Marksheyderlik ishi va geodeziya
Zarmitan oltin konida gorizontlarning marksheyderlik ta’minoti
Download 1,93 Mb. Pdf ko'rish
|
ssss
3.2. Zarmitan oltin konida gorizontlarning marksheyderlik ta’minoti
loyihasini tuzishda zamonaviy geografik axborot tizimi va texnalogiyalarini qoʻllashning uslubiy asoslari Konlami qazib olishdagi geologik-marksheyderlik ishlarni dasturiy taʻminlashni avtomatlashtirish hisobiga konchilik korxonalari ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish marksheyderiyada GAT texnologiyalami qoilashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chunki konchilik korxonasining taʻsir doirasidagi hududlarda texnogen oʻzlashlirishlarni prognoz qilishning aniqligini oshirish, sanoat miqyosida oʻzlashtiriladigan foydali qazilma zaxiralarini ishonchli baholash imkoniyatlari kon-geologik va ekologik-geografik modellarini ularni oʻzlashtirishning kon-texnologik moddalari bilan birlashtirish, foydali qazilma konlarini iqtisodiy boshqarishning tezkorligini sezilarli darajada oshiradi. Oxir oqibat, yer qaʻridagi mineral xomashyoning muayyan potensial bozor narxi, ishlab chiqarishning chiqimdorligi ehtimolini inobatga oladigan boʻlsak, yetarlicha qatʻiy ekologik-iqtisodiy cheklovlar va ijtimoiy-texnologik talablarning doimiy оʻsib borish sharoitida konchilik kompaniyasini strategik rivojlanishini rejalashtirishning bugungi kundagi zaruriy unsuri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer osti boyliklarini oʻzlashtirish va foydali qazilmani qazib olishda kompyuter texnologiyalar va dasturiy vositalar keng joriy etilmoqda. Ular xarita tuzish kabi qiyin ishlarni avtomatlashtirish, geologik strukturalarni vizuallashtirish, konchilik ishlarini rejalashtirish va sanoat miqyosidagi kon zaxirasini hisoblash kabi ishlarni amalga oshirishda qoʻ1 kelmoqda. Soʻz albatta birinchi navbatda ixtisoslashgan geoaxborot tizimlar toʻgrisida bormoqda, chunki aynan GAT konchilik sanoatining amaliy masalalarini tezkor va samarali yechish imkonini yaratmoqda. Oxirgi yillarda geologlar, 50 marksheyderlar va konchi muhandislar tomonidan geologik-marksheyderlik geoinformatsion tizimlari jadal qoʻllanilmoqda. Bu tizimlar anʻanaviy GAT bilan hamohang boʻlib, funksional jihatdan kengaygan va qator xususiyatlar boʻyicha farqlanadi, ulardan asosiylari quyidagilar: yer qa’ridagi konlaming koʻrsatkichlari va atributlarning joylashuvi tabiatan uch oʻlchamli bo’lganligi sababli asosiy yoʻnalish hajmiy masalalarni yechishga qaratilishi; foydali qazilma konlarini ifodalash uchun matematik modellash- tirishning keng imkoniyatlaridan foydalanish, 1:500 dan 1:5000 gacha masshtablarda koʻp qatlamli xarita, plan va qirqimlarni yaratishni avtomatlashtirish; maxsus texnologik masalalarni yechadigan tizim yoki modellarni mavjudligi; (foydali qazilma hajmi va zaxirasini hisoblashdan taqvimiy rejalashtirish va qazib olishni optimallashtirishgacha); ish natijalarini ayoniy grafiklarda tadqiq etish uchun dinamik, vaqt sari oʻzgaradigan modellarni vizuallashtirish. Amaliyotda yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq barcha yetakchi GATlar original formatda saqlanadigan maʻlumotlar bazasini boshqarish tizimi boʻlgan xususiy koʻrinishli yadroga ega. Lekin, soʻnggi vaqtlarda ODBC mexanizmi orqali boshqa mavjud ma’lumotlar bazalari bilan munosabatlarni oʻrnatish va Oracle, MS Access ga olish harakatlari keskin sezilmoqda. Fazoviy va atributiv ma’lumotlani oʻzaro aloqadorlik variantlari har xil turdagi mega ma’lumotlar uchun georelatsion va integrallashgan shaklda namoyon boʻlmoqda. Fazoviy ma’lumotlaning oddiy turlari: nuqta, geologik namunalash trayektoriyasi; poligonlar va koʻp chiziqlar, triangulatsiya tarmoqlari, regular panjaralar va bloklar, noregular toʻrli modellar va chekli unsurlar toʻri, uzluksiz hajmli ruda tanalari. Mos ravishda sirt relyefining tarqalgan nuqtalari, gorizontal tekislikda bir xil jismlarni ajratuvchi chegara kontaktlar yoki geo koʻrsatkichlar (burgʻiquduq stvoli boʻylab ruda qiymatlari yigindisi koʻrsatilgan qatlarining hisoblangan qalinligi) 2D nuqtalari sifatida 51 qaraladi; shunda, togʻ jinslari massividan olingan geologik natija nuqta sifatida 3D nuqta hisoblanadi. Bu oʻz navbatida ikki va uch oʻlchamli interpolyatsiyalash usullarini tanlab qoʻllash imkoniyatini yaratadi, ya’ni teskari masalalar usuli, nuqtali yoki indikatorli kriking, uchburchaklar toʻri boʻylab interpolatsiyalash va boshqalar. Natijada topografik tartibli 2D modelli rastrali interpolatsion panjara yoki matritsali (vekselli) geologik kartalarning 3D modeli shakllanadi. Hajmli modellami odatda blokli uzluksiz modellar deyishadi, chekli uchburchaklar fazoviy toʻrlarini (oktayerderlar, tetrayederlar yoki undanda murakkabroq poliyederlar) esa noregular boʻladi. Masalan, aytish mumkinki ba’zi bir choʻkindi va sochma konlarning zaxirasini hisoblash maqsadida yetarli boʻladi, ularni Deloney triangulatsiya tarmogʻi orqali yoki Voronoyning ikki yoqlamali diagrammasi bilan ifodalangandan keyin foydali komponentlarning zaxirasini kerakli aniqlikda baholasa boʻladi. Umumiy holda, biroq, ruda tanasining atrof togʻ jinslari bilan boʻlgan chegarasining yemirilganligi kon massivining struktura-teksturaviy xususiyatlari, tektonik buzilishlarni inobatga oluvchi uch oʻlchamli karkas blokli modelini toʻliq qurishni amalga oshirish zarur. Skanerlangan, raqamlangan geologik plan va qirqimlar qurishning avtomatlashtirgan va ekspert usullari taqqoslash uchun xizmat qiladi. Odatiy muammo shundaki, plan va qirqimlarda ruda tanasini chegaralash geologlar tomonidan qoʻlda bajarilgan boʻlib, zaxira boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan arxiv kartografik materiallar har doim ham mos kelmaydi. Qoʻshimcha razvedka va qazib olish jarayonida mazkur matetiallar eskiradi va ular doimo aktualizatsiyalanishi zarur. Yer osti boyliklaridan foydalanishda GATni qoʻllashning muhim Davlat miqyosidagi bu foydali qazilma konlari zaxirasining miqdor va sifatini Davlat zaxira komissiyasida tasdiqlash uchun avvaldan baholashdan iborat. Foydali qazilma sanoat miqyosidagi geologik zaxirasini baholash iloji boricha uning miqdor va sifat koʻrsatkichlarini aniqroq topib, qazish, tayyorlash va boyitish yoʻli bilan yer qaʻridan chiqarib olish iqtisodiy samarali ekanligini tasdiqlashga xizmat qiladi. Oʻzlashtiriladigan konlar zaxirasini har 52 tomonlama baholash nafaqat kon uyumining hajmi va undagi foydali komponetaning miqdorini aniqlashni oʻz ichiga oladi, balki qazib olish, boyitish va tayyor mahsulotni sotishning texnik va qonuniy jihatlarini hisobga oladi. Shunday qilib, foydali qazilma konlarining sanoat miqyosidagi geologik zaxirasini baholashda foydalanadigan ilmiy darslar roʻyxati geodeziya, geologiya, marksheyderiya, konchilik ishi, boyitish, konchilik ishlab chiqarishi iqtisodi, yerdan foydalanishning huquqiy masalalari yer qa’rini muhofazalash va ekologiya kabilarni oʻz ichiga oladi. Shuning bilan birga GATning zamonaviy texnologiyalari yer osti boyliklaridan foydalanishda konlarning sanoat miqyosidagi zaxirasini va uni qazib olishdagi oqibatlami baholash bilan bogʻliq kompleks masalalar yechimini taʻminlash uchun zazur boʻlgan barcha dasturiy vositalarni oʻzida jamlaydi. Download 1,93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling