Ma’rupov akmaljon
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
BOTANIKA QOLLANMA
20-§.
GUL – O`SIMLIKLARNING GENERATIV KO`PAYISH ORGANI 1. Flora nima? -- ma`lum bir maydonda tarqalgan o`simliklar majmuasi. 2. Achambitining gul formulasi? -- Gk 4 Gt 4 Ch 4+2 U (2) 3. Bo`limlarga 9 ta misol yozing? -- bakteriyalar, zamburug`lar, lishayniklar, suvo`tlar, yo`sinlar, qirqbo`g`imlar, qirqquloqlar, ochiq urug`lilar, yopiq urug`lilar 4. Changchi qanday qismlardan iborat? -- chang ipi va changdon 5. Changchilar gulo`rnida qanday holatlarda joylashish mumkin? -- alohida-alohida, qo`shilib yoki tutam hosil qilib. 6. Changdonni gulo`rin bilan bog`laydi bu…? -- chang ipi 7. Gul formulalardagi simvollarni izohlang: Gk, Gt, Ch, U, +, -, (),˜,0 ? -- gulkosacha, gultojibarg, changchi, urug`chi, ikki xalqada, yoki - gacha, qo`shilib o`sgan, cheksiz, rivojlanmagan. 8. Gul formulasiga qarab…bilish mumkin? 9. Gul necha qismdan iborat (raqamda)? -- 4 qismdan 10. Gulband nima? -- o`simliklarning gulining novdaga biriktirib turuvchi qism 11. Gulbandning yuqori qismi nima deb ataladi? -- gulo`rin 12. Gulkosachadan ichkaridan joylashgan qism? -- gulo`rin 13. Gulni tashqi tomondan o`rab turadigan qismi…deyiladi? -- gulkosacha 14. Gulning o`rtasida joylash qismi necha qismdan iborat (raqamda)? -- 3 qismdan 15. Gulning qaysi qismi 2 qismdan iborat? -- changchi va gulqo`rg`on 16. Gulning qaysi qismi turli rangda bo`ladi? -- gultojibarglari 17. Gulning tuzilishi …orqali biladi? -- formula 18. Gulqo`rg`on …ga bo`linadi? (4ta) -- qo`shilgan, qo`shilmagan; murakkab, oddiy 19. Gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilgan va qo`shilmagan gullarga misollar? -- qo`ypechak, karnaygul, marmarak 20. Gulqo`rg`on bo`laklari tangachaga aylangan o`simliklar? (4ta) -- tol, terak, tut, yong`oq 21. Gulqo`rg`on ichida joylashgan muhim qismi? -- gulkosacha va gultoj 22. Gulqo`rg`onning 2ta muhim vazifasi? -- 1. changchi va urug`chilarni o`rab, 2. tashqi ta`sirdan saqlab turadi 23. Gultojibargi 5ta bo`lgan o`simlik (2ta) -- olxo`ri, sachratqi. 24. I.A.Karimovning “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida qaysi allomalarimiz xaqida ma`lumotlar berilgan? -- Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino 25. Lolaning gul formulasi? -- Og 3+3 Ch 3+3 U (3) 26. Murakkab qulqo`rg`on deb nimaga aytiladi? -- agar gul gulkosacha va gultojdan tashkil topgan bo`lsa. 27. Murakkab qulqo`rg`onga ega bo`lgan `osimliklar (4ta) -- olma, g`o`za, olcha, nok. 28. O`simliklar qaysi sitematik birlikka mansubligiga qarab …xilma-xil bo`ladi? --gullari 29. O`simliklar sistematikasi nimani o`rganadi? -- o`simliklar dunyosi o`shash belgilariga qarab tartibga solinishini. 30. O`simliklarda shakli o`gargan novda nima deyiladi? -- gul Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 34 31. O`simliklarning turiga changchilar…tagacha bo`lishi mumkin? -- bittadan bir nechtagacha 32. O`troq gullar deganda nimani tushunasiz? -- bandsiz gullar 33. Oddiy gulqo`rg`on deb nimaga aytiladi? -- gulqo`rg`on bo`laklarining rangi asosan bir xil bo`lsa, gulkosacha yoki gultojdan iborat bo`lsa. 34. Oddiy gulqo`rg`onga ega bo`lga o`simliklar (3ta) -- lola, chuchmomo, gulsafsar. 35. Olxo`rining gul formulasi? -- Gk 5 Gt 5 Ch ∞ U 1 36. Qaysi o`simliklarda gulqo`rg`on bo`laklari bir xil bo`ladi (2ta) -- lola, chuchmomo. 37. Qaysi o`simlikning chanchisi 6ta ? (2ta) -- lola, jag`-jag`. 38. Qo`ypechak, karnaygul,marmarak bular qanday gullar? -- gulqo`rg`on bo`laklari qoshilib o`sgan gullar. 39. Sachratqining gul formulasi? -- Gk 0 Gt( 5) Ch (5) U (2 40. Shakli va o`lchami bilan farq qiladi bu…? (2ta) -- gulband 41. Tugunchalar joylashishiga qarab…bo`ladi? --ostki, ustki 42. Tugunchalar tuzilishiga qarab …bo`ladi? -- bir va ko`p uyali 43. U yerda gulning barcha qismlari joylashadi? -- gulo`rin 44. Uning ichi g`ovak bo`ladi? -- urug`chi ustinchasi 45. Urug`chi qanday qismlardan iborat? -- tumshuqcha, ustuncha, tuguncha 46. Urug`chining pastki qismi qanday nomlanadi? -- tuguncha 47. Urug`kurtak qayerda joylashgan? -- tuguncha ichida Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling