Ma’rupov akmaljon


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/44
Sana10.09.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1675156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
BOTANIKA QOLLANMA

►Qo`shimcha ma`lumot: “Qizil kitob” deb nomlanishiga sabab, Qizil rang butun dunyoda “ta`qiq”, “man 
etish” ma`nolarini anglatadi. 
 
2-§ GULLI O`SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHISH 
 
1. Ajdar daraxti qaysi orolda uchraydi?-- Kanar oroli. 
2. Gulli o`simliklar deb nimaga aytiladi?—Gullari turlicha shakl va rangli gulqo`rg`onga hamda uning ichida 
joylashgan changchi va urug`chiga ega bo`lgan, urug`langandan so`ng meva hosil qiladigan o`simliklarga 
aytiladi. 
3. Yer yuzida gulli o`simliklarni nechta turkumi bor?--- 13.000 
4. Gulli o`simliklarning o`ziga xos tomonlari?---ularda ildiz, poya, barg, gul, meva va urug`lardan tashkil 
topganligi. 
5. O`simliklar dunyosi million yillar davomida….?--- turlicha iqlim sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib 
shakllangan. 
6. Gulli o`simliklar qaysi xususiyatlari bilan bir necha asrlardan beri odamlarni o`ziga jalb qilib kelmoqda?---
1.ularning organlari; 2.ichki tuzilishi; 3.ajoyib xossalari, 4.xususan hayotiy shakllari; 5.yirik guli va mevasi; 
6.ildizi; 7.salobati shox-shabbasi 8.umrboqiyligi; 9.ayrim mayda jonzotlar bilan oziqlanishi` 10.kelgusi naslni 
o`z bag`rida voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo`llanma berish kabi irsiy belgilari bilan jalb qilib kelmoqda. 
7. Qaysi o`simlikning tugunchasidan xosil bo`lgan maxsuloti yigirma kg dan ortiq?---seyshel palmasi yong`oqlari. 
8. Bir yuzi yigirma oyda pishadigan o`simlik?-- seyshel palmasi yong`oqlari. 
9. G`amlovchi to`qimasi yuksak (kuchli) rivojlangan o`simlik?—Meksika kaktuslari 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 

10. 72000 oy yashaydigan o`simlik?—ajdar (drakon) daraxti. 
11. Gullarini eni juda yirik bo`lgan o`simlik bu-?---Rafleziya o`simligining gullari. 
12. Qaysi o`simlikning organlari ikki xil muhitda rivojlanadi?---nilufar o`simligini (poyasi suv; guli quruqlikda: 
geterofit). 
13. Barglari arang ko`rinadigan o`simliklar?—saksovul, qandim (juzg`un). 
14. Diametri 100 sm bo`lgan gul – Rafleziya.
15. Droseraga xos xususiyat?- xasharotxo`r o`simlik. 
16. Gul tashqi tomondan ….bilan o`raglan?—gulkosachabarg. 
17. Guli suv yuzasida ochiladigan o`simlik?--nilufar. 
18. Gulli o`simliklar boshqacha qanday ataladi?--yopiq urug`li o`simliklar 
19. Gulli o`simliklar nima sababda xilma-xil?-- ekologik sharoit turlicha bo`lgani uchun. 
20. Gulli o`simliklar nimaga aytiladi?-- Gullari turlicha shakl varangli gulqo`rg`on uning ichida o`rnashgan 
changchi hamda urug`chiga ega bo`lgan urug`langandan so`ng meva hosil qiladigan o`simliklarga. 
21. Gulli o`simliklar nimalardan tashkil topgan?-- ildiz, poya, barg, gul, meva va urug`dan. 
22. Gulning o`rta qismida nimalar joylashgan?—changchi, urug`chi. 
23. Hasharotxo`r (entomofag) o`simliklar?-- nepentes, drosera, suv qaroqchisi. 
24. Hayot manbai - o`simlik. 
25. Ikki yuz kilogramm suv saqlaydigan o`simlik va qaysi organida suv to`playdi?—Meksika kaktuslari, tanasida. 
26. Jumagulning ikkinchi nomi?-- xolmon. 
27. Kuvacha o`simligiga xos xususiyat?—xasharotxo`r o`simlik. 
28. Kuvacha qaysi o`simlikning ikkinchi nomi?-- nepentes. 
29. Meksika kaktuslari tanasida qancha suv saqlaydi?--200 litr. 
30. Mevasi o`n yillar davomida pishadigan o`simlik?—seyshel palmasi.
31. Mevasining og`irligi yigirma besh kilogramm?-- Seyshel palmasi 
32. Noyob mevali o`simliklar?--yong`oq, pista, bodom, safsan (xurmo). 
33. O`simliklarda yangi mihitga xos belgilar qanday irsiylashgan?.---yangi muhitga o`tib vaqt o`tishi bilan 
34. O`simliklarni hayotiy shakllariga moslang? 1.ajdar 2.safsan 3.nilufar. --1.- daraxt,
2.-daraxt, 3-ko`p yillik. 
35. Olti ming yilgacha umr ko`radigan daraxt?-- ajdar daraxti. 
36. Orollarda o`sadigan o`simliklar?-- Seyshel palmasi, Ajdar daraxti, Rafleziya. 
37. Poyasi suv ostida guli suv yuzasida o`sadigan o`simlik?—Nilufar. 
38. Qizil lola, ko`zagul o`simliklariga xos xususiyatlar?—tabiat ko`rki. 
39. Qum uyumlarida o`sadigan barglari arang ko`rinadigan mamlakatimizda o`sadigan o`simliklar? --Saksovul
qandim. 
40. Qum uyumlarida o`sadigan daraxt?—saksovul. 
41. Safsan, pista o`simligiga xos xususiyatlar?—noyob mevali o`simliklar. 
42. Safsanning ikkinchi nomi?-- xurmo 
43. Sallagul o`simligining gulining rangi?-- qizil. 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 

44. Seyshel orolida qaysi o`simlik o`sadi?--seyshel palmasi 
45. Seyshel palmasi yong`oqlari og`irligi qancha?---25 kg. 
46. Seyshel palmasining mevasi?—yong`o`q 
47. Sumatrada o`suvchi eng yirik gul?-- rafleziya. 
48. Tabiat ko`rki bo`lgan o`simliklar? (5ta) – 1.qizil lola, 2.ko`zagul, 3.sallagul, 4.chinnigul, 5.jumagul. 
49. Tabobatimiz gavhari bo`lgan o`simliklar?-- chakanda, isiriq, na`matak,(ra`no) suvqalampir. 
50. Uch bargchali, yem-xashak o`simligi?—sebarga. 
51. Yer yuzida gulli o`simliklar qancha oila, turkum, turni o`z ichiga oladi?--533 oila, 13000 turkum, 250.000 tur. 
52. Suvda o`sadigan to`pgulli o`simlik?—suv qaroqchisi 
53. Suv o`simliklari?—nulifar, suvqalampir, suv qaroqchisi 
54. Qaysi tabiat ko`rki bo`lgan o`simlik “Qizil kitob” ga kiritilgan?—Jumagul 
55. Gulning tashqi qavati qaysi qismi joylashgan?--yashil rangli gulkosacha. 
56. Gulning yashil rangli qismidan so`ng qaysi qismi uchraydi?--rangli gultojibarg. 
57. Gulning o`rta va makazida qaysi qismi uchraydi?-- o`rtasida:changchi, markazida: urug`chi. 
58. Yangi o`simlik tur va turkumlar qanday hosil bo`lgan?-- yangi muhit sharoitiga moslashishi natijasida. 
59. Yangi muhit sharoiti moslasha olmagan o`simliklarda qanday jarayonlar kuzatilgan?--yo`qolib ketgan. 
60. Gulli o`simliklar qanday kelib chiqqan?--bundan 140 mln yillar ilgari uru`li qirqquloqlarning shu davrgacha 
saqlanib kelgan vakillaridan. 
61. Sarsimon shox-shabbali o`simliklar?--shamshod va sadaqayrog`och.
62. Tabiiy holda o`sadigan daraxtlar qaysi xususiyat bilan bir-biridan keskin farq qiladi?--o`sish sharoitiga qarab. 
63. O`simliklar tashqi muhit sharoitiga moslashib, asta-sekin murakkablashib… paydo bo`lgan?—ularda
ikki organ: 1 vegetativ va 2.generativ organlar paydo bo`lgan. 
64. Vegetativ so`zining ma`nosi?—lotincha so`zdan olingan bo`lib “vegetatio” o`sish, rivojlanish degan
ma`noni anglatadi. 
65. Vegetativ organlarga qaysilar kiradi?—ildiz, poya, barg. 
66. Generativ so`zining ma`nosi?—lotincha “generate” so`zidan olingan bo`lib, “yaratmoq”, “tuzmoq”
degan ma`nolarni anglatadi. 
67. Gul, meva, urug` bular-?—generativ organlardir. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling