Ma’rupov akmaljon


II-BOB. HUJAYRA - HAYOTNING ASOSI


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/44
Sana10.09.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1675156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
BOTANIKA QOLLANMA

 
II-BOB. HUJAYRA - HAYOTNING ASOSI 
4-§ O`SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI 
 
 
1. Hujayrani o`rganuvchi fan bu-sitologiya 
2. O`simliklarni hayoti bilan bog`liq ichki jarayonlarni aniq tassavur etish uchun….?—ichki tuzilishi bilish zarur. 
3. Hujayralar qaysi jihatdan farq qilsa, ichki jihatdan o`xshash bo`ladi?—tashqi (morfologik) 
4. Qaysi jarayonlar yagona qonunga muofiq amalga oshadi?—hujayralarda yuz beradigan hayotiy jarayonlar. 
5. Bitta hujayraga ega o`simliklarga misol?— ayrim tuban o`simliklar. 
6. Chigit hujayrasining uzunligi qancha?-- 3-4 sm. 
7. Hujayralar qaysi xususiyatiga ko`ra shakli, rangi, kata-kichikligi, ichki tuzulishi va funksiyasiga ko`ra bir-
biridan farq qiladi?—hujayralar o`simlikning qaysi organida joylashishiga ko`ra. 
8. Agar o`simlik bitta hujayradan tashkil topgan bo`lsa, undagi hayotiy jarayonlar qayerda amalga oshadi?—shu 
bitta hujayrani o`zida. 
9. Ayrim jarayonlar maxsus hujayralar tomonidan amalga oshiradigan o`simliklar?—ko`p hujayralilar. 
10. Hujayra qanday qismlardan iborat?—ikki qismdan: 1.hujayra qobig`i 2. ichki tirik qism (protoplazma). 
11. Hujayra qobig`iga xos xususiyat?—tiniq va mustahkam. 
12. Hujayraning shakli nimaga bog`liq?—qobiqqa. 
13. Hujayraning qaysi qismi murakkab tuzilishga ega?—hujayra qobig`i va sitoplazma. 
14. Hujayrani butunligi ta`minlaydi bu-?—hujayra qobig` 
15. O`simliklar hujayrasining tuzilishiga ko`ra nechta guruhga bo`linadi?—2 ta (bir va ko`p) 
16. Elektron mikroskoplar buyumlarni necha marta kattalashtirib beradi?—yuz ming marta. 
17. Elodeya barglari necha qavat hujayradan iborat---bir qavat hujayralardan iborat 
18. Elodiya hujayrasida sitoplazmaning harakati nimaga bog`liq—kislorodning va oziq moddalarning harakat 
yo`nalishiga. 
19. Faqat o`simliklarga xos organoid?--- plastida 
20. Hamma hujayralar ham bo`linavermaydi faqat ….bo`linadi?---o`sish nuqtasidagi hujayralargina
21. Hujayra qachon, kim tomonidan kashf etilgan?--1665-yil, Robert Guk. 
22. Hujayra bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?--- shakli, hajmi va joylashishiga ko`ra. 
23. Hujayra bo`linayotgada qanday biologik o`zgarishlar sodir bo`ladi? (2ta)---dastlab mag`iz kattalashadi, 
sitoplazmada ham to`siq paydo bo`ladi. 
24. Hujayra qobig`idagi klechatkaning vazifasi?---mustahkamlik berish, tashqi tomondan himoya qilish, hujayra 
shaklini saqlab turadi va tashqi muhit bilan bog`lab turadi. 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
14 
25. Hujayra qobig`idagi yarim o`tkazuvchanlik qachongacha saqlanadi?---nobud bo`lguncha 
26. Hujayra qobig`iga mustahkamlik beruvchi modda?--kletchatka. (sellyuloza) 
27. Hujayra qobig`ining qalinligi nimaga bog`liq?---yoshiga. 
28. Ingliz fizigi bu-?-- Robert Guk. 
29. Moddalarni tashqi tomondan kirishi hujayraning qaysi qismi tartibga solidi?—qobig`i. 
30. Elastik modda bu-?—sitoplazma. 
31. Hujayra qobig`ining vazifasi (3ta)?—1. tashqi ta`sirda himoya 2. mustahkamlik 3. shakli saqlab turadi 4. 
tashqi muhit bilan bog`lab turadi. 
32. Hujayralarni qanday shakllarini bilasiz (6ta)?--- ovalsimon, yumaloq, ko`p burchakli, naysimon, to`g`ri to`rt 
burchakli, tuksimon. 
33. Hujayra qobig`i va sitoplazmaning birlashtiruvchi xususiyat?—tarkibining murakkabligi. 
34. Hujayra shirasi tarkibida nimalar bor? --suv, oqsil, moy, shakar. 
35. Hujayra shirasini (vakuolni) necha foizini suv tashkil qiladi?--70-95%ni. 
36. Hujayraning tirik organizmlardagi xususiyatlar?—1. nafas oladi 2.ortiqcha narsalarni ajratib tashqriga 
chiqaradi, 3.tashi muhitning o`zgarishini sezadi 4.o`sadi 5. bo`linadi 6. yangi hujayra hosil qiladi. 
37. Oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi bu-?—hujayralar. 
38. Qaysi organizm moddalari sitoplazmada tarqoq joylashgan bo`ladi?—ko`k- yashil suvo`tlar (sianobakteriyalar), 
bakteriyalar va ayrim zamburug`lar. 
39. Barg, ildiz, mevalar qobig`idagi hujayralar….bajaradi?—noqulay sharoitdan- shamol yomg`ir sovuqdan 
issiqdan ximoya qiladi. 
40. Nima uchun shtativli lupa buyumlarni 10-25 martagacha kattalashtirishi mumkin?—chunki uning tagligida 
kattalashtiruvchi ikkita linza bo`ladi. 
41. Mikroskop ixtiro qilingacha ….?-- tirik mavjudotlar, shu jumladan o`simliklarning hujayradan tashkil topganligi 
aniq va ravshan ko`rish mumkin bo`ladi. 
42. Hujayralar nimasi bilan bir-biriga juda o`xshash bo`ladi?---ichki tuzilishi bilan. 
43. Hujayralar o`simliklarning qaysi organida joylashishiga qarab:? --1. shakli 2. rangi 3. yirik maydaligi 4. ichki 
tuzilishi 5. funksiyasi bilan farq qiladi. 
44. Rustamjon tarvuz hujayrasini mikroskopda ko`rganda, o`qituvchi unga senga hujayrani 81 marta 
kattalashtirilgan tasvirini ko`rsatdim deb, okulyar raqamini ko`rsatdi va ko`rsatkich 9 ekanligi bildi. Aytingchi 
obe`ktiv ko`rsatkichi nechaga teng?—9 ga. 
45. Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri ? --ularning o`sishi va bo`linishidir. 
46. Hujayralarni oddiy ko`z bilan ..?—ko`rib bo`lmaydi. 
47. Hujayralarning ichki tuzilishini va sitoplazmadagi harakatlarni kuzatishdan… foydalaniladi mikroskopdan. 
48. Mikroskop bilan ishlash tartibi nechta qoidadan iborat?—6 ta.
49. Hujayraning qaysi qismi tiniq va mustahkam bo`ladi?—Hujayra qobig`i. 
50. Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq qismi?--sitoplazma. 
51. Irsiy belgilarning yangi bo`g`inga o`tishida muhim ahamiyatga ega bu?---vaqt 
52. Laboratoriyada mikroskop stol chekkasidan qancha masofaga qo`yiladi?--3-4 sm. 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
15 
53. Qo`l lupasi buyumni qancha marta kattalshtirib beradi?--3-5 marta. 
54. Mikroskop bilan ishlash tartibining 6-qoidasi bu-?—har qanday preparat dastlab kichik obektivda ko`rinadi. 
55. Lupalar necha xil bo`ladi?---ikki xil; 1.qo`l lupasi 2.shtativli lupa. 
56. Mag`iz qanday ahamiyatga ega?--irsiy belgilarning yangi bo`g`inga o`tishida. 
57. Mag`izning shakli va hajmi nimaga bog`liq?--hujayraning yirik-maydaligiga, yoshiga, holatiga va to`qimaning 
turiga hamda yashash sharoitiga qarab har xil bo`ladi 
58. Hujayraning eng muhim tarkibiy qismini aniqlagan olim millati?—ingliz. 
59. Mikroskopning qaysi qismida qisqich (klemma) bo`ladi?—buyum stolchasi ustida. 
60. Mevalarning ta`mi shirin, nordon, achchiq bo`lishi nimaga bog`liq?---hujayra shirasiga. 
61. Mikroskop necha marta kattalashtirib ko`rsatishi bilish uchun nima qilinadi---ob`ektiv va okulyarlardagi 
raqamlar ko`paytiriladi
62. Mikroskop tarkibiy qismlarini sanab bering? (8ta)---1. okulyar, 2.ob`ektiv,3. buyum stolchasi, 4.ko`zgu, 5. 
makrovint, 6.mikrovint 7.shtativ, 8.taglik. 
63. Mikroskoplar buyumlarni necha marta kattalashtirib beradi?—ming va undan ortiq. 
64. Mikroskopning kichik ob`ektivi buyum stolchasi teshigidan necha sm balandlikda bo`ladi?—0,5-1 sm. 
65. Yumshoq, toza latta bilan mikroskopning optik qismlarini artish ishlash tartibing nechanchi qoidasi?—ikkinchi. 
66. Nima uchun elodiyadan tayyorlangan preparatni mikroskopda butunligicha ko`rish mumkin?--- barglari bir 
qavat hujayradan tashkil topgan 
67. Nima uchun elodiyadan tayyorlangan preparatni mikroskopda tabiiy sharoitda o`sgandek tirik bo`ladi--- suvda 
o`sgani uchun. 
68. O`simlik gullari va barglari rangi qaysi plastidalarga bog`liq?-- xromoplastlarga. 
69. O`simlikning qaysi qismidagi hujayralar bo`linish xususiyatiga ega?--o`sish nuqtasidagi. 
70. Obyektiv preparatdan qancha uzoqlikda bo`lishi kerak?-- 4-6 mm. 
71. Organizm asosi bu---?.---hujayra 
72. Gullar va mevalarning har xil bo`lshiga sababchi bo`ladigan plastid turi bu-?—xloroplat va xromoplast. 
73. Hujayraning qaysi organoidining shakli turli shaklda bo`ladi?—vakuol. 
74. Hujayraning 5-30 % ni nimalar tashkil etadi?—vakuoldan tashqari barcha qismlari. 
75. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri bu-?—plastida. 
76. Piyoz hujayralari boshqa o`simlik hujayralaridan nimasi bilan farq qiladi?--hujayra shaklining cho`ziqligi, zijligi 
va rangsizligi bilan. 
77. Plastidalar qanday xillarga bo`linadi?--leykoplastlar, xromoplastlar, xloroplastlar. 
78. Qari hujayralarda sitoplazma va mag`iz butunlay yo`qolib,uning o`rniga ?---suv yoki havo xosil bo`ladi. 
79. Qaysi organizmlarda yadro shakllanmagan?-- ko`k yashil suvo`tlari, bakteriyalar, ayrim zamburug`lar. 
80. Rangsiz plastida?---leykoplast. 
81. Shtativli lupa buyumni qancha kattalashtirib beradi?--10-25 marta. 
82. Sitologiya so`zining ma`nosi?--- Sitoz “hujayra” logos “fan” , “ta`limot”. 
83. Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to`lgan bo`shliq nima deb ataladi?--vakuol. 
84. Tabiatdagi tirik mavjudodlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri?—ularning hujayralardan 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
16 
tuzilganligidir. 
85. Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o`simlik bargining butunligicha yaqqol ko`rish mumkin?-- elodeya. 
86. To`qimani qaysi fan o`rganadi?-- gistalogiya.(qo`shimcha ma`lumot) 
87. Turli hajmda kattalashtirib ko`rsatadigan ikki tomoni qabariq oynadan iborat asbob---lupa 
88. Tuzilishi o`xshash bo`lgan, lekin bir hil vazifani bajaradigan hujayralar yig`indisi nima deb ataladi?--- to`qima. 
89. Unda tirikka xos barcha xususiyatlar mujassamlashgan bu-?—hujayra. 
90. Yadro qachon va kim tomonidan kashf etilgan?--1831-yil, Robert Broun. 
91. Yadro tarkibiga ko`ra qaysi organoidga yaqin turadi?--sitoplazma. 
92. Yashil rangli plastida?---xloroplast. 
93. Yosh hujayralar qachon bo`linishni boshlaydi? ---ona hujayra o`lchamiga yetgach 
94. Zarg`aldoq, qizg`ish rangli plastida?--xromoplast. 
95. Hujayra qaysi organoidi turli shaklda bo`ladi?—vakuol 
96. Vakuol tarkibida suvdan tashqari yana nimalar bo`ladi?—oqsil, moy, shakar. 
97. Mikroskopda qanday vintlar bo`ladi?—2 xil mikro va makro. 
98. Mikroskopni tozalashda dastlab qaysi qismi artiladi?—obektivi. 
99. Nima uchun shtativli lupa qo`l lupasiga nisbatan kattaroq ko`rsatadi?—chunki unung tagiga kattalashtiruvchi 
ikkita linza bo`ladi. 
100. Zamburug`lar, bakteriyalar, shilimshiqlar hamda ko`k-yashil suvo`tlarda …bo`lmaydi?—plastidalar. 
101. Mag`izning ikkinchi nomi?—yadro. 
102. O`simlik hujayralari qaysi xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi?—qaysi organga tegishliligiga qarab. 
103. Hujayraning qaysi organoidining uch ko`rinishi mavjud?--plastidalarni 
104. Hujayralarning bir-biridan farqi nimaga bog`liq?—o`simliklarning turiga va yashash sharoitiga bog`liq. 
105. Nima uchun piyoz po`stidan preparat tayyorlash oson?—yupqa va shaffof bo`lganligi uchun. 
106. Piyoz hujayrasiga xos xususiyatlar?—1.hujayrasi cho`ziq 2.zich joylashgan 3.plastidalari rangsiz.
107. Yirik hujayraga misol?—chigit hujayrasi. 
108. Elodiya o`simligi qayerda ko`proq o`sadi?—akvarium devorlarida. 
109. Sellofan xaltachadagi xamirnni stakandagi yodli suvga tushuruvchi laboratoriyadan maqsad nimani 
tushuntirish?—hujayra qo`big`idagi teshikchalar (porachalar) borligini. 
110. Vaqt o`tishi bilan qari hujayralarda nima butunlay yo`qola boshlaydi?—sitoplazma va mag`iz. 
111. Hujayra bo`linishida qanday biologik o`zgarishlar sodir bo`ladi?—1.mag`iz yiriklashadi 2.oldingi shaklini 
yo`qotadi 3.oldingi qobig`ini yo`qotadi. 
112. Hujayra qobig`idagi yarim o`tkazuvchanlik deganda nimani tushunasiz?—tanlab o`tkazish. 
113. Hujayralar o`sishini mikroskopda kuzatish mumkinmi?—kuzatish mumkin (qiyinroq). 
114. 3-4 sm raqamlariga misol?—chigit hujayrasi va mikroskop stol chekkasidan narida turishi. 
115. Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri bu-?--ularning xujayradan 
tuzilganligidir. 
116. Bir hujayrali o`simliklarga qaysilar kiradi?--xlorella, xlamidomanada. 
117. Ko`p hujayrali o`simliklarga qaysilar kiradi?--barcha yuksak o`simliklar. 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
17 
118. Mikroskop so`zining ma`nosi?--yunoncha “mikros”-kichik, “skoneo”-ko`raman degan ma`noni anglatadi. 
119. Mikroskop preparatni necha marta kattalashtirib ko`rsatadi?--ming marta va undan ko`p. 
120. Zamonaviy mikroskoplar buyumni necha marta kattalashtib ko`rsatadi?--yuz ming marta. 
121. Mikroskopning okulyari 38, obektivi 41 bo`lsa tarvuz hujayrasi necha marta kattalashtirilmoqda?—1558 
marta. 
122. O`simlikning qaysi qismida g`amlash xususiyatiga ega hujayralar bo`ladi?—urug, ildiz va boshqa organlarida. 
123. Bilamizki hujayralar shakli, hajmi va joylashishiga qarab biri-biridan farq qiladi, hujayralardagi bu farq nimaga 
bog`liq?—o`simlik turiga va yashash turiga. 
124. Hujayralarning xilma-xilligini ko`rish uchun nimalar qilish kerak?—uning turli organlaridan preparat tayyorlash 
kerak. 
125. Piyoz hujayradidan preparat tayyorlash uchun birinchi nima ish qilinadi?—uning qurigan po`stidan tozalanadi. 
126. Mikroskopda ko`riladigan chigit tuki yoki piyozning shaffof hujayralarini buyum stolchasida nima bilan 
to`g`riladi?—nina bilan. 
127. Hujayradagi qaysi jarayon hammani qiziqtiradi?—hujayra ichidagi tirik qismning harakati. 
128. Odamlar tomonidan o`stiraladigan o`simlik?—elodiya. 
129. Hujayraning oziqlanishi va nafas olishi qanday jarayonda amalga oshadi?—quyosh nuri ta`sirida suv va unda 
erigan turli moddalar hamda kislorod bo`lgan holdagina. 
130. Hujayralardagi qaysi jarayonlarni kuzatish ancha murakkab xisoblanadi?—hujayraning bo`linishi. 
131. Hujayra mag`izi qachon o`z shaklini o`zgartiradi?—bo`linishdan oldin. 
132. Qaysi o`simliklar hujayralarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin? (4ta)—1.limon 2.mandarin
3.pomidor 4.tarvuz. 
133. Xloroplastlarda qanday pigmentlar bo`ladi?—xlorofill pigmentiga ega plastidalar. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling