Marksheyderlik ishi va geodeziya
Zarmitan oltin koni hududidagi geodezik tayanch va tasvir
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ssss
2.2 Zarmitan oltin koni hududidagi geodezik tayanch va tasvir
tarmoqlari tahlili. Kon xududida geodezik tayanch tarmoqlar trangulyasiya va poligonometriya usullarida barpo etilgan. Balandlik tayanch tarmogʻi IV sinf nivelirlash yoʻllaridan iborat. Kon xududida hammasi boʻlib 22 ta trangulyasiya punktlari barpo etilgan boʻlib bugungi kunda ulardan 14 tasi yaxshi saqlangan. Geodezik tayanch tarmoqlar tizimini yangi punktlar bilan zichlashtirish ishlari I va II razryadli poligonometriya tarmogʻini tuzish orqali amalga oshiriladi. I razryadli poligonometriya tarmogʻi bitta punktga birlashtirilgan uchta poligonometriya yoʻli tuguni tizimi shaklida amalga oshiriladi. Avvaldan barpo etilgan I va II razryadli triangulyasiya tarmogʻining ba’zi punktlari qayta aniqlangan. I razryadli poligonometriya tarmogʻini yaratish uchun II, III va IV sinf triangulyasiya punktlari tayanch punkt sifatida qabul qilingan. Triangulyasiya punktlarining sogʻlom saqlanganligi ular tomon oʻlchangan yoʻnalishni qaytishi bilan tasdiqlangan. II razryadli poligonometriya punktlari joylarda 1,5 m chuqurlikda joylashtirilib, punkt markazi ustida balandligi 1.12, 1.32 m boʻlgan uch qirrali piramida oʻrnatilgan boʻlib, uning atrofi 2x2 (0,6 x 0,4 x 0,2) ariqchalar bilan belgilanib qoʻyilgan. Topishi oson boʻlishi uchun punktlarning yonida metal ustun ham oʻrnatilgan. Poligonometriya punktlarida burchaklar TB-1 teodoliti bilan oʻlchangan. 32 Punktlardagi gorizontal burchaklar alohida-alohida uch shtativ tizimida oʻlchangan. Kuzatilayotgan yoʻnalish ikkitadan ortiq boʻlganda burchaklar doiraviy priyomlar usulida oʻlchangan. Gorizontal burchaklar ikki piramida limbini 90º ga oʻzgartirgan holda oʻlchangan burchakning priyomlar orasidagi farqi - 6", oʻlchangan yoʻnalishlarning har bir qismidagi farqi - 6", gorizontning farqi ham - 6", yoʻl qoʻyilgan xatolik - 6". Poligonometriya punktlari orasidagi masofalar burchak oʻlchash bilan birga ST-5 svetodalnomeri yordamida oʻlchangan boʻlib asbobning doimiy koeffitsientini aniqlashning oʻrtacha kvadratik xatoligi ± 5,3 mm. Masofa ikki pryomda, har bir priyomda ikki martadan aniqlikda oʻlchangan. Svetodalnomer oʻrnatilgan har punktda havoning harorati va bosimi 5 mm simob ustuni aniqlikda oʻlchangan tomonlarining qiyalik burchagi esa teodolit yordamida doiraning ikki xil holatda uchta pryom bilan oʻlchangan. Poligonometriyadagi oʻlchash natijalari qoʻyidagi tartibda ishlab chiqilgan: -oʻlchovlarni xomaki ishlab chiqish; Masofani ishlab chiqqanda quyidagi tuzatmalar kiritilgan: -harorat va bosim uchun: -chiziqning qiyaligi uchun: -chiziqni sathiy yuzaga keltirish uchun: -masofani Gauss-Kryuger tekisligi proeksiyasiga keltirish uchun Lₒ-69º, 3º- zona. Poligonometriya tarmogʻidagi yoʻllar tizimi ketma-ket yaqinlashish usulida tenglashtirilgan boʻlib, unda direksion burchaklar va koordinatalar alohida-alohida tenglashtirilgan. Burchakli va chiziqli xatoliklar har bir burchak va tomon uchun teng ravishda tarqatib boʻlingan. Burchak xatoligining yoʻl qoʻyilgan qiymati qoʻydagi formula orqali topilgan. I razryadli poligonometriya tarmogʻi uchun: 33 (2.3) II razryadli poligonometriya tarmogʻi uchun: (2.4) n-tarmoqdagi burilish burchaklari soni. Poligonometriyadagi oʻlchangan burchakning oʻrtacha kvadratik xatosi: (2.5) Formula orqali topilgan. β-poligonometriya yoʻlidagi burchaklar soni. n-yoʻldagi burchaklar soni. N-tizimdagi yoʻllar soni. K-tizimdagi tugunlar soni. m β =±1,8" m βrux =5,0" Poligonometriya tarmogʻini tenglashtirish natijasida punktlarning kordinatalari x, y, z, roʻyxati tuzilgan va kon marksheyderiya xizmatlarida foydalanilmoqda. IV sinf nivelerlash tarmogʻi Poligonometriya punkitlarining z koordinatasini aniqlash uchun IV sinf nivelerlash ishlari amalga oshiriladi. Zarmitan konining sanoat maydonida ikkita devor reperi oʻrnatilgan. IV sinf nivelirlash ishlari bir chiziq boʻylab olib borilgan boʻlib, avval olib borilgan xuddi shunday ishlar natijalari bilan birgalikda amalga oshirilgan. Tayanch punkti sifatida trianguliyasiya punkti va 13-reper tugun punkiti foydalanilgan. IV sinf nivilirlash ishlari N-3 niveliri bilan uch shtativ usulida bajarilgan. Unda Visotskiy sistemasiga kiruvchi 48 va 49 son rekalar qoʻllanilgan. 34 Niviler va rekalar ish boshlashdan oldin tekshirilib, ularning ishga yaroqliligiga ishonch hosil qilingan. Reykani tekshirishda qoʻllanilgan nazorat lineykasining tenglamasi. L 0,2mm =999,960+0,0185 (± 20,7) Nazorat lineykasi etolonlashtirilgan, uning qiymati 1000,18 mm. Nivelirlash “oʻrtadan oʻlchash” usulda nurning bir tomonlama, uzunligi 50 m boʻlgan xolda amalga oshirilgan. Oʻlchangan nisbiy balandliklarga bir juft rekaning oʻrtacha uzunligiga mos tuzatmalar kiritilgan. Nivilirlash natijasida Boltiq dengizi tizimida ishlab chiqilgan. Tenglashtirish hisoblari ketma-ket yaqinlashish usulida olib borilgan, masofalar sodda usulda xatoliklarni seksiyalardagi shtativlar soniga proporsional ravishda tarqatish orqali tenglangan. Devor reperlarini otmetkalarini xisoblashdagi yoʻl qoʻyilgan xatolik (2.6) formulasidan foydalanib topilgan. n-nivilirlash chizigʻidagi shtativlar soni. IV sinf nivilirlash koʻrsatkichlari. nivilirlash chizigʻining nomi chiziq uzunligi, km shtativ soni, n xatoliklar amaldagi Yoʻl qoʻyilgan 1. Erdagi reper-13 tugun -PP 6189 2,22 4 9 -3 ±35 2. Erdagi reper-13 tugun -PP 6189 4,63 1 16 -17 ±54 35 3. Tr.Punkti Qoratepa Tugun PP 6189 2,30 4 0 +8 ±32 4. PP OS-9-PPOS12 0,19 5 -3 ±11 1 km yoʻl uchun IV sinf nivilirlashning oʻrtacha kvadratik xatosi: (2.7) Bu yerda: f n -nivelir yoʻli xatoligi L-yoʻl uzunligi N-yoʻllar soni K-tugun punktlar soni m n = ± 6,9 mm Nivelirlash natijasida nisbiy va absolyut balandliklar jadvali tuzilgan va ulardan kon marsheyderlik xizmatida maqsadli ravishda foydalanilmoqda. Nivelirlash ishlarini amalga oshirish borasida murakkab uchastkalarda trigonometrik nivelirlash usulidan foydalanilgan. Trigonometrik nivelirlash ishlarini amalga oshirishda tayanch punktlari sifatida “Boytoʻp” III sinf triangulyasiya punkti va “Asosiy” shaxta stvoli yonidagi tayanch punkitidan foydalanilgan. Trigonometrik nivelirlash TB-1 teodolitida toʻgʻri va teskari yoʻnalishlarida olib borilgan. Zenit masofa gorizontal burchak bilan bir vaqtda uchta pryom bilan koʻrish trubasi obʻektivining markaziy chizigʻi boʻyicha vertikal doiraning ikkala holatida oʻlchangan. Zenit masofani har bir premda oʻlchash xatoligi-11", yoʻl qoʻyiladigan xatolik-15". Vizirlash markazining va asbobning oʻrganilishi balandligi 1mm gacha aniqlikda oʻlchangan. Har 100 m 36 masofa uchun toʻgʻri va teskari nisbiy balandliklar orasidagi farq 4 mm dan oshmaydi. Trigonometrik nivelirlash natijalarini tenglashtirish xisoblari sodda usulda olib borilgan boʻlib, xatoliklar tomonlar uzunligiga proporsional ravishda tarqatib berilgan. Trigonometrik nivelirlash 2,6 km masofada bajarilgan boʻlib, unda tomonlar soni 5ta, yoʻllardagi xatoliklar -11,9 sm, yoʻl qoʻyilgan xatolik ±47,8 sm. (2.8) ; (2.9) Bu yerda: n-yoʻldagi xatoliklar soni. S-tomon uzunligi, m. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling