MUMTOZ HIKOYA
Mumtoz hikoya — qadim o'zbek nasrining bir shakli. Ko'pincha, hikoya deyilganda, payg'ambarlar, yarim tarixiy, yarim afsonaviy shaxslar, pir-murshidlar, hukmdorlar, fan-madaniyat, adabiyot-san'at sohalarining mashhur arboblari hayoti, ular bilan bog'liq turli-tuman hodisalar haqida bitilgan qisqa, ixcham, jajji nasriy lavhalar ko'zda tutiladi. Mumtoz hikoyalarning birinchi belgisi ibrat xususiyatining mavjudligidir. Ikkinchi belgisi tugal mazmunga ega bo'lishi kerakligidir. Uchinchi xususiyati hikoyalarning tili murakkab bo'lmasligi, ifoda xalq og'zaki ijodiga yaqin turmog'i lozimligi. To'rtinchidan, hikoyalarda she'riy parcha bo'lishi shart emas. To'g'ri, ko'pchilik hikoyalar she'riy „hissa" bilan yakun topadi. Lekin bu xil „hissa"siz tugagan hikoyalar ham kam emas.
Tayanch tushunchalar:
„Muzakkiri ahbob"
"Gulzor"
"Maqsad ul-avtor”
„Miftoh ul-adl"
Nosir
Nazorat savollari:
Xoja qachon va qayerda tug’ilgan?
Xojaning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?
„Miftoh ul-adl" qanday asar?
Xoja haqidagi ma’lumotlar qaysi manbalarda saqlanib qolgan?
Xojaning to’liq ismi qanday?
Adib xon saroyida qanday lavozimlarda ishlagan?
Xojaning adabiy merosi haqida so’zlab bering.
Xoja asarlarida qanday g’oya yetakchilik qiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006
B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001
N.Mаllаyеv. O’zbеk аdаbiyoti tаriхi. “O’qituvchi” T.-1965
Q.Yo’ldаshеv vа bоshqаlаr. Аdаbiyot. 7-sinf uchun dаrslik. T.-2003
Mavzu: XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha bo'lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |