Ma’rupov akmaljon


-§. BARGLARINING TASHQI TUZILISHI


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/44
Sana10.09.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1675156
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
BOTANIKA QOLLANMA

15-§. BARGLARINING TASHQI TUZILISHI
 
1. O`simliklarning ekologik guruhlari deb nimaga aytiladi? – Muhitning ma`lum bir omiliga moslashgan 
o`simliklar. 
2. Namsevar o`simliklar deb nimaga aytiladi? – tanasi qisman suvga botgan holda o`sadigan o`simliklar. 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
27 
3. Namsevar o`simliklar?(gigrofit) – qo`g`a, qamish, ro`vak. 
4. Namlik yetarli muhitda o`suvchi o`simliklar qaysilar? – karam, sebarga, makkajo`xori, bug`doy, olma. 
5. Bargi mayda bo`laklarga bo`lingan o`simlik? – shuvoq. 
6. Seret o`simliklar? – baliqko`z, sarsazan, kaktus, agava. 
7. O`ttiz –qirq yillik shirinmiya yoz davomida qancha suv bug`latadi?--500-600 litr.
8. Bandli barglarga 9-ta misol keltiring?—1.olma, 2.o`rik, 3.nok, 4.terak, 5.yong`oq, 6.anjir, 7.tok, 8.bodring, 
9.qovun. 
9. Bandsiz barglar poyaga qanday birikadi?--yaproqning ostki qismi bilan. 
10. Bandsiz barglarga 9-ta misol keltiring?-- lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug`doy, makkajo`xori, arpa, sholi. 
11. Bargi mayda, qipiqsimon bo`lgan daraxt?-- saksovul. 
12. Barg bandida bir necha barg joylashsa nima deb ataladi?-- murakkab barg. 
13. Barg bandida bitta barg joylashish nima deb ataladi?-- oddiy barg. 
14. Barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa?-- toq patsimon barg deyiladi. 
15. Barg qanday qilib to`kiladi?--barg bandining novdaga birikkan joyida po`kak hosil bo`ladi. 
16. Barg qanday qisimlardan iborat?—2 qismdan : 1.barg yaprog`i va 2. barg bandidan. 
17. Barg shakillariga 6-ta misol?—1.yumaloq, 2.panjasimon, 3.tuhumsimon, 4.ovalsimon, 5.yuraksimon,
6. nashtarsimon. 
18. Barg to`kish yo`li bilan o`simliklarni qishga tayorlanishi nima d-di?-- xazonrezgilik. 
19. Barg tomirlaridagi naylar qanday hujayralardan tashkil topgan?-- o`lik hujayralardan. 
20. Bargchalar barg bandining ohirigacha qarama qarshi joylashsa?-- juft patsimon barg
deyiladi. 
21. Bargda qanday to`qimalar uchraydi?—1.qoplovchi, 2.asosiy, 3. o`tkazuvchi, 4.mexanik. 
22. Bargga mustahkamlik berib turuvchi qismi?-- barg tomirlari. 
23. Bargi novdada navbat bilan joylashadigan (10 ta) o`simliklar?—1.g`o`za, 2.tok, 3.pomidor, 4.olma,
5.o`rik, 6.terak, 7.tut, 8.atirgul, 9.oqquray, 10. do`lana. 
24. Bargining uzunligi 2-mm keladigan o`simlik?--- saksovul. 
25. Bargining uzunligi 50-70 sm dan bir metrgacha etadigan o`simliklar?--rovoch, ojud, kovrak.(shashir). 
26. “Quyosh, hayot va xlorofil” asari muallifi?--A.Timiryazev. 
27. Barglar nafas olganda organik modda hosil bo`lmay aksinsa,….?---parchalanadi. 
28. Barglar qachon nafas oladi?-- kecha-yu-kunduz 
29. Barg yaprog`i o`yilgan o`simliklarga 4-ta misol?-- 1.tok, 2. g`o`za, 3. tut, 4. anjir. 
30. Barglari qishda ham saqlanib qoladigan o`simliklar (4-ta)?—1.qulupnay, 2. archa, 3. qarag`ay, 4. qoraqarag`ay. 
31. Barglari yaxlit bo`lgan o`simliklarga 3-ta misol?—1.olma, 2.o`rik, 3.gilos. 
32. Barglarning ichki qismi qaysi to`qimalardan tashkil topgan?—1.qoplovchi, 2.asosiy, 3.o`tkazuvchi, 4. mexanik. 
33. Bargning plastidalar joylashgan hujayralari qanday shaklda bo`ladi?-- loviyasimon. 
34. Bargning qaysi hujayralari shaffof bo`ladi?-- po`st. 
35. Bargning qaysi qismida bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralarni ko`rish mumkin?-- barg tomirlarida 
36. Bargning ustunchalarga o`xshash cho`ziq hujayralari qayerda joylashgan?-- ustki po`st tagida. 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
28 
37. Bargning ustunchalarga o`xshash cho`ziq hujayralari tagida qanday hujayralar joylashgan?-- ovalsimon va 
yumaloq. 
38. Bir juft makkajo`xori yoz davomida qancha suv bug`latadi?-- 200 litr. 
39. Bodom po`sti bilan ….?--odam do`sti bilan 
40. Fotosintez so`zining ma`nosi?-- yorug`likni qo`shish va birlashtirish. 
41. G`o`za bir yoz davomida qancha suv bug`latadi?-- o`z vaznidan 500-600 hissa ko`p. 
42. Ikki karra patsimon bo`lingan barg qaysi o`simliklarda bo`ladi?-- shoyi akatsiya, totim. 
43. Ikki urug`pallali o`simliklarning barglari qanday ko`rinishda bo`ladi?-- panjasimon yoki patsimon(to`rsimon) 
tomirlangan. 
44. Ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so`rilishi qachon tezlashadi?-- harorat ko`tarilganda. (bahor va yozda). 
45. Juft patsimon bargga misol (1-ta)?-- yeryong`oq. 
46. Murakkab barglar qanday xildagi barglarga bo`linadi?—1.uch bargchali panjasimon,
2. toq va juft patsimon barglarga 3.karrali
47. Murakkab barglarga 7-ta misol?—1.shirinmiya, 2.beda, 3.yong`oq, 4.na`matak, 5.loviya, 6.no`xat, 
7.yeryong`oq. 
48. Nafas olishda barglarda organik moddalar qanday o`zgarishlarga uchraydi.- parchalanadi 
49. Nay-tolali boylamlarni nimalar hosil qiladi?-- naychalar, elaksimon naychalar, tolalar 
50. Novdada barglar qanday joylashadi?—1.navbat bilan, 2.qarama-qarshi, 3. xalqa hosil qilib. 
51. Novdada halqasimon joylashgan (3 ta) o`simliklar?—1.sambitgul,2. qirqbo`g`im, 3.qumrio`t. 
52. Novdada qarama-qarshi joylashgan (10 ta) barglar?—1.rayhon, 2.yalpiz, 3.chinnigul, 4.ligustrum, 5.nastarin, 
6.dalachoy, 7.kiyiko`t, 8.mavrak, 9.gazanda, 10.kampirchopon. 
53. O`simlik barglari tuzilishiga ko`ra?-- oddiy va murakkab barglarga bo`linadi. 
54. O`simlik turiga qarab barglarinng qanday hillari bor?--- tukli va tuksiz. 
55. O`simliklarga yorug`lik va harorat etishmasa qanday jarayon kuzatiladi?--- xlorofil yemiriladi. 
56. O`simlikning organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug`latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi bu?-
-- barg. 
57. Oddiy barglar yaprog`ining tuzilisiga ko`ra?--patsimon, panjasimon va uch bo`lakli. 
58. Oddiy barglarga 6-ta misol?---olma, nok, o`rik, shaftoli, tut, tok. 
59. Murakkab panjasimon bargga misol?-- sohta kashtan. 
60. Qaysi o`simlik bargi tikanga aylangan (metamorfozlashgan)?--kaktus. 
61. Qaysi oila vakillarining barglari ildiz bo`g`zida joylashgan?-- qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) va
ziradoshlar.(soyabondoshlar). 
62. Qoqidoshlar va ziradoshlar oilalari vakillarining barglarining uzunligi?---50-60 sm. 
63. Soyasevar (3 ta) o`simliklar?-- xina, binafsha, yovvoyi qulupnay. 
64. Suvni kam bug`latish uchun barglarini to`kib yuboradigan o`simliklar?--shuvoq, qoraboyalich. 
65. To`pbarglar qaysi oila vakillarida uchraydi?--qoqidoshlar va ziradoshlar. 
66. Toq bargchalar o`rnida gajak hosil qiladigan o`simliklar?---no`xat va burchoq. 
67. Toq patsimon bargga misol (2-ta)?---shirinmiya, yong`oq 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
29 
68. Uchta bargchali murakkab bargga 4-ta misol?-- sebarga, beda, loviya, mosh. 
69. Yashnab yetmish-yetti kun, kiyar yetmish-yetti to`n kuzda uzib olinar ovqatga solinar?---karam 
70. Yorug`sevar (5 ta) o`simliklar?--kungaboqar, yantoq, kartoshka, pomidor, g`o`za. 
71. Yoysimon yoki parallel tomirlanish qaysi o`simliklar uchun hos?--- faqat bir urug`pallalilar uchun. 
72. 77 kunda pishadigan o`simlik?—karam 
73. Yon bargchalar qayerda joylashgan bo`ladi?—asosiy bargning bandining pastki qismida 
74. Barg tomirlarni qayerda yaxshi ko`rish mumkin?—bargning orqa tominida. 
75. Murakkab panjasimon bargli, 2000 yil yashaydigan daraxt?—soxta kashtan. 
76. Burchoq o`simligiga tegishli xususiyatlar?—1. yovvoyi yem-xashak o`simligi 2.toq bargchalar o`rnida gajaklar 
paydo bo`lgan 3. qanotli poya
77. Ligistrum,gazanda, rayxon o`simligini birlashtiruvchi belgilar?-- barglari qarama-qarshi 
78. Hayotiy shakli buta barglari qishda ham yashil hamda qarama-qarshi o`rnashgan, ushbu ta`rif qaysi o`simlikk 
tegishli?—ligistrum. 
79. Gledichiya daraxtining ikkinchi nomi?—tikan daraxti. 
80. Poyada barglari navbat bilan joylashgan o`yma bargli o`simliklar?—g`o`za, tok, tut. 
81. Barglari qarama-qarshi joylashgan ko`p yillik o`t?—kiyiko`t, yalpiz, chinnigul. 
82. Barglari qarama-qarshi joylashgan butalar?— ligistrum, nastarin. 
83. Iste`mol qilinadigan, barglari poyada navbat bilan joylashgan o`simlik?—do`lana. 
84. Hayotiy shakli bir yillik, poyasi to`rt qirrali, barglari qarama-qarshi joylashgan o`simlik?—rayhon. 
85. Qaysi o`simliklarning bargi o`zgarishga uchragan? – 1. Kaktus 2. Burchoq 3. No`xat 4.saksovul 
86. Hamma hujayralari shaffof bo`lib, bir-biri bilan zich joylashgan bargning qaysi hujayrasiga tegishli?—barg 
po`st hujayralariga. 
87. Barg p`ostining vazifasi?—1.ichki qismini shikastlashidan 2. qurib qolishidan. 
88. Barg og`izchalarigagi hujayralarda plastidalar bo`ladimi?—bo`ladi. 
89. Bargning qaysi qismi bir necha qavat bo`lib joylashgan?—barg eti hujayralari. 
90. Uning ichida qalin devorli o`lik hujayralarni ko`rish mumkin bu-?—barg tomirlarida. 
91. Laboratoriya sharoitida bargni qanday qilib rangsizlantirish mumkin? –spirtga solib. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling