Marksheyderlik ishi va geodeziya
I.BOB. ZARMITAN OLTIN KONIDA GORIZONTLARNING
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ssss
7 I.BOB. ZARMITAN OLTIN KONIDA GORIZONTLARNING MARKSHEYDERLIK TA’MINOTINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI 1.1 Zarmitan oltin konining tabiiy geografik joylashgan o’rni Shimoliy Nurota togʻ tizmasi markaziy qismining geologik tuzilishida yoshi Yuqori proterozoydan to yuqori paleozoygacha boʻlgan choʻkindi, vulkanogen metomorfik togʻ jinslari qatnashadi . 1981–1983-yillarda R.V.Soy va M.O.Axmadjonovlar raxbarligidi koordinatsion kengash tomonidan 1:50000 masshtabli geologik haritalar uchun “Gʻarbiy Oʻzbekistonda tarqalgan tomezozoy yotqiziqlarini tabaqalash litologikstratigrafik sxemasi” ishlab chiqilgan. Quyida ta’riflanayotgan hududda mavjud boʻlgan stratigrafik boʻlimlarning shu sxema boʻyicha ta’rifi keltiriladi. Proterozoy guruhi yotqiziqlari ta’riflanayotgan hududning shimoli-sharqiy qismida tarqalgan boʻlib, tasqazgan va besapan svitalaridan iborat. Tasqazgan svitasi Qizilqum-Nurota strukturaviy formatsion zonasida eng qari yotqiziqlar sanaladi. U Shimoliy Nurota tizmasining suv ayirgʻich qismida shu nomli antiklinoriy yadrosida ochilib yotadi. Tasqazgan svitasi tarqalishining sharqiy chegarasi boʻlib Mojirum yer yorigʻi sanaladi. Bu svita yotqiziqlari gʻarbga qarab Markaziy Qizilqumgacha choʻzilgan. Tasqazgan svitasining yoshi va hajmi koʻp yillar davomida munozaralarga sababchi boʻlib kelgan. Bu svita yotqiziqlarida aniqlangan organik qoldiqlarni (mikrofitolitlar va boshqalar) oʻrganish, radiogen usullar yordamida togʻ jinslari va minerallarning mutlaq yoshini aniqlash hamda svitani rayon strukturasida tutgan oʻrnini taxlil qilish orqali aniqlangan tokembriy yoshi koʻp tadqiqotchilar tomonidan tan olinadi. Svita yotqiziqlarining qalinligi 150 m. Besapan svitasi yotqiziqlari tasqagan svitasi yotqziqariga muvofiq yotadi. Besapan svitasining pastki chegarasi gravelit gorizontining ostki Yuzasidan oʻtkaziladi. Bu svita togʻ jinslari Majirum yer yorigʻining sharqida va gʻarbida bir qancha bloklarda kembriy yotqiziqlari bilan tektonik kontakt hosil qiladi. 8 Besapan svitasi kvars-slyudali, slyuda-kvarsli slanetslardan, alevrolitlardan va gravelitlardan tashkil topgan. Alevrolitlar va gravelitlar svita kesmasiida slanetslarga nisbatan ancha kam tarqalgan. Besapan svitasining yoshi tasqazgan svitasiga muvofiq yotganligi boʻyicha taxminan aniqlanadi. Ta’riflanayotgan hududda uning qalinligi 600 metrgacha boradi. Paleozoy yotqiziqlari hududda keng tarqalgan boʻlib, Qoʻshrabot plutonining atrofida rivojlangan. Ular kembriy-ordovik, silur, devon va karbon sistemalaridan iborat. Jivachisoy svitasi (Є 3 – O 1 ). Bu svita 1964- yilda N.Podkopaev va oshqalar tomonidan SHimoliy Nurota togʻ tizmasining shimoliy yonbagʻridagi Jivachisoy havzasida ajratilgan. U oʻzining litologik tarkibiga koʻra ikkita kenja svitaga boʻlinadi. Quyi Jivachisoy osti svitasi yotqiziqlari Qoʻshrabot intruzivining shimoliy ekzokontaktidagi antiklinal burmalarning yadrolarida ochilib yotadi. U bu yerda oʻzoro almashinib yotuvchi ohaktosh va ohakli, gilli, kremniyli slanetslar hamda qumtosh parchalaridan tarkib topgan. Kenja svita tarkibidagi togʻ jinslari choʻziq burmalar toʻplamini tashkil qiladi. Burmalanishdan keyingi tektonik harakatlar natijasida yoriqli strukturalar bilan murakkablashgan va regional metomorfizmga uchragan. Quyi jivachisoy kenja svitasining qalinligi 350 m ga boradi. Yuqori jivachisoy osti svitasi yotqiziklari Shimoliy Nurota antiklinoriysining janubi-gʻarbiy kontaktini murakkablashtiruvchi ikkinchi tartibdagi burmali strukturalar qanotlarini tashkil qiladi. Bu kenja svita yotqiziqlari quyi jivachisoy kenja svitasiga muvofiq yotadi. Eng yirik ochilgan joylari Qoʻshrabot intruziyasidan shimolda shimoli-gʻarbiy va subkenglik Yunalishlaridagi kengligi 2-2,5 km boʻlgan kambarlardan iborat. Bu ostki svita asosan kvars-slyudali, dala shpatli qumtoshlardan va qisman slyuda-kvarsli slanetslar hamda gravelitlardan tarkib topgan. Mazkur kenja svita yotqiziqlarining qalinligi 140 m. 9 1968- yilda Norvonsoyda jivachisoy svitasi kesmasining ustki qismida quyi ordovik tremadok yarusining graptolitlari topilgan (Abduazimova va boshkalar, 1968 y.). Keyinchalik suv oʻtlarining topilgan qoldiqlari boʻyicha (Xayrullina va boshqalar,1971 y.) jivachisoy svitasining pastki qismi Yuqori kembriyga oʻtkazilgan. Llandaveriy yarusi yotqiziqlari Shimoliy Nurota togʻ tizmasining markaziy qismida keng tarqalgan. Ular qoratosh va jazbuloq svitalariga ajratilgan. Qoratosh svitasi barcha joylarda jivachisoy svitasi yotkiziqlarini qoplab yotadi va oʻz navbatida jozbuloq svitasi yotkiziqlari qoplanadi. Qoratosh svitasi ikkita kenja svitalarga ajratiladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling