Ma’rupov akmaljon


-22-§. GULLARNING XILMA-XILLIGI VA TO`PGULLAR


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/44
Sana10.09.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1675156
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
BOTANIKA QOLLANMA

21-22-§. GULLARNING XILMA-XILLIGI VA TO`PGULLAR 
1. Bir jinsli gul deb nimaga aytiladi?-- gulda faqat urug`chi yoki changchining o`zi bo`lsa. 
2. Agar gulqo`rg`on ikkitadan ortiq bo`lakka ajralsa u…deyiladi? -- to`g`ri (aktimorf) 
3. Bir jinsli gullarga qaysilar kiradi?(4ta) -- tol, gazanda, tut, qayin 
4. Bir uyli o`simlik deganda nimani tushunasiz? -- bir tup o`simlikda changchili ham urug`chli bo`lsa. 
5. Bir uyli o`simlikka … misol bo`ladi? -- makkajo`xori, qovoq, funariya, qarag`ay. 
6. Changlanish top`gullarda yaxshi boradimi yoki oddiy gullardami? -- top`gulda 
7. Makkajo`xorining urug`chili to`pguli nima deyiladi? -- so`ta. 
8. Makkajo`xorining changchili to`pguli nima deyiladi? -- murakkab shingil. 
9. Qo`ng`iroq gulning gulini rangi qanday? – ko`k. 
10. Angishvonagulning gulini rangi qanday? – qizil. 
11. G`o`za guli olma gulidan…ligi bilan farq qiladi (2ta) -- gulkosasining tashqi tomonidagi yirik tishchali 3 ta 
bargchasi bilan 
12. Guli ko`zga uncha tahlanmaydigan o`simlik? --anjir 
13. Gullari yakka-yakka to`pguli yo`q o`simliklar? -- lola, behi, binafsha 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
35 
14. Gulqo`rg`on bo`laklari teng ikkiga bo`linadigan gullarga 12 ta misol? -- gladiolis, nastarin (siren), isfarak, 
rayxon, marmarak, kiyiko`t, burchoq, loviya, beda, gunafsha, parpi, angishvonagul 
15. Ikki jinsli gullarga qaysilar kiradi?(4ta) -- o`rik, gilos, olma,shaftoli 
16. Ikki uyli o`simlik deganda nimani tushunasiz? -- changchili gul boshqa tupda urug`chli boshqa tupda bo`lsa 
17. Ikki uyli o`simliklarga qaysilar kiradi?(3ta) -- tol, terak, gazanda, turkiston ismalog`i, archa 
18. Karam va achambitining to`pguli qanday? -- oddiy shingil 
19. Kuchala to`pgul qaysi to`pgulga o`xshaydi va farqi? -- asosiy to`pgul o`qining osilib turishi
20. Kuchala top`gulga ega bo`lgan o`simliklar? -- yong`oq, oqqayin, tol 
21. Murakkab boshoqli o`simliklar (4ta) -- bug`doy, arpa, javdar, bug`doyiq 
22. Murakkab soyabonga ega bo`lgan o`simliklar (5ta)? -- sabzi, ukrop, petrushka, shashir (kovrak), bodiyon 
23. Murakkab to`pgul deb nimaga aytiladi? -- to`pgul o`qi shoxlansa. 
24. Oddiy qalqonsimon to`pgullarga qaysilar kiradi (4ta) -- olma, nok, gilos, olcha 
25. Oddiy to`pgullar deb nimaga aytiladi? -- to`pgul o`qi shoxlanmasa. 
26. Qashqarbedaning to`pguli qanday? -- oddiy shingil 
27. Qaysi o`simliklarning gullari uzun bandli bo`ladi? (5ta) -- karam, jag`-jag`, rediska, qurttana, qashqarbeda 
28. Qaysi oddiy to`pgulning gullarining yuqori qismi bir xil tekislikda bo`ladi? -- oddiy qalqonsimon 
29. Qaysi to`pgulda gullar bandsiz joylashadi? -- oddiy boshoq 
30. Qaysi to`pgullarda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat joylashadi? -- oddiy 
qalqonsimon. 
31. Qaysi to`pgulning atrofi o`rama bargchalar bilan o`raglan? -- savatcha 
32. Qiyshiq gul deb nimaga aytiladi? -- gul faqat teng ikki bo`lakka ajralsa, yoki ajralmasa. 
33. Ro`vak to`pgulga ega bo`lgan o`simliklar (7ta) -- tok, sholi, qamish, nastarin, kelinsupurgi, otquloq, ravoch. 
34. Ro`vak to`pgulning ikkinchi nomi? -- murakkab shingil 
35. Savatcha to`pgulga ega bo`lgan o`simliklar (7ta) -- kungaboqar, kartoshkagul, karrak, shuvoq, sachratqi, 
bo`tako`z, ermon. 
36. To`g`ri gullarga qaysilar kiradi (7ta) -- olma, na`matak, behi, shaftoli, qo`ng`iroqgul lola, suvyig`ar 
37. To`pgul deb nimaga aytiladi? -- bitta umumiy bandda bir nechta gul joylashgan bo`lsa. 
38. To`pgullar 2 ga bo`linadi ular? -- oddiy va murakkab 
39. To`pgullarning qanday turlarini bilasiz? (9ta) -- so`ta, shingil, kuchala, soyabon, ro`vak, savatcha, kallak 
(boshcha), qalqonsimon, boshoq. 
40. Urug`chili va changchili gul deganda nimani tushunasiz? -- agar gulda changchi yoki urug`chi joylashgan 
bo`lsa shunday nomlanadi
41. Yo`ng`oqning …li to`pguli kuchalasi- boshoqqa o`xshaydi? -- changchili
42. Zubturum gullari qanday to`pgulda yig`ilgan? -- oddiy boshoq. 
43. Qanday to`pgul so`ta deyiladi? – yo`g`on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan to`pgul. 
44. Gullari yo`g`on va kalta gulpoyada bandsiz joylashgan to`pgul nima deyiladi? – boshcha yoki kallak. 
45. Sharsimon shakldagi to`pgul qaysi? – sebarganing boshcha yoki kallakchasi. 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
36 
46. Sebargani to`pguli qanday? -- boshcha yoki kallak. 
47. Piyozning to`pguli qanday? – oddiy soyabon. 
48. Soyabon to`pgul deb nimaga aytiladi? -- gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyaning uchki qismida 
joylashadi, masalan, piyozda. 
49. Gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to`pgul nima deyiladi? – savatcha. 
50. Nastarinni to`pguli qanday? – murakkab shingil ya`ni ro`vak. 
51. Nastarin va tokning murakkab shingili nimalardan tashkil topgan? – shingillardan. 
52. Murakkab shingili boshoqchalardan iborat o`simliklar? – makkajo`xorini changchili to`pguli, suli, sholi. 
53. Oddiy soyabon to`pgulga ega bo`lgan o`simlik bu-?—piyoz. 
54. 
Ushbu sxemasi qaysi to`pguni ifodalaydi?—boshcha. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling