Marksheyderlik ishi va geodeziya


Download 2.9 Mb.
bet6/15
Sana05.10.2023
Hajmi2.9 Mb.
#1693042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Abbosbek (2)

1-Bob boʻyicha xulosa
Kalmakir konida geoaxborot texnologiyalarini qoʻllab marksheyderlik ishlarini olib borish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Kondagi barcha marksheyderlik ishlari natijlari Auto Cad Civil dasturi yordamida amalga oshirilib kelinmoqda. Chunki bu dasturda ishlarning olib borilishi bizga yuqori aniqlikdagi natijalarni beradi hamda ishlarimizni tez vaqt ichida bajarilishini taʻminlab beradi. Auto Cad dasturi asosan kon sohasida marksheyderlik xizmati uchun moʻljallangan dastur hisoblanadi. Bu dasturning boshqa dasturlardan farqi tushunishga va oʻragnish juda oson hamda marksheyderlik ishlarini bajarishda juda qulayliklarga ega hisoblanadi.
Kalmakir koni relefi murakkab zoʻnada joylashgan, kondagi choʻkishlar natijasida geodezik tayanch puntlarda ozgarishlar sodir boladi, bu holatlarda choʻkish koifisenti aniqlanib Auto Cad dasturi orqali maʼlumotlar qayta yuklanadi.

II-BOB. TADQIQOT OBʼEKTIDA MAVJUD GEODEZIK TAYANCH PUNKTLARNI BARPO ETISHDA ZAMONAVIY GAT USLUBINI TAKOMILLASHTIRISH TADBIQ QILISH
2.1. Tadqiqot obʼektida mavjud geodezik tayanch punktlarini. Kalmakir kon hududini masofadan zondlash materialari asosida monitoring qilish bosqichlari
Masofadan zondlash tushunchasi ostida maxsus qurilmalar vositasida elektromagnit toʻlqinlar orqali yerdagi obʼektlar toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish, unda joylashgan obʼektlarning xususiyatlarini aniqlash maʼlumotlarni jamlash tushunchalari yotadi. Bundan kelib chiqib Yerni masofadan zondlash bu – Yer yuzida joylashgan obʼektlar toʻgʻrisida maxsus qurilmalar yordamida maʼlumot olish, jamlash, turli dasturiy taьminotlar yordamida qayta ishlash va ushbu maʼlumotlarni turli tizimlar yordamida uzatish tushuniladi.
Yerni masofadan zondlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri –turli usullarni qoʻllagan holda turli spektr intervallari yordamida Yer yuzini tasvirga olishdir. Multispektral tasvirlar yordamida faqatgina holatlar va obʼektlarni aniqlash bilangina cheklanib qolmasdan balki ularni miqdor jihatdan ham baholash imkoniyati mavjud boʻladi. Tasvirlarni mavzuli tahlil qilish jarayonida tez-tez turli manbalardan, masalan, raqamli topografik va mavzuli xaritalar, grafiklar, shaharlar sxemalari, tashqi maʼlumotlar bazasidan foydalaniladi.
Multispektralь tasvirlarning hajmi tasvirdagi eng kichik obʼektlarning hususiyatlarini aniqlash imkoniyati mavjudligi darajasiga koʻra harakterlanadi. Masalaning yechilishiga qarab past darajadagi (100 m dan koʻproq), oʻrta darajadagi (10-100 m) va yuqori darajadagi (10 m dan kamroq) joylashgan tekislikdagi tasvirlardan foydalaniladi. Soʻrov tasvirlari past darajada tekislikdagi tasvirlardan iboratdir, lekin bir vaqtning oʻzida butun yarim sharga qadar katta hududni qamrab olishi mumkin. Bunday maʼlumotlar metrologiya sohasida keng qoʻllaniladi.
Bugungi kunda oʻrta darajada tekislikdagi 9 tasvirlar atrof-muhit monitoringi uchun eng yaxshi maʼlumotlar manbaidir. Yuqori darajada tekislikdagi tasvirlar yuqori aniqlik bilan tahlil qilish imkonini bergani sababli soʻnggi yillarda harbiy maqsadlarda shu bilan birga tijorat kosmik tizimlarida va geoaxborot tizimlarida keng qoʻllanilib kelinmoqda.
Yerni masofadan zondlash maʼlumotlariga ishlov berish tizimlari turli sohalarda turli vazifalarni aniq tahlil qilish va kerakli yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi, bularga:
• Tizimli ravishda mintaqaviy resurslarni baholash;
• Ifloslantiruvchi oʻsimliklar chiqindilarning taʻsir sohalarini aniqlash va baholash;
• Oʻrmon yongʻinlari va daraxtlarni kesish monitoringi;
• Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi samaradorligini baholash;
Qor qoplamalari, choʻllanish va shoʻrlanishlar monitoringi;
• Foydali qazilmalar va mineral konlarni aniqlash hamda xaritalash;
• Shahar hududlarida yashil maydon monitoringi.
Yuqoridagi masalalarning barchasidan axborotlarni doimiy va tezkor ravishda yangilab borish talab etiladi. Yerni masofadan zondlash va hududlar monitoringida xaritalar tuzishning uchta asosiy usuli mavjud:
1. Dala tasvirlari – geodezik oʻlchov asboblari yordamida oʻlchov olish, kuzatish va joy xaritalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni toʻplash.
2. Аerofotosʻemka – uchish apparatlari(samalyot, vertalyot v. B.)ga maxsus oʻrnatilgan uskunalar yordamida Yer yuzini raqamli tasvirga olish.
3. Fazoviy tasvirga olish - kosmik apparatlari(sputnik)ga oʻrnatilgan maxsus uskunalar yordamida Yer yuzini tasvirga olish.
Yuqorida koʻrib oʻtilgan usullarni tahlil qilib biz uchun qulay va ishonchlisini tanlab olinadi.
Birinchi usulda bir nechta kamchiliklar mavjud:
Tannarxi juda yuqori;
Sarflangan vaqt miqdori koʻp;
Landshaft xususiyatga ega boʻlgan joylarni tasvirga olish imkoni mavjud emas;
Ish jarayoni mavsumga qarab tanlanadi;
Vaqt shkalasi boʻyicha maʼlumotlarning dolzarb emasligi.
Ikkinchi usulda ham yuqoridagi kabi bir nechta kamchiliklar mavjud.
Sifatli va aniq tasvirlar olish uchun tannarx jihatdan oʻta qimmat uskunalar talab etiladi. Bu esa tasvirning avtomatik ravishda tannarxi ortib ketishiga olib keladi. Uchish apparatining koʻtarilish, uchish, qoʻnish uchun sarflangan vaqt yoqilgʻini inobatga olsak iqtisodiy koʻrsatkichlari yanada oʻsib boradi. Ushbu usulda olingan tasvirlar faqat maʻlum bir xududlarni oʻz ichiga oladi yaʻni tasvir maydoni cheklangandir.


Download 2.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling