumladan skanerlash orqali olingan 
obyektning 
koordinatalari 
ham. 
Ma’lumotlar 
manbalarning 
tasvir 
proektsiyalari,koordinatalar sistemasi,masshtablari xilma-xil boʻlganliklari uchun 
ularni yagona proektsiya va va koordinatalar sistemasiga keltirish, ya’ni 
vektorizatsiyalashtirilgan va rastrli informatsiyani mavjud sharoit uchun 
qoʻllanilayotgan proektsiya va koordinatalar tizimi bilan bogʻlash masalasi 
yuzaga keldi. 
Bugungi kunda Zarmitan oltin konida Leica TC07 RU R1000 2 EGL-
AutoHeight funksiyasiga ega elektron taheometr qoʻllanilib kelmoqda. Bu 
elektron taheometr bir tugmani bosish orqali oʻrnatish balandligini avtomatik 
oʻlchash imkonini beradi, bu esa bizga qurilmani deyarli bir zumda ish holatiga 
keltirish imkonini beradi. Umumiy stansiyada ham oʻrnatilgan reflektorsiz 
rejimda 1000 m diapazonga ega PinPoint diapazoni va 5 dan 150 m gacha 
boʻlgan EGL lazer chizigʻi indikatori mutaxasisga prizmaning harakatlanish 
yoʻnalishini toʻgʻri aniqlashga yordam beradi, bu jarayonni sezilarli darajada 
osonlashtiradi ba tezlashtiradi. 
Eng aniq va tezkor oʻlchovlar uchun innovatsion texnalogiyalar Leica 
TC07 RUS R1000 2 EGL taxeometridagi maaxsus Leica flexField dasturiy 
ta’minoti tabiatdagi nuqtalarni belgilash, ob’ektni belgilash, kirish qiyin boʻlgan 
nuqtagacha boʻlgan masofani oʻlchash oʻrganilayotgan obʻyektning maydonini 
aniqroq va samaraliroq hisoblash va hokazolarni amalga oshiradi. Masalan 


39 
qurilma joylashgan joydan ma’lum radiusda xaritada nuqtalarni koʻrish uchun 
filtr oʻrnatishingiz mumkin. Dasturiy ta’minot Windows operatsion tizimiga 
asoslanganligi sababli smartfon yoki zamonaviy shaxsiy kompiyuterga ega 
boʻlgan tajribasiz foydalanuvchi ham qurilmani boshqarishni oʻrgana oladi. 
Boshqarish, funlsiyalarning tushunarliligi sababli o’zim ham bu qurilmani tezda 
o’rganib syomka qilish jarayonlarida bevosita ishtirok etdim. 
2.3-rasm.Leica TC07 elektron taxeometrida Marksheyderlik tochkasini
barpo qilishdagi syomka jarayoni. 


40 
Qulay operatsiya va oʻylangan dizayn. 
Leica TS07 RUS R1000 2 EGL umumiy stansiyasining sensorli displeyi 
qurilmaning juda past haroratlarda ishlashi paytida toʻgʻri ishlamasa, siz standart 
alfavit raqamli klaviaturadan foydalanishingiz mumkin. Shu bilan birga elektron 
oʻlchamlari bir vaqtning oʻzida barcha kerakli maʻlumotlarni koʻrsatishga imkon 
beradi. 
Elektron umumiy stansiya 30 soatdan ortiq xizmat muddatiga ega lity-ionli 
akkumuliyator bilan quvvatlanadi, bu esa qurilmadan uzoq muddat dala 
tadqiqotlari uchun foydalanishga imkon qurilmaning har ikki tomonida 
joylashgan. Bir soʻz bilan aytganda ushbu qurilma Zarmitan oltin konida 
laximlarni, laxim devorlarini va hattoki tik laximlarni ham syomka qilishda 
marksheyderlarga ishonchli yordam koʻrsatib kelayotgan qurilma hisoblanadi.
2.4-rasm. Leica TS 07 Shtativ 
bilan. 
2.5-rasm.Leica TC 07. 
Zarmitan oltin konini oʻlchash va syomka ishlarini aniqroq va yanada 
osonlashtirish maqsadida hozirgi kundagi eng zamonaviy priborlarni tadbiq 
qilishni taklif qilgan boʻlar edim. Bugungi kunda kon laximlarini yana 
samaraliroq syomka qilish uchun Rossiya yetakchi marksheyderlari LiBackpack 
C50 qurilmasini tavsiya qilishadi. Bu qurilmani zarmitan konida qo’llasak har 
qanday kon lahimlarining 3D modelini va nuqtali tasvirini hosil qilib rudani 
qazishga tayyorlash, qazish, o’tilayotgan lahimlarni nazorat qilish kabi ishlarni
ancha samarali olib borishga yordam bergan bo’lar edi deb hisoblayman. 


41 
Quyida bu qurilmaga batafsil toʻxtalib oʻtamiz. 
Libackpack C50 atrofingizdagi dunyodan ma’lumotlarni yigʻish, qayta 
ishlash va taxlil qilish vositasidir. Kamera mavjudligi skanerlangan obyektlarning 
3D modelini (rangli nuqta bulutli) va panoramali tasvirlarni 360 daraja koʻrinish 
bilan sinxronlashtirish imkonini beradi. Bu qurilma sizga qisqa vaqt ichida koʻp 
sonly ob’ektlarni video va foto fiksatsiyalari bilan skanerlash imkonini beradi. 
2.6-rasm. Lazerni skaner modellari. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling