Ma’rupov akmaljon
-§. SUVO`TLAR BO`LIMI. BIR HUJAYRALI YASHIL SUVO`TLAR
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
BOTANIKA QOLLANMA
39-§. SUVO`TLAR BO`LIMI. BIR HUJAYRALI YASHIL SUVO`TLAR
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 44 1. Ba`zi suvo`tlarning 1 kg kukunidan qancha yod olish mumkin? -- 5 g dan 20 g gacha. 2. Birinchi bo`lib kosmikka chiqqan suvo`ti bu? -- xlorella. 3. Bitta avlodi bir oy ichida bir necha millionga yetadigan o`simlik? -- xlorella. 4. Bo`yi 60-70 m ga etadigan suvo`tlar bu? -- dengiz suvo`tlari. 5. Bo`yi bir metrga yetadigan suvo`ti bu? -- kladafora. 6. Dengiz suvo`tlari chuchuk suv o`tlaridan nimasi bilan farq qiladi? -- xromatoforida xlorofilidan tashqari karotin (sariq), ksantofil (zarg`aldoq), qo`ng`ir va qizil pigmentlarning bo`lishi bilan. 7. Hovuzlarda, zovurlarda va sekin oqadigan suvlarda ko`p uchraydigan o`simlik bu? -- spirogira. 8. Ildiz, poya, bargga ega bo`lmagan organizmlar bu? -- suvo`tlar. 9. Iplari shohlanmagan va hujayrasi silindrsimon bo`lgan o`simlik bu? -- spirogira. 10. Ko`p hujayrali suvo`tlarga 4-ta misol? -- ulotriks, spirogira, kladofora, xara. 11. Kuz kelganda xlorellada qanday jarayon amalgam oshadi? -- zich qobiqqa o`ralib sporaga aylanadi. 12. Labaratoriyada bakteriyalarni o`stirish uchun qaysi moddadan foylalaniladi? -- agar-agar. 13. Laminariya tanasining paski qismi qanday tuzilgan? -- silindrsimon yoki novsimon. 14. Laminariya tanasining yuqori qismi qanday tuzilgan? -- lentasimon. 15. Laminariya turkumiga qancha tur kiradi? -- 30 ta. 16. Laminariyaning bo`yi necha metrga etadi? -- 2-6-12 metrga. 17. Laminariyaning eni qanchga teng? -- 10-75 sm ga. 18. Nemalion va ulva kabi dengiz suvo`tlari qaysi mamlakatlarda oziq-ovqat maxsuloti hisoblanadi? -- Quriya, Xitoy, Yaponiya. 20. Noqulay sharoitda ulotriks nima hosil qiladi? -- spora. 21. O`zbekistonda suvo`tlarini o`rgangan akademik bu? -- A.M.Muzaffarov. 22. Oddiy xlorella qaysi oilaga kiradi? -- xlorelladoshlar oilasiga. 23. Qaysi davlatlarda chorva hayvonlari suvo`tlar bilan boqiladi? -- Norvegiya, Islandiya, Shotlandiya, Irlandiya, Angliya. 25. Qizil suvo`tlardan qaysi modda olinadi? -- agar-agar. 26.Sanoatda dengiz suvo`tlaridan qaysi moddalar olinadi? -- yod va brom. 27.Sanoatda marmelad va muzqaymoq tayyorlashda qaysi modda ishlatiladi? -- Agar-agar. 28. Shohlamaydigan ko`p hujayrali suvo`ti bu? -- ulotriks. 29. Sholipoyalarda o`sadigan, bo`yi 30-60 sm bo`lgan suvo`ti bu? - xara 30. Spirogiraning nechta turi bor? -- 340 ta. 31. Spirogiraning tarkibiy qisimlarini ko`rsating? -- xromatofor, mag`iz, qobiq, sitoplazma. 32. Suvo`tlar suvdan tashqari qayerlarda uchraydi? -- zax tuproqda, daraxtlar po`stlog`iga, to`nkalarda, toshlar ustida. 33. Suvo`tlarni o`rganuvchi fan? -- algalogiya. 34. Suvo`tlarni qancha turi bor? -- 30 000 ta. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 45 35. Ko`p hujayrali suvo`tlarni tanasi nima deb ataladi? -- qattana yoki tallom. 36. Ulotriks asosan qaerlarda yashaydi? -- chuchuk suvlarda. 37. Ulotriks ipchasi qanday tuzilgan? -- zanjirsimon tuzilgan bir hil hujayralardan iborat. 38. Ulotriks ipi qanday hosil bo`ladi? -- hujayralarining ko`ndalang bo`linishi natijasida. 39. Ulotriks jinssiz ko`payganda nechta bo`lakka bolinadi? -- 16-32 ta hujayraga. 40. Ulotriks qanday yo`llar bilan ko`payadi? -- jinsiy va jinssiz. 41. Ulotriks suv ostida nimasi bilan birik tyradi? -- rizoidi bilan. 42. Ulotriksni suv ostidagi narsalarga birikkan hujayrasi nima deb ataladi? -- rizoid. 43. Ulotriksning jinsiy ko`payishida teng kattalikdagi? -- ikki xivchinli gametalar hosil bo`ladi. 44. Ulotriksning nechta turi bor? -- 25-ta 45. Ulotriksning yosh hujayralari nima deb ataladi? -- zoosporalar. 46. Ulotriksning yosh hujayralarida nechta xivchin bor? -- 4-ta. 47. Xlamidomonada qayerlarda ko`p uchraydi? -- iflos va azotli birikmalarga boy suvlarda. 48. Xlamidomonada qaysi oilaga mansub? -- xlamidomonadadoshlar oilasiga. 49. Xlamidomonadaning nechta xivchini bor? -- 2-ta. 50. Xlamidomonadaning tarkibiy qismlarini sanang? -- xivchin, vakuol, qobiq, mag`iz, xromatofor. 51. Xlorella asosan qanday ko`payadi? -- jinssiz. 52. Xlorella hujayrasining usti? -- yupqa va mustahkam qobiq bilan o`ralgan. 53. Xlorella jinssiz ko`payganda hujayra ichidagi tiriklik necha qisimga bo`linadi? -- 4 - 8 bo`lakka. 54. Xlorella suv, CO 2 va mineral tuzlarni qanday qabul qiladi? -- po`sti orqali. 55. Xlorellani tarkibiy qismlarini yozing? -- hujayra qobig`i, sitoplazma, mag`iz, xromatofor. 56. Xlorellaning nechta turi bor? -- 40 dan ortiq. 57. Xlorellaning O`rta Osiyoda nechta turi bor? -- 5-ta. 58. Yapon laminariyasi qanday yo`llar bilan ko`payadi? -- jinsiy va jinssiz. 59. Yapon laminariyasi qayerda kecha tarqalgan? -- Yapon dengizing shimoliy qismida. 60. Yapon laminariyasi qaysi turkumga kiradi? -- laminariya turkumiga. 61.Yapon laminariyasi mahalliy xalqlarda qanday yuritiladi? -- “Dengiz karami”. 62.Yapon laminariyasini dengizning necha metr chuqurligigacha uchratish mumkin? -- 25-35 metrgacha. 63. Izogametalar qaysi o`simlikda bo`ladi? -- ulotriks. 64. Qo`ng`ir suv o`ti qaysi? -- yapon laminariyasi. 65. Qizil suvo`ti qaysi? -- porfira, fillofora. 66. Ulva qanday suv o`ti? -- yashil. 67. Yapon laminaryasi jinnsiz usulda nimalar orqali ko`payadi? -- zoosporalar. 68. Agar-agar moddasi qaysi o`simlikdan olinadi? -- “Fillofora” qizil suv o`tidan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling