Ma’rufjom yo'ldoshev, zokirjon isaqov, shohqadam haydarov


Download 194.94 Kb.
bet38/41
Sana22.04.2023
Hajmi194.94 Kb.
#1379953
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Badiiy matnning lisoniy tahlili 2010 M Yo\'ldoshev 2

Intellektual leksika - ma’lum bir tushunchanigina ifodalab, qo'shimcha emotsional-ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lmagan so'zlar
Ironiya - so'z va iboralarning kesatiq yoki piching bilan o'z ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishi.
Kakofemizm (disfemizm) - ayrim tushunchalarni qo'pol va dag'al usulda ifodalash. Evfemizmning teskarisi. Masalan: o Idirmoq - jonini jahannamga jo‘natmoq, asfalasofilinga ravona qilmoq kabi ifodalar.
Kalambur - so'z o'yini. Ko'p ma’noliligiga, fonetik tuzilishi bir xilligiga yoki yaqinligiga asoslanadigan usul
Kanselyarizm - rasmiy stilga xos so'z va nutq shakllari
Kataxraza - qarama-qarshi tushunchalarni bog'lash, so'zni o'z asl ma’nosiga muvofiq bo'lmagan holda qo'llash: oq tunlar, qiziI siyoh kabi.
Kinoya - til birligini uning haqiqiy ma’nosiga nisbatan qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, piching bilan ishlatishdan iborat ko'chim.
Kontaminatsiya - biror munosabat, tasavvurga ko'ra o'zaro bog'liq bo'lgan ikki so'z yoki iborani birlashtirish yo'li bilan yangi so'z yoki iboraning hosil bo'lishi. Masalan, erga tegmoq // turmushga chiqmoq// erga chiqmoq
Ko'chim - badiiy ifodalilikni oshirish uchun ko'chma ma’noda qo'llangan nutq birligi, ramz bilan qo'llangan so'z.
Litota - narsa, hodisa yoki belgining hajmi, kuchi kabilarni kamaytirib tasvirlash.
Majoz - mavhum tushuncha yoki g'oyalarni aniq obraz orqali ifodalash. Ayyorlik belgisiga egalik - tulki.
Maqol - chuqur ma’noli, tuzilishi gapga teng, alohida ritmik-melodik xususiyatlarga ega bo'lgan folklor janri
WSetateza - so'zdagi tovushlarning o'rin almashinishi: kiprik-kirpik, tuproq-turpoq kabi.
Metafora - bir predmetning nomini boshqa predmetga shakl, belgi va harakat o'xshashligini e’tiborga olib ko'chirish.
Metonimiya - bir predmet, belgi, harakat nomini o'zaro tashqi yoki ichki bog'liqlik asosida boshqa predmet, belgi yoki haraktga nisbatan qo'llash.
Monolog - so'zlovchining o'ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e’tiborda tutmaydigan nutq.
Muvaqqat ma’no - so'zning ma’no tuzilishida shakllanib yetmagan, ma’lum individual qo'llanishda yuzaga chiqadigan ma’no. Okkazional ma’no. San'atimiz gullari, shabada yo'rg'aladi kabi.
Okkazionalizm - mahsuldor bo'lmagan model asosida yasalgan va faqat shu nutqiy matnning o'zida qo'llangan so‘z, individual-uslubiy neologizm.
Oksyumoron - mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki tushunchani qo'shib qo'llash. Baqirgan sukunat, qizil qor, shirin g'am

Download 194.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling