Ma’rupov akmaljon
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
BOTANIKA QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy turlar
1- Suttikandoshchalar - (7ta) oilachaga to`pguli asosan tilsimon gultojibarglardan tashkil
topgan. Vakillari; qoqio`t,karrak, sachratqi, takasoqol, maxsar, kakra . 2-Moychechakdoshlar - oilacha to`pgulining aksariyat qismini naychasimon gullar tashkil etadi. Faqat ayrim turlarda savatchaning atrofida soxta tilchasimon yoki voronkasimon gullar bo`ladi. Vakillari; shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, bo`znoch, andiz,bo`ymadaron. Madaniy turlar : qashqargul,xrizantema,qo`qongul, kartoshkagul, dastargul, kungaboqar Oila uchun berilgan o`simlik xaqida ma`lumot Qoqio`t (momaqaymoq) - har qanday yerda uchratish mumkin. Poyasi juda kalta ko` p yillik o`t . Barglar orasidan chiqqan uzun gulbandlarning har biri uchida o`rama barglar va tilla rangli gullar yig`indisidan tashkil topgan bittadan savatchaga (to`pgul) o`rnashgan. Savatchadagi hamma gullar ikki jinsli, tilsimon gullardir. Mevasi doncha. Uning uchida popuklari bor. U dorivor bo`lib 26 turi bor. Zangori sachratqi - O`zbekistonda 1 ta turi o`sadi. Savatchasidagi hamma gullari zangori rangli ikki jinsli tilsimon. U dorivor o`simlik. Uning ildizi, barglari va gullagan paytda poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon-ichak kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Shuvoq – bular bir yillik, ko`p yillik hamda yarim butalardir . Uning 39 turi bor. Bular bir yillik hamda ko`p yillik o`tlar va yarim butalardir. O`zb-nda oq shuvoq , turon shuvoq (qora jusan) yovshan shuvoq kabi turlari uchraydi. Yozning quruq issig`ida “yozgi tinim ”davri boshlandi. Kuz kelgach, shuvoqlar yana o`sa boshlaydi. Sentyabrning ikkinchi yarmida gullaydi. Uning savatchalari ro`vak xilidagi to`pgulda o`rnashgan. Savatchaning har birida 5-7 tadan ikki jinsli tilsimon gullar bo`ladi. Mevasi oktyabrning oxiri yoki noyabrning boshida pishadi va to`kiladi. Ular cho`ldagi qorako`l qo`ylari va tuyalarning ozig`idir. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling