Ma’rufjom yo'ldoshev, zokirjon isaqov, shohqadam haydarov


Download 194.94 Kb.
bet39/41
Sana22.04.2023
Hajmi194.94 Kb.
#1379953
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Badiiy matnning lisoniy tahlili 2010 M Yo\'ldoshev 2

Parallelizm - yonma-yon gaplar, sintagmalaming bir xil sintaktik qurilishga ega bo'lishi.
Perifraz - tasviriy ifoda. Narsa, hodisani o'z nomi bilan emas, ularni xarakterli belgi-xususiyatlari asosida tasviriy usul bilan ifodalash. Zangori olov-gaz, data malikasi- makkajo'xori kabi.
Professionalizm - tildagi kasb-hunarga oid bo'lgan so‘z va iboralar
Ritorik so'roq - faqat so'roq shaklida ifodalanib, kuchaytirishdan iborat uslubiy vosita; javob talab qilmaydigan so'roq gap.
Sarkazm - achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na, piching.
Simvol - badiiy nutqda hayotiy voqea, tushuncha va predmetlar ifodasi uchun so'zlarning ma’lum ravishda ko'chma ma’noda ishlatilishi.
Sinekdoxa - bir predmet nomining boshqa predmetga butun va qisnri munosabati asosida ko'chishi, butunning nomi qismning nomi yoki aksincha bo'lib qolishi.
Tabu - diniy e’tiqod, irim, qo'rqish va shu kabilar ta’sirida so'zning ishlatilishini cheklash yoki man etish. Chayon - otiyo'q, bo'ri - jondor kabi
Tavtologiya - bir fikrni boshqa so'z yoki so'zlar bilan takroran ortiqcha qo'llash: oyoq bilan tepish, gap gapirmoq kabilar.
Takror - ayni bir so'z, ibora yoki sintaktik shakllarning muayyan maqsad bilan qaytarilishi.
Figural ma’no - voqelik bilan bevosita bog'lanmaydigan, narsa, belgi, haraktning nomiga aylanmagan ma’no. Figural ma’no voqelik bilan nomlovchi ma’no orqaii bog'lanadi. Masalan: Ovozining shirasi qochgan.
Evfemizm - narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi, ikkiqat

  • og'iroyoqli, homilador.


Download 194.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling