Gul formulasi
Og
3 + 3
Ch
3 + 3
U
3
Yer yuzida
tarqalishi va tur
soni
Yer yuzida keng tarqalgan faqat Avstraliyada bo`lmaydi.
750 tur.
Hayotiy shakllari
Piyozboshli ko`p yillik o`tlar.
Ildizi sistemasi
Popuk ildiz sistemasiga ega .
Poyasi tuzilishi
O`t poya.
Bargi tuzilishi
Barglari shishgan yoki yassi nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami,
tasmasimon, ellipssimon, yaprog`i butun yoki qirqilgan, bandsiz, pastki qismi
novsimon.
Gul va to`pgullar
To`pguli yoshligida qobiq bilan o`ralgan. To`pguli (soyabonsimon), asosan
sharsimon va yarimsharsimon, ko`p gulli. Gullari ikki jinsli. Gulqo`rg`oni oddiy,
to`g`ri gultojsimon. Gultojbarglari 6 ta, qo`shilmagan, ikki doirada joylashgan.
Changchisi 6 ta, urug`chisi 1 ta.
Mevasi turi
Mayda quruq.
Vakillari nomi
(11)
Bosh piyoz (osh piyoz), Iste`mol qilinadiga turlari – 1.Piskom piyozi,
2. Oshanin, 3. mador piyoz (matur), 4. qum piyoz, 5. anzur piyoz, barglari va
to`pgullari nihoyatda chiroyli - 1. Gul piyoz, 2. cho`chqaquloq piyoz,
3. suvorov piyoz, 4. nor piyoz, 5. qo`shbarg.
Oila uchun
berilgan
o`simlik xaqida
ma`lumot
Bosh piyoz
-
Bosh piyoz piyozboshli ko`p yillik o`t. Piyozboshi asosan
tuxumsimon va yumaloq shakllarda bo`ladi. Qobig`i qattiq, butun, qo`ng`ir,
oqish va qizg`ish rangli. Poyasi 100 sm gacha yetadi, qalin, yarmidan pastki
qismi shishgan. Barglari ham shishgan. To`pguli (soyaboni) sharsimon, zich,
ko`p gulli. Gulbandi gulqo`rg`onidan bir necha marta uzun. Gulqo`rg`oni
yulduzsimon oqish-yashil rangli. Changchisi 3 ta. Bosh piyoz may-iyunda gullab,
mevasi iyulda pishadi. Bosh piyoz fitonsidlarga juda boy. Shuning uchun undan
dorivor o`simlik sifatida turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Foydali,
ayniqsa dorivorlik xususiyatlariga ko`ra sarimsoq piyoz bosh piyoz bilan yonma-
yon turadi.
Piyozlardan 10 tasi O`zbekiston “Qizil Kitob”iga kiritilgan.
Tayyorlovchi : Ma`rupov Akmaljon Akbarovich.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
64
Do'stlaringiz bilan baham: |