Ma’rupov akmaljon
SINF BOTANIKASIGA OID MASALA VA MASHQLAR
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
BOTANIKA QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR № O`simlikni nomi O`simlikni ikkinchi nomi 1 2 3 4
SINF BOTANIKASIGA OID MASALA VA MASHQLAR
1. Agar besh tup makkajo`xorini vazni 6 kg bo`lsa, ularning tana vaznining necha kg mi suvga to`g`ri keladi? Sizningcha makkajo`xorining qolgan massasini nimalar tashkil etadi? 2. Biotik ta`sir asosida parazit o`simliklar, xo`jayin o`simlikdan qaysi moddalarni oladi? Javobngizni izohlang. 3. Bir gektar cho`l maydonida 500 tup iloq o`sadi, bu maydonda 10 ta yumronqoziq yashaydi. Ushbu yumronqoziqlar iloq o`simligini bir mavsumda necha tupini yo`q qilishi mumkin? Har bir yumronqoziq necha tup iloqni iste`mol qilishini aniqlang. 4. Bitta qo`shoyoqning inidan qo`ng`irboshning 1240 gr piyozi topilgan bo`lsa, bitta piyozning vazni 30 gr to`g`ri kelsa, 14 ta qo`shoyoqning inida nechta qo`ng`irbosh piyozi bo`lishi mumkin? 5. Faraz qilaylik inson ta`sirida o`rmonlarning qisqarishi 1600 yildan boshlangan bo`lsa, hozirgacha o`rmonlar 50% ga qisqargan. Taxminan har bir asrga necha foiz o`rmonlarning qisqarishi to`g`ri keladi? Bu fikrni asrlar osha aholi soniga bog`liq holda tushuntiringchi? Shunda har bir asrga bo`lgan foizimiz mantiqan to`g`rimi? 6. Bitta iloq tupi 100 sm 2 ko`chma qumni mustahkalaydi. 2 gektar maydonda 600 tup iloq o`sgan, lekin shu joyda yashaydigan yumronqoziqlar iloqni 60%ini yo`q qilgan. Qolgan iloqlar qancha m 2 dagi ko`chma qumlarni mustahkalaydi? 7. Qarag`ay bargi tarkibida - 66,2%, qayin bargida - 63.7%, ismaloq bargi tarkibida esa 94.3% suv bor. Bu o`simliklar bargi tarkibida suvning miqdorini turlicha bo`lishiga sabab nima? Javobngizni izohlang. 8. Barglar juda ko`p miqdorda suv bug`latadi. Misol uchun qayin bir sutkada 6 chelak, eman esa 5 chelak suv bug`latadi. Bir yoz davomida qayin emanga nisbatan qancha chelak ko`p suv bug`latadi? Agar bir chelak 10 litr bo`lsa, qayin bilan eman bir yoz davomida necha litr suv bug`latgan bo`lardi? 9. Bir gektar maydonda o`sadigan har xil turga mansub daraxtlar yoz davomida turlicha miqdorda suv bug`latadi. Misol uchun qarag`ayli o`rmon – 2240 t, qayinli o`rmon – 2070 t, sosnali o`rmon – 470 t suv bug`latadi. Hisoblab chiqingchi sakkiz yoz mavsumida bu daraxtzor o`rmonlar qancha suv bug`latishi mumkin? 10. Bir gektar maydonda yashil daraxtlar yoz mavsumida bir soatda 8 kg CO 2 gazini o`zlashtiradi. 200 odam esa bir soatda shuncha miqdorda CO 2 ajratadi. Bir yoz davomida bir gektar maydondagi yashil o`simliklar necha kg CO 2 ni o`zlashtiradi. 200ta odam ajratgan 2000 kg CO 2 ni qancha vaqt davomida o`simliklar o`zlashtirishi mumkinligini hisoblab toping. 11. Bir yil davomida yashil o`simliklar 400 mlrd tonna O 2 ni atmosferaga ajratadi. O`z navbatida 600 mlrd tonna CO 2 gazini o`zlashtirib, 450 mlrd tonna organik modda hosil qiladi. Agar yer yuzidagi o`simliklar dunyosi 30% ga qisqarsa. Yuqorida berilgan miqdor qanchaga o`zgarishi mumkin? Bu Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 72 holatning biosferaga ko`rsatadigan salbiy ta`sirini izohlab bering. 12. Haddan tashqari sovuq bo`lgan paytlarda klyon va eman tarkibidagi zahira kraxmal shakarga aylanadi. Ignabarglilar, qayin va lipa tarkibida zaxira kraxmal moyga aylanadi. Buning sababini izohlab bering. 13. Botanika kursidan ma`lumki yertut gajaklari yordamida juda tez ko`payadi. Botanik olimlarning hisoblashicha 100 m 2 maydonda o`sayotgan yer tut o`simliklarini gajaklari 180 sm uzunlikda bo`lsa, bu yertutlar bir yoz davomida o`z maydonini 34 barobarga oshirishi mumkin ekan. Agar sharoit qulay bo`lsa besh yoz davomida qancha gektar maydonni bu o`simlik egallashi mumkin? 14. Qaysi o`simlikning gullash davri uzoq 40 - 50 kun ayrim hollarda esa 90 kungacha davom etadi? (tropik orxideya). 15. Seyshel palmasi bilan qayin daraxtining bo`yi 25 metrgacha bo`ladi, lekin seyshal palmasining mevasi og`irligi 25 kg atrofida bo`lishi ma`lum. Seyshel palmasi mevasining og`irligi qayin mevasining og`irligidan 30mln marta og`irrroq. Qayinning 2mln dona mevasi 1 kg ni tashkil etadi. Qayinning bir dona mevasini og`irligi qanchaligini hisoblang. 16. Kartoshka o`simligi mo`l hosil berishi uchun bir gektar maydondagi o`simliklar bargi 300 kg CO 2 ni o`zlashtirishi kerak. Nima sababdan bu darajada ko`p miqdorda o`simlik CO 2 gazini o`zashtirishi kerak? Sababini izohlang. 17. Qisqa kun o`simligi bo`lgan kurmak 5 kun davomida 10 soat yorug`likda saqlab turilsa ro`vak hosil qilishi 18 kunga tezlashadi, agar u shunday sharoitda 10 kun saqlansa ro`vak hosil qilishi yanada tezlashib 27 kun ichida ro`vagi yetiladi. Buning sababini tushuntiring. 18. Muhit tarkibidagi u yoki bu tuzning miqdoriga qarab xlorella tarkibida 8% dan 88% gacha oqsil, 4%dan 85% gacha yog`, 5% dan 37% gacha uglevod to`planadi. Xlorella hosildorligi quruq massa hisobida 1m 2 maydonga 70gr yoki 1 gektarga 70kg to`g`ri keladi. Agar xlorella 10 gektar maydonda ko`paytirilsa qancha massa olish mumkin? Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 73 MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR № O`simlikni nomi O`simlikni ikkinchi nomi 1 2 3 4 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling