Marksheyderlik ishi va geodeziya


Qazib olingan ma'danning tovar va geolog holatidagi


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana23.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1650945
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ssss

Qazib olingan ma'danning tovar va geolog holatidagi 
miqdori
Tovar T
Geolog T
Столбец1


54 
3.2-grafik.Qazib olingan ma’danning haqiqiy yo’qotilishi va sifatsizlanishi. 
Blok 51306a- 51307a ma’danni qisqa shpurlar yordamida portlatib 
magazinlash usuli orqali qazib olingan. Loyihada umumiy yoʻqotish koeffitsienti -
6.2 % va ma’danga nomaʻdan togʻ jinslarining aralashish darajasi 53.0 % qilib 
belgilangan. 
Blok zarmitaan konining N3- sonli yer osti usulida ma’danni qazib olish togʻ-
kon uchastkasiga qarashli. 
Blok 51306a-51307a qazib olingan ma’dan miqdori 2021 yilning sentabr -
dekabr oylari hamda 2022 yilning iyul-avgust oylari yakuni boʻyicha oʻtkazilgan 
geolog va marksheyderlik oʻlchov dalolatnomasidaa koʻrsatkichlar blok 
pasportidagi ma’dan harakati jadvalida keltirilgan miqdorlarga mos keladi. 
Blok 51306a-51307a – 05.011.2021 yildagi N5 sonli dalolatnomaga asosan 
qazib olish birligi sifatida ekspluatatsiyaga qabul qulingan. 
Tik laximlar 51306a dan 33 dona,51307a dan 12 dona Borazda usulida 
naʻmunalar geolog tomonidan olingan. Birlamchi hujjatlashtirish 1084-raqaamli 
jurnalda, Borazda usuli orqali olingan na’munalarning taxlil natijalari esa 1083-
6,5
7,4
6,4
6,38
6,67
6,49
6,6
68,1
12
63,4
48,9
25
45
49,4
Sentabr 2021 Oktabr 2021 Noyabr 2021 Dekabr 2021
Iyul 2022
Avgust 2022
Jami
Qazib olingan ma'danning haqiyqiy yo'qotilish va 
sifatsizlanishi
Haqiqiy yo'qotilish %
Haqiqiy sifatsizlanish %
Столбец1


55 
raqamli jurnalga qayd qilingan. Blok 51306a-51307a dan jami 45 dona borazda 
usulidagi na’munalar geolog tomonidan olingan. 
Bugungi kunda blokda hisoblangan 3731 T. (geologik) holatdagi ma’danning 
pasportda koʻrsatilgan maʻlumotiga asosan 40.9 % qazib olingan.blokda loyihada 
belgilangan va kon ishlarini rivojlantirish rejasida kelishilgan koʻrsatgichga 
nisbatan (6.2 %) ma,danni yoʻqotish koʻproq boʻlib ketgan(6.6 % ). Ma’danga 
noma’dan togʻ jinslarining aralashish darajasi 2021 yilning sentabr va noyabr 
oylarida (68.1 %-63.4 %) loyihada koʻrsatilgan (53.0 %) dan katta boʻlgan. 
Yakuniy hisobda- 49.4 % , ya’ni noma’dan togʻ jinslarining aralashish darajasi 
normadan past. 
Zarmitan oltin konida olib borilgan samarali marksheyderlik ishlari misolini 
yana bir blokda olib borilgan ishlar hajmidan ham bilib olishimiz mumkin. 
Zarmitan oltin konida bloklarni qazib olishda uzoq yillardan beri oʻzini oqlab 
kelayotgan usul bu “Tik kompensatsion kameralarga majburan qulatish” usulidir. 
Bu qazish tizimi odatda ruda tanasi oʻta qalin va mustahkam boʻlgan konlarni 
qazib olishda qoʻllaniladi. Bu tizimni shunday holatda qoʻllash mumkinki agar 
gorizontal qatlamlarning qat-qatligi tufayli yoki darzliklar bilan ruda massivini 
qulatish maqsadga muvofiq kelmaganda “Sibruda” ishlab chiqarish birlashmasi 
amaliyotida qoʻllanilgan tik parallel yaqinlashtirilgan skvajinalar qoʻllab rudani 
qulatib qazib olish tizimi variantini koʻrib chiqamiz: Bu holatda qavat balandligi 
70-80 m,kengligiga 25-27 m va uzunligi ruda tanasi qalinligiga teng oʻlchamda 
bloklarga boʻlinadi. Blok boʻylab kengligi 4-6 m konpensatsion kamera 
oʻtkaziladi. Bu kamera pastlashib boruvchi parallel yaqinlashtirilgan skvajinali 
portlovchi moddalar zaryadini kesuvchi vosstayushiy(tik laxim) ni portltib qulatish 
yoʻli bilan amalga oshiriladi. Blokni asosiy qismida pastlashib boruvchi skvajinalar 
taraamini chuqurligi 50 m, shift qismi esa toʻdalangan yuqoriga koʻtariladigan 
chuqurligi 20 m boʻlgan skvajinalar burgʻilanadi. Diametri 105 mm skvajinalarni 
NKR-100 M rusumli stanokda burgʻilash ortlarida burgʻilaydi. Ortlar oraligʻidagi 
masofa 7-8 m, toʻdalar oraligʻi esa 6-7 m. Toʻdadagi skvajinalar soni rudani 
mustahkamligiga bogʻliq holda 12-25 donagacha oʻzgaradi. Voronkalar gorizonti 


56 
ustidagi ostidan kesilgan boʻshliq balandligi 8 m koʻtarilish tartibida 
yelpigʻichsimon (veyer) burgʻilab joylashtirilgan skvajinalarni portlatib hosil 
qilinadi. Rudani yuk tashiladigan ortga chiqarish titratma qurilma VDPU-4TM ni 
lahimga shaxmat tartibida oʻrnatib amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan texnalogiya koʻp yillardan beri koʻplab rudniklar 
amaliyotida qoʻllanilish natijalariga koʻra shu narsaga zarurat seziladiki, portlovchi 
moddalarni ruda massivida bir tekis taqsimlash, yoʻnaltirilgan zaryadlar qatorlarini 
sonini koʻpaytirish yoʻli bilan va shunga muvofiq yoʻnaltirilgan skvajinalar sonini 
6-8 tagacha kamaytirish va skvajinalar chuqurligini kamaytirish natijasida ularni 
berilgan yoʻqolishdan chetga ogʻish ehtimolini kamaytirish imkonini beradi
hamda zaryadlarni zichligini va burgʻilash tezligini oshiradi. Tizimning 
takomillashtirilgan variant uch va toʻrt qatorlab joylashtirilgan uchrashuvchi 
skvajinalar yuqoriga yoʻnaltirilib burgʻilash va pastki kesuvchi gorizontdan 
burgʻilash (rasm) koʻrsatilgan. Ostki qismidan kesilgan gorizontda lahim oʻtishda 
oʻzi yurar uskunalar qoʻllash maqsadga muvofiq keladi. 
Blokni uzoq muddat burgʻilash (bir necha oy davomida) burgʻilangan 
skvajinalar deformatsiyalanishiga va 30 % ga yaqinini yoʻqotilishiga olib keladi.
Albatta marksheyder qazib olinayotgan massaning rejadan ortiq qismi 
yoʻqotilishini oldini olish choralarini koʻrishi kerak. Bu yoʻqotilishlarni oldini 
olish uchun: 
-qoʻshni blokni burgʻilab boʻlganidan soʻng birinchi navbatda ikki oy 
davomida keyingi blokni ham burgʻilashga ulgirishi kerak; 
-birinchi navbatda burgʻilanmagan massiv chegrasidagi skvajinalar qatori 
burgʻilanadi; 
-qulatilgan tomondagi skvajinalar qatorini, keying navbatda blokni zaryadlash 
oldida burgʻilaydi; 
-burgʻilash yoʻnalishi, kesuvchi tirqishga teskari yoʻnalishda burgʻilangan 
boʻlishi zarur.
Ushbu tizim uzoq yillardan beri oʻzini oqlab kelayotganligi sababli Zarmitan 
konida ham ushbu usuldan keng koʻlamda foydalanib kelinmoqda. Blokni 


57 
qavatlarga boʻlib majburlab portlatib rudani ajratib olish usuli nisbatan boʻsh togʻ 
jinslari uchragan joylarda olib boriladi. Zarmitan konida har bir gorizont 60 m 
ekanligini hisobga olsak qavatlar 12-15 m qilib 4 ta etajlarga boʻlingan. 
Etajlarning portlatish ketma ketligi yuqori etajlardan pastki etajlarga tomon ketma 
ketlikda portlatib boriladi. Portlatish burgʻilarning yelpigʻichsimon jamlanmalari 
(veyir) yordamida amalga oshiriladi. Qulab tushgan massa oʻz navbatida oʻz 
ogʻirlik kuchi bilan pastlikka qulaydi. 
3.1-rasm. Tik kompensatsion kameralarga majburan qulatish usulida qazib 
olish. 
Pastki birinchi etajlarda oʻzi yurar uskunalar harakatlana olganligi uchun 
birinchi qavaatni “Simba” nomli oʻzi yurar burgʻulovchi uskuna burgʻilaydi. Bu 
burgʻulovchi mashinaning burgʻilash koronkasi diametri katta boʻlganligi uchun 
veyrlar orasidagi masofa nisbatan kattaroq yaʻni, 1.40 m boʻladi. Ba’zan bu oʻzi 
yurar mashina ikkinchi qavatga ham qiya oʻtilgan lahimlar orqali chiqishi mumkin, 
lekin ko’p hollarda etajlarda qiya lahimlar uchramaydi. 


58 
3.2-rasm. O’zi yurar burg’ulovchi texnika. 
Qolgan yuqori qavatlarda esa “Junior” nomli burgʻilovchi qurilmada 
burgʻilanadi. Bu burgʻilovchi qurilmaning koronkasi diametri kichikroq boʻlganligi 
uchun veyrlar orasidagi masofa ham nisbatan kichikroq boʻladi ya’ni 80 sm.
3.3-rasm. Burg’ilovchi qurilma. 


59 
Blokda qulatilgan ruda massasida sifatsizlanishlar yoki massivda 
yoʻqotilishlar rejadagidan ortib ketmasligi uchun marksheyder oʻz navbatida har 
bir veyirlar orasidagi masofani, veyirlardagi skvajinalarning toʻgʻri gradusda 
oʻtilayotganligini tez-tez nazorat qilishi kerak. Bularning hammasi marksheyderga 
yanada aniq ishlash majburiyatini yuklaydi.(Ilovada) Zarmitan konida Blok 70144-
70145 da olib borilgan ishlar hajmini proektsiya va planda koʻrib chiqishimiz 
mumkin. Ularda har bir etajning qazib olingan massa hajmi va veyirlar 
skvajinasining gradus va oʻtilgan uzunliklari bilan tanishish mumkin. 


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling