Ma’rupov akmaljon
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
BOTANIKA QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meksika yoki oddiy g`o`za
- Misr g`o`zasi yoki Barbadoss
Mevasi turi
3-5 uyli ko`sak yoki bir urug`li ko`p mevachalarga bo`lingan yig`ma meva. Vakillari nomi (5) 1. Yerbag`ir tugmachagul ,2. dorivor gulxayri, 3. g`o`za, 4. bo`ritaroq, 5.kanop. Oila uchun berilgan o`simlik xaqida ma`lumot Yerbag`ir tugmachagul - bo`yi 10-40 sm keladigan bir yillik begona o`t. Uni barcha sug`oriladigan suv havzalarida uchratish mumkin. Poyasi sershox, yer bag`irlab yoki yonboshlab o`sadi . Barglari uzun bandli, yaprog`i deyarli yumaloq. cheti 5-7 ga bo`lingan. Gullar barg qo`ltig`ida joylashgan. Urug`chisi ko`p (12-16) U apreldan sentyabrgacha gullaydi. Uning quritilgan bargi,guli,urug`i tabobatda ishlatiladi. O`zbekistonda 6ta turi bor. Dorivor gulxayri - daryo va ko`llar sohilidagi to`qaylarda uchraydi. Bo`yi 70-150 sm keladigan ko`p yillik o`t. Ildizidan tayyorlangan damlama yo`talga qarshi ishlatiladi. G`o`za-O`zbekistonda 3ta turi o`sadi . Hammasi madaniy bir yillikdir. Jaydari g`o`za- ko`saklari mayda. Tolasi mallarang , qisqa va dag`al, vatani Afrika, O`rta Osiyoda eramizdan oldingi davrlardan boshlab to 1925-yilgacha ekilgan. Hozir faqat tajriba maydonlarida uchratish mumkin. Meksika yoki oddiy g`o`za - ostki gulkosachabarglari 3 ta. Gullari yirik, gultojibarglari och sariq, tubi qizil dog`siz. Ko`saklari yirik , 4-5 chanoqli, yaxshi ochiladi , tolasi mayin, uzun , oq, ba`zan qo`g`ir rangda. Vatani Markaziy Amerika.1925-yildan beri O`zb-nda ekiladi. Hozir shu turdan ko`plab navlar keltirilib chiqarilmoqda. Misr g`o`zasi yoki Barbadoss - ostki gulkosachabarglari 3 ta. Gullari yirik, gultojibarglari sap-sariq limon rangda, tubi qizil dog`i bor . Ko`saklari yirik, 3-4 chanoqli, yaxshi ochiladi .Tolasi uzun, ipakka o`xshash mayin, och sariq. Vatani Janubiy Amerika (Peru,kolumbiya,Braziliya). O`zbekistonda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ekiladi. Hamma «ingichka tolali g`o`za navlari» va «Misr g`o`zasi» shu turga taalluqlidir. Selektsioner olimlarimiz tomonidan g`o`zaning serhosil, tezpishar, tolasi uzun va pishiq, qurg`oqchilikka, tuzga hamda kasallikka chidamli ajoyib navlari yetishtirilgan. Gulxayridoshlarga mansub tolali o`simliklardan yana biri bo`ritaroq turkumiga mansub kanopdir. O`zbekistonda kanopdan tashqari bo`ritaroq turkumiga oid yana 5 ta tur kiradi. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 57 Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling