Marksheyderlik ishi va geodeziya


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana23.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1650945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
ssss

Oligotsen-miotsen tekislanish Yuzalari Mirishkor togʻlaridagi karbonatli togʻ 
jinslarida, hamda vend, kembriy, ordovik va silur terrigen yotqiziqlari Yuzasida, 
1700-2000 m balandlikda rivojlangan. Tekislanish maydonlari denudatsion 
genezisga ega boʻlib, 3-5° li nishablikka ega. Chuqurlatish erroziyasi, togʻ 
jinslarining fizik xususiyatlariga bogʻlik holda, qoyali relef shakillarini hosil 
qilgan.
Yuqori neogen tekislanish yuzalari 1500-1700 metr balandlikda rivojlangan 
boʻlib, denudatsion harakterga ega. Tekislanish Yuzalari qalinligi 1 m gacha 
boradigan delyuviy yotqiziqlari bilan qoplangan.
Quyi neogen tekislanish Yuzalari hududda eng keng tarqalgan boʻlib, vend, 
ordovik, silur choʻkindi jinslari va Qoʻshrabot intruziv massivi jinslari boʻyicha, 
1200-1500 m balandlikda rivojlangan. Tekislanish yuzalari gorizontal holatdagi 
supalar shaklida boʻlib, kengligi 400 m gacha boradi. Chuqurlatish erroziyasi 
natijasida hosil boʻlgan soylarning bortlari katta nishablikka ega va tekislanish 
yuzalarini kesib oʻtadi.
Qadimiy toʻrtlamchi davr tekislanish Yuzalari 100-1200 m balandlikda 
rivojlangan boʻlib, juda past nishablikka ega. Bu tekislanish Yuzalari yon 
suvayirgichlarda yaxshi ifodalangan, kengligi 300-400 metr boʻlgan maydonlarni 
hosil qiladi va qalinligi 1,5 m gacha etadigan boʻshoq nurash materiallari bilan 
qoplangan.
Oʻrta turtlamchi davr tekislanish Yuzalari hududda eng yosh boʻlib, 8001000 
m balandliklarda rivojlangan, janubga qarab 3-5° qiyalangan nishablikka ega. Bu 
tekislanish yuzalari bilan soy vodiylari oʻrtasidagi nisbiy balandlik 10-15 m gacha 
pasayadi.
Hududning hozirgi relefi paleogen oxiri – neogen boshidan faollashgan 
tektonik harakatlar bilan bogʻliq. Bu tektonik harakatlar natijasida Shimoliy va 
Janubiy Nurota togʻ tizmalari koʻtarila boshlagan. Neogen davrida bu tizmalarning 


20 
gumbazsimon koʻtarilishi bilan bir qatorda subkenglik boʻylab yoʻnalgan togʻ 
oraligʻi botiqligi ham shakillangan.
Relef rivojlanishining oʻrta toʻrtlamchi bosqichida togʻlarning oʻsishi davom 
etgan va kengligi oshgan. Oʻrta togʻli relefning asosiy xususiyatlari shakillangan, 
koʻplab keng va chuqur soylar rivojlangan. Bu bosqich togʻ oraligʻi botiqligida va 
togʻ etaklarida kalin lyoss va lyossimon yotqiziqlarning toʻplanishi bilan tugaydi.
Relef shakillanishining 
xozirgizamon 
bosqichi 
tektonik 
faollikning 
koʻchayishi bilan bogʻliq. Shu tufayli Shimoliy Nurota togʻ tizmasi yanada 
koʻtariladi va soylarda errozion jarayonlarning koʻchayishi kuzatiladi.
Zarmitan maʻdanli maydoni hududining yer osti suvlari togʻ jinslarida 
joylashish sharoitlariga qarab uch guruhga boʻlinadi. Bular: sizot suvlar, grunt 
suvlari va darzlik suvlaridir.
Sizot 
suvlari 
tuproq 
qatlamida 
atmosferadagi 
suv 
bugʻarining 
kondensatsiyalanishi orqali namlik shaklida vujudga keladi. Sizot suvlarning 
miqdori yil fasillariga bogʻliq. Namgarchilik Yuqori boʻlgan bahor oylarida 
atmosfera yogʻin-sochinlari hisobiga ularning miqdori keskin oshadi. Yoz oylari 
aksincha quruq iqlim ta’sirida ularning miqdori minimal holga tushadi yoki 
batomom tugaydi.
Grunt suvlari Nurota botiqligi va togʻ etaklaridagi prolyuvial jinslar tarkibida 
toʻplanadi. Ularning toʻyinishi ham asosan yomgʻir va qor suvlariga bogʻliq. Grunt 
suvlarining zahirasi uncha katta emas. Grunt suvlaridan qadimdan maxalliy axoli 
dexqonchilikda foydalanishgan. Hozirda ular nasoslar yordamida soʻrib 
chiqariladi. Lekin grunt suvlarining zahirasi katta emasligi, toʻyinish imkoniyatlari 
cheklanganligi oqibatida ulardan foydalanish istiqboli katta emas.
Yer osti suvlarining aksariyat qismini togʻ jinslarida rivojlangan dazliklarda 
toʻplanadigan darzlik suvlari tashkil etadi. Darzlik suvlari Zarmitan ma’danli 
maydonida oltin konining ishga tushishi munosabati bilan Respublika 
gidrogeologiya tashkilotlari tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Bunda yer osti 
suvlarining joylashish chuqurligi, togʻ jinslaridagi darzlik suvlarining miqdori
sifati va rejimi togʻ lahmlarini qazish paytida espluatatsiya kilinayotgan 


21 
gorizontlardan suv chiqish imkoniyatlarini bashorat qilish; turli muassasa va 
tashkilotlarning ichimlik va texnik suvlarga boʻlgan extiyojini qondirish uchun suv 
manbalarini oʻrganish, ma’dan qazib olish jarayonida gidrogeologik sharoitning 
uzgarishini bashorat kilish kabi masalalar yechilgan. Bu masalalarni yechishda 
kompleks tadqiqot va kuzatuv ishlari bajarilgan.
1.2-rasm. Zarmitan koni hududi.
1.3-rasm. Zarmitan koni .Uklon 
Umuman Zarmitan konida madan qazish ishlarini olib borishdagi 
gidrogeologik sharoit murakkab emas. Bu quyidagi xususiyatlardan kelib chiqadi:
1. hududning yer osti suvlarining dinamik zahirasini uzluksiz ta’minlab 
turuvchi geologik-geomorfologik va iqlim sharoitlari mavjud emas;
2. oʻrganilayotgan hudud erroziya bazisidan (Nurota botiqligidan)
yuqorida joylashgan;
3. hududda karst jarayonlari rivojlanadigan togʻ jinslari mavjud emas. 
Darzlik suvlari joylashishining geologik sharoitiga karab, quyi paleozoy 
metomorfik terrigen jinslarida (slanetslar, qumtoshlar) rivojlangan ochiq 
darzliklardagi, intruziv jinslar (sienitlar, granosienitlar, granitlar) darzliklaridagi va 
yer yoriqlari zonalaridagi suvlar guruhlariga boʻlinadi.
Yer osti togʻ lahmlari va parmalash quduqlarida olib borilgan tadqiqotlar va
kuzatuvlar natijasida mazkur hududda suv sarfi past darajada ekanligi 
aniqlangan. Parmalash quduqdarida suv sarfi 1,6 l/s dan 1,8 l/s gacha oʻzgaradi.


22 
Kimyoviy tarkibi boʻyicha yer osti suvlari gidrokarbanatli va natriysulfatlidir. 
Mineralizatsiya darajasi 0,33-0,8 g/l. rN - 7,6 dan 8,2 gacha oʻzgaradi. Umumiy 
qattiqligi 1,8-3,6 mg. ekv/l.
Ba’zi bir er osti lahmlaridagi suvlarda sulfat-ionlar miqdori Yuqoriligi (8O4 
>250 mg mol) va erigan erkin kislorodning koʻpligi natijasida ular sulfatli va 
kislorodli agressivlikka (faollikka) ega. Shuning uchun ham bu yerda korroziyaga 
chidamli metallar va temir-beton konstruksiyalaridan foydalanish kerak boʻladi.
Yer osti lahmlaridan oqib chiquvchi suvlar sarfi ularning dinamik zahirasi 
hisobiga boʻladi. Hisob-kitoblar boʻyicha shaxtalarda yer osti suvlarining oʻrtacha 
oylik maksimal sarfi 25 l/s dan, oʻrtacha yillik sarfi esa 16,5 l/s dan oshmaydi.
Shaxtalardan yer osti suvlarini soʻrib chiqarish natijasida “Yuqori saroy” 
vodiysidagi yer usti suvlariga 10,5 l/s miqdorda zarar etkazilishi aniqlandi.
Yer osti suvlarining gidrodinamik xususiyatlarini oʻrganuvchi Respublika 
gidrogeologiya tashkilotlarining tavsiyalariga koʻra, suvlar ifloslanishining oldini 
olish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
-yer osti lahmlaridan suvlarni soʻrib chiqarish munosabati bilan yer osti
suvlarining davriy va fazoviy sath oʻzgarishlarini nazorat kilish;
-yer osti suvlarini soʻrib chiqarishda buloqlar rejimining oʻzgarishini
oʻrganish;
- yer osti suvlari rejimi buzilgan hududlarda tuyinish sharoitlarini oʻrganish;
- yer osti va yer usti suvlari sifatining oʻzgarishini oʻrganish va ifloslanish
manbalarini aniqlash;
- yer osti va yer usti suvlari ifloslanish jarayonini kuzatish va uni bashorat
qilish.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling