Marosim folklori
Download 1.18 Mb.
|
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Adabiyotlar
Jismimda isitma kunda mahkam bo’ladur,
Ko’zdin o’chadur uyqu chu axsham bo’ladur. Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek, Borg’on sayi bu ortadur, ul kam bo’ladur. Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Agrada o’zi obod qilgan Zarafshon chorbog’ida vafot etdi. Keyinchalik chevarasi Shohijahon uning xokini Qobulga (shaharning chetiga) ko’chirib, maqbara qurdirdi. Zahiriddin Muhammad Bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir lashkarboshigina bo’lib qolmay, balki, shu bilan birga, buyuk shoir, adib, tarixchi olimdir. Arab alifbesining o’zbek tili va talaffuz xususiyatlariga u qadar muvofiq emasligini ko’rgan Bobur bu alifbeni isloh qildi. 1503-1504 yillarda “Xatti Boburiy” deb atalgan alifbeni yaratdi. Shu bilan birga u aruz vazni va qofiya masalalari haqida “Mufassal” degan asar yaratdi, musiqaga doir “Musiqiy ilmi” degan bir bir risola yozdi. Mohir sarkarda Bobur “Harb ishi” nomli asarini yozib bitirdi. Musulmonlik qoidalari, oliq-soliq masalalari va shariat haqida 1522 qilda “Mubayyin” (“Bayon etilgan”) nomli she’riy asarini yozdi. U 1528 yilda Xo’ja Ubaydulla Ahrorning “Volidiya” risolasini forc-tojik tilidan o’zbek tiliga she’r bilan tarjima qildi. Bobur 16-17 yoshlaridan boshlab badiiy ijodiyot bilan shug’ullanadi. U “Boburnoma” da 905-906 (1499-1500) yillar voqeasi haqida so’zlar ekan, “ul fursatlarda biror-ikkiror bayt aytur erdim, vale g’azal tugatmaydir edim” deydi. Boburning o’zbekcha devonining uch qo’lyozma nusxasi borligi ma’lum. Bularning biri Parijda, ikkinchisi Hindistonda, uchunchisi esa Tehronda saqlanadi. Z.M.Bobur devoni lirik turning har xil janrlarida yozilgan she’rlarni: g’azal, ruboiy, tuyuq masnaviy, qit’a, fard va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bobur devoni uning asosan o’zbek tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Biroq shu bilan birga, unda fors-tojik tilida yozilgan bir necha she’r ham bor. Hayotga muhabbat va quvnoqlik, yor va diyor sevgisi, hijron va g’urbat dardi, badbinlik va tarkidunyochilik ustidan kulish, yaxshi xulq-odob va ma’rifat targ’bi, g’alabalar nashidasi va mag’lubiyat alami, “taqdir”dan nolish va unga tobe bo’lish, afsus va nadomat va boshqalar-Bobur lirikasining tematik doirasi mana shulardan iborat. Murakkab va ziddiyatli hayot va kurash yo’lini bosib o’tgan, turli xil fazilatlarga ega bo’lgan shoir-Boburning o’zi bu lirikaning markaziy qahramonidir. Bobur hayot, sevgi va shodlik kuychisidir. U sevgiga inson hayotining tabiiy bir xossasi deb qaraydi, hijrondan iztirob chekadi, yor visoliga oshiqadi. Oshiq shoir yorni butun qalbi bilan sevadi, unga samimiy ehtirom ko’rsatadi va kamtarlik bilan o’zini sevgi bobida zabun va ma’shuqa oldida ojiz deb biladi: Sen gulsenu men faqir bulbuldurmen, Sen shu’lasenu ul shulag’a men quldurmen. Ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan shoir ilm o’z-o’zidan bunyod bo’lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo’la oladi deydu: Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O’rgangali ilm tolibi ilm kerak. Men tolibi ilmu tolibi ilm yo’q, Men bormen ilm tolibi ilm kerak. Yaxshi xulq-atvor, kishilarga yaxshilik qilish ezgu xislat va olijanob fazilatdir: Xulqingni rost etgil har sorig’aki borsang, “Ahsanta” der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang. Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo’q, kim degaylar dahr aro qoldi, falondin yaxshilig’. Bobur xalqimizning „qilmish-qidirmish“ degan gapiga amal qilib, yaxshi kishi yaxshilik, yomon kishi yomonlik ko’radi mazmunidagi misralarni bitadi: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz, har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur. Shoirning lirikasidagi vatan ishtiyoqi, g’ariblikning hasrat va nadomat motivlari ham bevosita uning murakkab hayoti va kurash yo’li, shodyona va alamli sarguzashtlari bilan bog’liq. Bobur temuriylar sulolasining hukmronligini halokatdan qutqarib qolmoqchi bo’ldi, biroq bunga erisholmadi. U Movarounnahrda yirik mustahkam davlat vujudga keltirmoqchi bo’ldi, biroq orzu-umidlari barbod bo’ldi. Ko’ngli tilagan murodga etsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi, Bu ikki muyassar o’lmasa olamda, Boshni olib bir sorig’a ketsa kishi. Degan Bobur “ko’ngli tilagan murodg’a” etolmaganidan “boshini olib bir sorig’a ketishga” majbur bo’ldi. Bobur Afg’oniston va Hindistonni egallab, katta imperiya qurdi. Biroq u umrining oxiriga qadar tug’ilib o’sgan yurtidan-diyoridan ko’ngil uzolmadi, vataniga qaytish fikridan kechaolmadi. U Afg’onistondaligida yor-do’stlariga yozgan bir ruboiy-nomasida: Beqaydmehu xarobi sim ermasmen, Ham mol yig’itirur laim ermasmen. Qobulda iqomat qildi Bobur dersiz, Andoq demangizlarki, muqim ermasmen, - degan edi. Mana shu kayfiyatlarning ifodasi sifatida uning bir qator mungli va alamli she’rlari vujudga keladi. Quyidagi ruboiy shular jumlasidandir: Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi, Shod etmas emish ko’ngili mehnatda kishi. Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi oh, G’urbatda sevinmas emish albatta kishi. Bobur yurtini qoldirib chet elga ketishini bir “xatolik”, “yuz qaroliq” deb biladi, bu ishdan qattiq pushaymon bo’ladi: Tole’ yo’qmi jonimg’a balolig’ bo’ldi, Har ishkim, ayladim xatolig’ bo’ldi. O’z yerin qo’yib Hind sori yuzlandim, Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. Bobur diyorini-vatanini ishtiyoq bilan sevadi. Zahiriddin Muhammad Bobur- Andijon farzandi. Shuning uchun ham Andijon xalqi Boburni chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Andijonda Bobur xotirasini abadiylashtirish uchun Bobur jamg’armasi tashkil etilgan. Unga Z.Mashrabov rahbarlik qiladi. Shaharning qoq markazida Bobur maydoni tashkil etilib unda adib haykali o’rnatilgan. Bog’ishamol dahasida Bog’i Bobur va Bobur muzeyi tashkil etilgan. Qobul shahridagi Boburning qabridan tuproq keltirilib, Bog’i Boburda adibning ramziy qabri o’rnatilgan. Andijon Davlat Universiteti, Andijon viloyat markaziy kutubxonasi, ishlab chiqarish korxonalari, ko’plab ko’chalar Z.M.Bobur nomi bilan ataladi. Z.M.Bobur haqida ko’plab yozuvchilarimiz asarlar yaratgan. P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”, H.Sultonovning “Saodat sohibi”, Q.Kenjaning “Hind sorig’a” nomli asarlar, Z.Muhitdinov “Z.M.Bobur” nomli dramatik asarlari shular jumlasidandir. Shoirlarimiz Bobur dardlarini unga hamohang tarzda kuylashmoqdalar. Qalbimdan firoqing dardi ketmadi, Ohim ko’kka etdi, senga etmadi. Tuprog’ingni o’pib, ey Andijonim, Bag’ringda o’lmoq ham nasib etmadi. Tayanch tushunchalar: Bobur Zahiriddin Bek atka Lirika Mavorounnahr Savol va topshiriqlar: Z.M.Bobur qachon va qayerda tug’ilgan? Bobur qachon taxtga o’tirdi? Samarqandga birinchi bor yurish qilganda necha yoshda edi? Bobur Samarqandga necha marta yurish qildi? Bobur necha yoshdan ijod qilishni boshlagan? Bobur va Zahiriddin so’zlarini ma’nosini aytib bering. Adibning devonlari haqida so’zlab bering. Bobur lirikasining asosiy mavzularini sanab bering. Bobur xotirasini abadiylashtirish uchun qanday ishlar qilinmoqda? Bobur haqida qanday asarlar yaratilgan? Adabiyotlar: B.Jalilov va boshq. O’zbek adabiyoti. T. A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2006 B. Qosimov va boshq. O’zbek adabiyoti.T.- 2004 N.M. Mallayev. O’zbek adabiyoti tarixi. T. “O’qituvchi” 1965. P. Qodirov. “Yulduzli tunlar ” T. “Sharq” 2006 S. Hasanov. “Z.M. Bobur” T. “O’qituvchi” 1995 L. P. Sharma. “Boburiylar saltanati” T. “Ma’naviyat” 1998 Z.M. Bobur. Devon. T. “Fan” 1994 Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling