Arxaizm - ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa boshlagan til birligi.
Assonans - aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdoshlik.
Aferezis - oldingi so'zning so'nggi tovushi ta’sirida keyingi so'z boshidagi tovushning tushishi. Aytar edi > aytardi.
Varvarizm - ona tiliga o'zlashmagan, o'zga til hodisasi sifatida qo'llangan so'z yoki ibora: madam, missis, mersi...
Vulgarizm - adabiy tilga kirmaydigan dag'al so'z va iboraiar.
Geminatsiya - qo'sh undoshlilik, Ikki aynan bir xil undoshli holatning yuzaga kelishi: uchchida, teppasida...
Giperbola - narsa-hodisa, jarayonlarning belgi-xususiyatini, holatini o‘ta bo'rttirib tasvirlash.
Gradatsiya - nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishidan iborat uslubiy jarayon.
Grotesk - mubolag'aning bir ko'rinishi. Kulgili, g‘ayritabiiy degan ma’noni bildiradi.
Demunitiv shakl - kichraytirish shakli (deminutiv shakl, deminitus): qizcha, tugunchak, kelinchak.
Jargon - biror guruh vakillarining, o‘z nutqi bilan ko'pchilikdan ajralib turish maqsadida, o'zicha mazmun berib ishlatadigan so'z va iboralari.
Jonlantirish - jonsiz predmet, mavhum narsalarga insonga xos xususiyatlar berib tasvirlash usuli. Personifikatsiya. Tashxis.
Do'stlaringiz bilan baham: |