Ma’rupov akmaljon


SINF BOTANIKASIGA OID MASALA VA MASHQLAR


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/44
Sana10.09.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1675156
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
BOTANIKA QOLLANMA

SINF BOTANIKASIGA OID MASALA VA MASHQLAR 
1. Agar besh tup makkajo`xorini vazni 6 kg bo`lsa, ularning tana vaznining necha kg mi suvga to`g`ri 
keladi? Sizningcha makkajo`xorining qolgan massasini nimalar tashkil etadi? 
2. Biotik ta`sir asosida parazit o`simliklar, xo`jayin o`simlikdan qaysi moddalarni oladi? Javobngizni 
izohlang. 
3. Bir gektar cho`l maydonida 500 tup iloq o`sadi, bu maydonda 10 ta yumronqoziq yashaydi. Ushbu 
yumronqoziqlar iloq o`simligini bir mavsumda necha tupini yo`q qilishi mumkin? Har bir yumronqoziq 
necha tup iloqni iste`mol qilishini aniqlang.
4. Bitta qo`shoyoqning inidan qo`ng`irboshning 1240 gr piyozi topilgan bo`lsa, bitta piyozning vazni 
30 gr to`g`ri kelsa, 14 ta qo`shoyoqning inida nechta qo`ng`irbosh piyozi bo`lishi mumkin? 
5. Faraz qilaylik inson ta`sirida o`rmonlarning qisqarishi 1600 yildan boshlangan bo`lsa, hozirgacha 
o`rmonlar 50% ga qisqargan. Taxminan har bir asrga necha foiz o`rmonlarning qisqarishi to`g`ri 
keladi? Bu fikrni asrlar osha aholi soniga bog`liq holda tushuntiringchi? Shunda har bir asrga bo`lgan 
foizimiz mantiqan to`g`rimi? 
6. Bitta iloq tupi 100 sm
2
ko`chma qumni mustahkalaydi. 2 gektar maydonda 600 tup iloq o`sgan, lekin 
shu joyda yashaydigan yumronqoziqlar iloqni 60%ini yo`q qilgan. Qolgan iloqlar qancha m
2
dagi 
ko`chma qumlarni mustahkalaydi? 
7. Qarag`ay bargi tarkibida - 66,2%, qayin bargida - 63.7%, ismaloq bargi tarkibida esa 94.3% suv bor. 
Bu o`simliklar bargi tarkibida suvning miqdorini turlicha bo`lishiga sabab nima? Javobngizni izohlang. 
8. Barglar juda ko`p miqdorda suv bug`latadi. Misol uchun qayin bir sutkada 6 chelak, eman esa 5 
chelak suv bug`latadi. Bir yoz davomida qayin emanga nisbatan qancha chelak ko`p suv bug`latadi? 
Agar bir chelak 10 litr bo`lsa, qayin bilan eman bir yoz davomida necha litr suv bug`latgan bo`lardi? 
9. Bir gektar maydonda o`sadigan har xil turga mansub daraxtlar yoz davomida turlicha miqdorda suv 
bug`latadi. Misol uchun qarag`ayli o`rmon – 2240 t, qayinli o`rmon – 2070 t, sosnali o`rmon – 470 t 
suv bug`latadi. Hisoblab chiqingchi sakkiz yoz mavsumida bu daraxtzor o`rmonlar qancha suv 
bug`latishi mumkin? 
10. Bir gektar maydonda yashil daraxtlar yoz mavsumida bir soatda 8 kg CO
2
gazini o`zlashtiradi. 200 
odam esa bir soatda shuncha miqdorda CO
2
ajratadi. Bir yoz davomida bir gektar maydondagi yashil 
o`simliklar necha kg CO
2
ni o`zlashtiradi. 200ta odam ajratgan 2000 kg CO
2
ni qancha vaqt davomida 
o`simliklar o`zlashtirishi mumkinligini hisoblab toping. 
11. Bir yil davomida yashil o`simliklar 400 mlrd tonna O
2
ni atmosferaga ajratadi. O`z navbatida 600 
mlrd tonna CO
2
gazini o`zlashtirib, 450 mlrd tonna organik modda hosil qiladi. Agar yer yuzidagi 
o`simliklar dunyosi 30% ga qisqarsa. Yuqorida berilgan miqdor qanchaga o`zgarishi mumkin? Bu 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
72 
holatning biosferaga ko`rsatadigan salbiy ta`sirini izohlab bering. 
12. Haddan tashqari sovuq bo`lgan paytlarda klyon va eman tarkibidagi zahira kraxmal shakarga 
aylanadi. Ignabarglilar, qayin va lipa tarkibida zaxira kraxmal moyga aylanadi. Buning sababini 
izohlab bering. 
13. Botanika kursidan ma`lumki yertut gajaklari yordamida juda tez ko`payadi. Botanik olimlarning 
hisoblashicha 100 m
2
maydonda o`sayotgan yer tut o`simliklarini gajaklari 180 sm uzunlikda bo`lsa, bu 
yertutlar bir yoz davomida o`z maydonini 34 barobarga oshirishi mumkin ekan. Agar sharoit qulay 
bo`lsa besh yoz davomida qancha gektar maydonni bu o`simlik egallashi mumkin? 
14. Qaysi o`simlikning gullash davri uzoq 40 - 50 kun ayrim hollarda esa 90 kungacha davom etadi? 
(tropik orxideya). 
15. Seyshel palmasi bilan qayin daraxtining bo`yi 25 metrgacha bo`ladi, lekin seyshal palmasining 
mevasi og`irligi 25 kg atrofida bo`lishi ma`lum. Seyshel palmasi mevasining og`irligi qayin 
mevasining og`irligidan 30mln marta og`irrroq. Qayinning 2mln dona mevasi 1 kg ni tashkil etadi. 
Qayinning bir dona mevasini og`irligi qanchaligini hisoblang.
16. Kartoshka o`simligi mo`l hosil berishi uchun bir gektar maydondagi o`simliklar bargi 300 kg CO
2
ni o`zlashtirishi kerak. Nima sababdan bu darajada ko`p miqdorda o`simlik CO
2
gazini o`zashtirishi 
kerak? Sababini izohlang. 
17. Qisqa kun o`simligi bo`lgan kurmak 5 kun davomida 10 soat yorug`likda saqlab turilsa ro`vak hosil 
qilishi 18 kunga tezlashadi, agar u shunday sharoitda 10 kun saqlansa ro`vak hosil qilishi yanada 
tezlashib 27 kun ichida ro`vagi yetiladi. Buning sababini tushuntiring. 
18. Muhit tarkibidagi u yoki bu tuzning miqdoriga qarab xlorella tarkibida 8% dan 88% gacha oqsil, 
4%dan 85% gacha yog`, 5% dan 37% gacha uglevod to`planadi. Xlorella hosildorligi quruq massa 
hisobida 1m
2
maydonga 70gr yoki 1 gektarga 70kg to`g`ri keladi. Agar xlorella 10 gektar maydonda 
ko`paytirilsa qancha massa olish mumkin? 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
73 
MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
№ 
O`simlikni nomi 
O`simlikni ikkinchi nomi 







10 
11 
12 
13 
14 
15 
16 
17 
18 
19 
20 
21 
22 
23 
24 
25 
26 
27 
28 
29 
30 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling