Marshrutlash protokollarining turlari
Download 290.96 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq11-MA\'RUZA (1)
Tarmoqlarda marshrutlash
Marshrut bu jo„natuvchidan oluvchiga yo„lda yotadigan tugunlar ketmaketligi hisoblanadi. Marshrulashtirish masalasi quyidai ikki vazifalarni o„z ichiga oladi: 1. Marshrutni aniqlash; 2. Tanlangan marshrut haqida tarmoqni ogohlantirish. Marshrutni aniqlash ma‟lumotlarni manzilga yetkazish uchun ular orqali ma‟lumotlar uzatiladigan tranzit tugunlar va ularning interfeyslari ketma- ketligini tanlanishini bildiradi. Agar o„zaro ta‟sirlashuvchi tarmoq interfeyslari juftligi orasida ko„plab yo„llar mavjud bo„lsa, u holda qandaydir mezon bo„yicha bitta optimal yo„l tanlanadi. Xost-manbadan xost-qabullagichga paketning yo„lini tanlanishi masalasi marshrutizator-manbadan marshrutizator-qabulagichga paketni tanlash masalasiga keltiriladi. Istalgan marshrutlashtirish protokolining o„zagi marshrutizator manbadan marshrutizator-qabulagichga paketni yo„lini aniqlaydigan algoritm (marshrutlashtirish algoritmi) hisoblanadi. Marshrutlashtirish algoritmining vazifasi oddiy: berilgan marshrutizatorlar va ularni bog„laydigan liniyalar ko„pligi uchun marshrutlashtirish algoritmi marshrutizator-manbadan marshrutizator-qabulagichga “optimal” yo„lni aniqlaydi. “Optimal” so„zi “minimal narxli” yo„lni bildiradi. Biz ko„ramizki, biroq amalda o„yinga xavfsizlik masalalari kabi strategik mulohazalar kiradi. Marshrutlashtirish algoritmlarini ifodalash uchun tarmoq graf sifatida qaraladi (14.3-rasm). Grafning tugunlari paketlarni harakatlanishi haqida qaror qabul qilinadigan marshrutizatorlarnuqtalar, bu tugunlarni bog„laydigan liniyalar (graflar nazariyasi terminologiyasiga muvofiq “qirralar” deyiladigan) esa marshrutizatorlar orasidagi fizik liniyalar hisoblanadi. Har bir aloqa liniyasiga bu liniya bo„yicha paketning qayta uzatilishi “narxidan” iborat bo„lgan qandaydir qiymat mos keladi. Narx liniyaning fizik uzunligiga (masalan,transokean kabeli bo„yicha kadrni uzatilishi narxi quriuqlikda yotqizilgan qisqa kabel bo„yicha uzatish narxidan qimmat bo„lishi mumkin), liniya bo„yicha ma‟lumotlarni uzatish tezligiga yoki liniyaning moliyaviy narxiga bog„liq bo„lishi mumkin. Download 290.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling