Ildizi sistemasi
O`q ildiz sistemasiga ega.
Poyasi tuzilishi
Jingalaklari yordamida ilashib o`suvchi jingalaklar novdaning o`zgarishidan hosil
bo`lgan.
Bargi tuzilishi
Barglari 3-5 bo`lakli ,panjasimon bo`lingan ,uzun bandli, yonbargchali
Gul va to`pgullar
Gullari mayda,to`g`ri ,ikki jinsli yoki bir jinsli, rangsiz, ro`vaksimon to`pgulda
yig`ilgan. Gulqorg`oni murakka , gulkosachasi yaxshi taraqqiy etmagan.
Gultojibarglari 5 ta, erkin yoki uchi bilan bir-biriga qo`shilgan. Changchilari 5 ta.
Urug`chisi asosan 2 ta.
Mevasi turi
Rezavor.
Vakillari nomi
(3)
(navlar 14ta)
Tok, beshyaproqli partenosissus, terakbargli liftok,
Tok navlari- kishmish, kattaqo`rg`on, qorago`zal, daroyi, buvaki, hiloliy,qirmizi
husayni, sohibi, rizamat, toyipi, charos, soyaki,chillaki.
Oila uchun
berilgan
o`simlik xaqida
ma`lumot
Tok -
bo`yi 2-4 (6-10) m gacha yetadi.Vegetativ yo`l bilan ko`payadi. Barglari uzun
bandli panjasimon. U may-iyun oylarida gullaydi. Gullari mayda ikki jinsli , odatda
shingil (bosh deb ataladigan murakkab to`pgulda joylashgan. Madaniy tok gulining
tuzilishi oila uchun xos bo`lgan gul tuzilashiga o`xshaydi , lekin bunda 5 ta gultojibarg
bir-biriga qo`shilgan bo`lib , urug`chi va chanchilarini ustidan qopqoqqa o`xshab qoplab
turadi. Gul ochilish paytda to`kilib ketadi. Ertapishar (chillaki) tok navlari iyuldan
kechkilari esa oktyabrda pishadi.
Akademik Rizamat ota Musamuhamedov uzumchilikka katta hissa qo`shgan. Bu sohada
ko`plab tok navlarini qayta tikladi va ommalashtirgan.
Beshyaproqli partenotsissus -
Yovvoyi uzum nomini olgan. Poyasi ingichka , uzun
jingalaklari bilan ilashib tikkasiga 10-15 (20) m gachaga ko`tarila oladigan barglari
panjasimon murakkab o`simlik. Gulining va mevasining tuzilishi toknikiga o`xshaydi
Vatani Shimoliy Amerika.
Do'stlaringiz bilan baham: |