Ma’rupov akmaljon


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/44
Sana10.09.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1675156
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
BOTANIKA QOLLANMA

Mevasi turi 
3-5 uyli ko`sak yoki bir urug`li ko`p mevachalarga bo`lingan yig`ma meva.
 
Vakillari nomi 
(5)
 
1. Yerbag`ir tugmachagul ,2. dorivor gulxayri, 3. g`o`za, 4. bo`ritaroq, 5.kanop. 
 
 
 
 
Oila uchun 
berilgan o`simlik 
xaqida ma`lumot 
Yerbag`ir tugmachagul - bo`yi 10-40 sm keladigan bir yillik begona o`t. Uni barcha 
sug`oriladigan suv havzalarida uchratish mumkin. Poyasi sershox, yer bag`irlab yoki 
yonboshlab o`sadi . Barglari uzun bandli, yaprog`i deyarli yumaloq. cheti 5-7 ga bo`lingan. 
Gullar barg qo`ltig`ida joylashgan. Urug`chisi ko`p (12-16) U apreldan sentyabrgacha gullaydi.
Uning quritilgan bargi,guli,urug`i tabobatda ishlatiladi. O`zbekistonda 6ta turi bor. 
Dorivor gulxayri - daryo va ko`llar sohilidagi to`qaylarda uchraydi. Bo`yi 70-150 sm 
keladigan ko`p yillik o`t. Ildizidan tayyorlangan damlama yo`talga qarshi ishlatiladi.
G`o`za-O`zbekistonda 3ta turi o`sadi . Hammasi madaniy bir yillikdir. 
Jaydari g`o`za- ko`saklari mayda. Tolasi mallarang , qisqa va dag`al, vatani Afrika, O`rta 
Osiyoda eramizdan oldingi davrlardan boshlab to 1925-yilgacha ekilgan. Hozir faqat tajriba 
maydonlarida uchratish mumkin. 
Meksika yoki oddiy g`o`za - ostki gulkosachabarglari 3 ta. Gullari yirik, gultojibarglari och 
sariq, tubi qizil dog`siz. Ko`saklari yirik , 4-5 chanoqli, yaxshi ochiladi , tolasi mayin, uzun , 
oq, ba`zan qo`g`ir rangda. Vatani Markaziy Amerika.1925-yildan beri O`zb-nda ekiladi. Hozir 
shu turdan ko`plab navlar keltirilib chiqarilmoqda. 
Misr g`o`zasi yoki Barbadoss - ostki gulkosachabarglari 3 ta. Gullari yirik, gultojibarglari 
sap-sariq limon rangda, tubi qizil dog`i bor . Ko`saklari yirik, 3-4 chanoqli, yaxshi ochiladi 
.Tolasi uzun, ipakka o`xshash mayin, och sariq. Vatani Janubiy Amerika 
(Peru,kolumbiya,Braziliya). 
O`zbekistonda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ekiladi. Hamma 
«ingichka tolali g`o`za navlari» va «Misr g`o`zasi» shu turga taalluqlidir. Selektsioner 
olimlarimiz tomonidan g`o`zaning serhosil, tezpishar, tolasi uzun va pishiq, qurg`oqchilikka, 
tuzga hamda kasallikka chidamli ajoyib navlari yetishtirilgan. Gulxayridoshlarga mansub tolali 
o`simliklardan yana biri bo`ritaroq turkumiga mansub kanopdir
O`zbekistonda kanopdan tashqari bo`ritaroq turkumiga oid yana 5 ta tur kiradi. 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali 
57 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling