Ma’ruza -5 Mavzu: harakat tarkibidagi havotaqsimlagichlar va ularning turlari
Tormozlash rejimlarini avtomat boshqargichlar
Download 143.25 Kb.
|
Maruza-5
6.8. Tormozlash rejimlarini avtomat boshqargichlar
Tormozlash rejimlarining avtomat boshqargichlar (avtorejimlar) vagonning yuklanishiga bog’liq ravishda uning tormoz silindrida siqilgan havo bosimini uzluksiz boshqarish uchun mo`ljallangan. Avtorejimlarni, ular qo`llanilayotgan ko`chma tarkibning turiga qarab uch modifikatsiyada chiqarishadi. Yuk vagonlarida Shartli №265A – 000 (265 – 002) avtorejim qo`llaniladi. Yuk vagonlarini avtorejimlar bilan jihozlaganda havo taqsimlagichning ikki kamerali rezervuarida rejimli o`tkazgichni chuyanli kolodkalarda yuk rejim va kompozitsiya kolodkalarida o`rta rejim holatiga o`rnatishadi va mahkamlashadi, rejim o`tkazgichning dastagini esa qo`yishmaydi. Shartli № 265 – 002 avtorejim 3 (6.13 - rasm) vagon ramasi o`rta to`singa, pyatnik yoniga o`rnatiladi (to`sinning yon devorlari o`rtasida yoki uning tashqi tomonida). Avtorejim 3/4 dyum diametrli truba 1 yordamida havo taqsimlagich bilan ulanadi, shunday diametrli truba 2 bilan – tormoz silindri bilan. Avtorejimning ko`chma qismi – vilka – aravachada mahkamlangan to`singa 4 tayanadi. Vagon yuklanmagan holatda avtorejim korpusining pastki qismi va to`sin 6.13 - rasm. 4 o`rtasidagi masofa eng katta. Vagonning yuklanishi bilan bu masofa aravachalar ressoraning egilishi oqibatida kamayadi va vagon to`liq yuklanganida eng kichik holatda bo`ladi. Avtorejimning ishlash printsipi vagon vaznida ressoralarning shunday egilishiga asoslangan. Tuzilishi (6.14 - rasm). Avtorejim uch asosiy qismda tashkil topgan: dempfer qismi I, pnevmatik rele II va kronshteyn III. Dempfer qismi ikki – yuqori va pastki silindrik bo`shliqqa ega korpusda to`plangan. Yuqori bo`shliqda bo`sh shtokli 4 dempfer porshen 3 joylashgan. Porshen zichlashtiruvchi rezina manjeta 2 va moylovchi fetr halqasi 1 bilan ta’minlangan (birinchi chiqarilgan moslamalarda halqasiz ikki manjeta). Porshen diskiga drossel teshikli nippel 9 presslangan. Porshen ustidagi bo`shliq qopqoq 7 bilan yopilgan, porshen ostidagi bo`shliq manjeta 8 bilan zichlashtirilgan. Shtok ichiga, uning noto`g’ri ishlashiga to`sqinlik qiluvchi sterjenli 5 prujina 6 qo`yilgan. 6.14 - rasm. Korpus pastki silindrik qismiga vilka 28 va sirg’algich 25 joylashtirilgan. Vilka kesimli stakan ko`rinishiga ega, unga sirg’algich kiradi. Vilka sterjeniga kontrgayka 34 va shplint 33 bilan mahkamlangan gayka 32 buralgan. Gaykaga vagon aravachasining ramasi bilan bog’liq to`sinda tayanch plitasi bilan tutashuvchi tayanch 31 jo`valangan. Vilka ichiga ikkita prujina 29, yo`naltiruvchi sterjen 30, stakan 26 va qotiruvchi halqa 27 joylashtirilgan. Yo`naltirgichning dumi 35 shtokning 4 o`qli teshigiga kiradi. Sirg’algich – ning paziga vint 23 bilan mahkamlangan suxar 24 qo`yilgan. Korpusning dempfer qismiga suxarning 24 bo`rtig’iga tayanuvchi richag 10 joylashtirilgan. Pnevmatik rele korpusida ikkita bo`shliq mavjud. Pastki bo`shliqda zichlashtiruvchi rezina manjeta bilan porshen 22 va porshenni tormoz bo`shatilgan holatda chetki holatda ushlaydigan prujina 21 joylashgan. Porshenning dumi richagning 10 uch qismiga tayanadi. Relening yuqori bo`shlig’ida manjeta va egarga 14 ega porshen 13 joylashgan. Porshenning chap tomonida tormoz bo`shatilgan holatda, uni gilza torsiga 17 tayanadigan chetki o`ng holatda ushlaydigan prujina 11 joylashgan. Gilzaga prujina 18 bilan siqilgan ikki egarli klapan 16 uchun bir vaqtning o`zida yo`naltirgich va egar sifatida xizmat qiluvchi vtulka 15 presslangan. Pnevmatik relening ikkala porsheni ham prujina halqalar bilan mahkamlangan qopqoqlar 20 bilan yopiq. Kranshteyn korpusi 19 vagon ramasiga uchta bolt bilan mahkamlanadi. Avtorejim gaykani 32 tayanch 31 bilan plitaga etguncha buralishi bilan bo`sh vagonda nazorat qiladi. Avtorejim tayanchi va tayanch plita o`rtasidagi oraliq 3 mm dan ortiq bo`lmasligi kerak, bunda vilkaning 28 tashqi qismida halqali vitochka korpusdan to`liq chiqishi kerak. Avtorejim sozlanganidan so`ng tayanch 31 va gaykani 32 kontrgayka 34 va shplint 33 bilan mahkamlashadi. Avtorejimning ishlashi. Tormozlash (6.15 – rasm, animatsiya). Tormoz bo`shatilgan holatda prujinaning 13 ta’siri ostida porshen 14 chetki chap holatni egallaydi, porshen 11 esa prujinaning 10 ta’siri ostida – chetki o`ng holatni. Bunda ta’minlovchi klapan 12 tormoz silindrini havo taqsimlagich bilan ulaydi. Tormozlash jarayonida havo ochiq ta’minot klapani orqali havo taqsimlagichdan 11 va 14 porshenlarning o`ng tomonidan bo`shliqqa va keyin tormoz silindriga o`tadi. Tormoz silindrining siqilgan havo bilan to`ldirilishi 11 porshenda bosim kuchi, 9 richag orqali ta’sir qilgan holda, 14 porshenga bosim kuchini tenglashtirmaguncha sodir bo`ladi. Shundan so`ng richag buriladi, 12 klapanning ta’minot teshigi yopiladi va tormoz silindrning havo taqsimlagich bilan aloqasi uziladi.Tormoz silindrida o`rnatilgan bosim kattaligi suxar 6 holati bilan, ya’ni 9 richag elkalarining nisbati o`zgarishi bilan aniqlanadi. Richagda suxarning holati ressor osmaning statik egilishiga bog’ilq. 6.15 – rasm. Animatsiya Vagon harakatlangan vaqtda vagon kuzovi va aravachalarining tebranishi hosil bo`ladi. Bu tebranishlarning avtorejim ishiga ta’siri 3 va 7 prujinalar va dempfer porsheni bilan bartaraf etiladi. Kuzov va aravachaning kuchli tebranishlarida hosil bo`ladigan kuchlar plita 1 orqali vilka 4 tayanchiga 2 ta’sir qiladi, porshenni ko`tarishga intiluvchi prujinani 3 siqadi. Lekin porshenning ko`chishiga qisqa vaqt ichida porshen diskidagi drossel teshigi orqali yuqori bo`shliqdan pastkisiga o`tishga ulgurmaydigan havo to`sqinlik qiladi. Porshenning eng sezilmas ko`chishida bir tomondan havo siqishi va ikkinchi tomondan siyraklanish hisobiga prujinaning 3 kuchiga teng qarshilik hosil bo`ladi. Agar qisman yoki to`liq yuklangan vagonda, plita 1 tayanch 2 bilan tutashmaydigan silkinishi sodir bo`lsa, unda quyidagilar sodir bo`ladi. Prujina 3 porshenni 8 bosmaydi va u faqat 7 prujinaning kuchi ostida qoladi. Biroq bu prujinaning ta’siri davomida porshen endi silindrning pastki bo`shlig’ida havo siqilishi va yuqori bo`shlig’ida siyraklanishi tufayli sezilmas tushadi. Shunday qilib, porshenning 8 qarshili tufayli vagonning tebranishlari porshenning holatiga kam ta’sir qiladi. Tormozlash vaqtida 11 va 14 porshenlar 9 richag orqali korpus devoriga porshenli 8 vilkani siqadi, buning natijasida bu porshenning tebranish harakati to`xtaydi. 6.16 - rasm. Animatsiya Vagon yuklanish yoki bo`shatilish jarayonida havo dempfer qismi 5 silindrining bir tomonidan boshqasiga o`tishga ulguradi va porshen 8 aravachalar ressoralarining statik egilishiga mos keluvchi holatni egallaydi. Bo`shatish (6.16 – rasm, animatsiya). Tormoz bo`shatilganida porshenning 14 o`ng tomonidagi ob’shliqda havo bosimi havo taqsimlagich bilan tushiriladi va 11 va 14 porshenlarning muvozanati buziladi. Tormoz silindri tomonidan havoning ortiqcha bosimi ostida porshen 11 chapga ko`chadi va atmosfera kanalini ochadi, u orqali havo silindrdan chiqadi. Elektropoezdlarning (ER22) tirkamali vagonlari va dizel – poezdlarda tuzilishi bo`yicha shartli №265V – 000 avtorejimda qo`llaniladigan bosim relesidan tashqari, Shartli №265 – 002 avtorejimiga o`xshash, Shartli №265B – 000 (265 – 004) dan foydalaniladi. ER22 elektropoezdlarning motor vagonlarida Shartli №265V – 000 (265 – 003) avtorejim qo`llaniladi. Avtorejim dempferining korpusiga kontakt qism joylashtirilgan, unga vagonning yuklanishiga bog’liq ravishda dvigatelni ishga tushirish toklarini va tormozlash toklarini boshqarish uchun boshqaruv zanjirining tarmoqari ulangan. Bu avtorejimlarning relesida 17 klapanning tuzilishi o`zgartirilgan (6.14 -rasmga qarang), porshen 22 dumi manjeta bilan zichlangan, porshenning chap tomonidagi bo`shliq esa atmosfera bilan emas, tormoz silindrining kanali bilan ulangan. 1981 – yildan yuk vagonlari uchun Shartli №265A – 000 avtorejimidan suxar va richag o`rtasidagi emirilishni kamaytirish uchun bo`shatilgan holatda ular o`rtasidagi oraliq va bir tomonlama ta’sir qiluvchi klapan 17 (havoni atmosferaga chiqarmasdan) bo`lishi bilan farq qiluvchi Shartli №265A – 001 avtorejim chiqariladi. Qayta chiqarilayotgan yuk vagonlarida avtorejimlar xizmat ko`rsatish oson bo`lishi uchun ort to`sin yonida joylashgan. Tayanch plita har bir boltga ikki gayka va shplint o`rnatilgan holda, boltlar bilan mahkamlangan. O`rta qism aravachasida tayanch to`sin o`zining tayanch yuzalariga nisbatan 67 mm pastga tushirilgan. 1981 – yildan DR1A dizel – poezdlari uchun bo`sh vagon silindrida 2,8 – 3,0 kgs/sm2 va to`liq yuklangan vagon silindrida 4,1 – 4,4 kgs/sm2 (magistralda zaryad bosimida 5,5 – 5,6 kgs/sm2) bosim o`rnatadigan vaqtinchalik kontakt bilan Shartli №605 avtorejimlari chikariladi. Shartli №605 avtorejim Shartli №265V – 000 va 265B – 000 avtorejimlarga o`xshash relega ega, va ulardan havo eshiklar ochilishi pnevmosilindridan o`tadigan dempfer qismi bilan farq qiladi. Bunda dempfer qismi ko`chma shtokining yuklanish rejimi ushlanadi, ular yopilganida – shtok olinadi, richagning ko`chma tayanchi esa yuklanish bilan belgilangan holatda bloklanadi. Buning evaziga poezd harakatlanish jarayonida avtorejimning vagonning bevosita qismi bilan kontakti yo`q, bu mexanik emirilishni bartaraf qiladi va avtorejimning ishonchliligini oshiradi. Shartli №605 va 265V – 000 avtorejimlarning gabaritlari va massasi deyarli bir xil. Pnevmatik ressor osma bilan jihozlangan yo`lovchi vagonlarda pnevmoressoralardagi bosimga, ya’ni vagonning yuklanganligiga bog’liq ravishda tormoz silindrlarida siqilgan havo bosimini uzluksiz nazorat qiluvchi Shartli №402 – 000 avtorejimlar qo`llaniladi. Shartli №402 – 000 avtorejimida vilkali dempfer o`rniga prujinali porshen qo`llanilgan. Avtorejim quyidagi ijobiy xususiyatlarga ega: 1. yuk rejimlariga o`tkazish uchun zarur qo`l mehnatining o`rnini bosadi; 2. pog’onali o`rniga uzluksiz boshqaruv natijasida tormoz samaradorligini oshiradi; 3. rejimlarni qo`lda o`zgartirganda yuk reijmlarini noto`g’ri yoqilishi tufayli g’ildirak juftliklarining ishdan chiqish holatlarini bartaraf etadi. Download 143.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling