Ma’ruza -5 Mavzu: harakat tarkibidagi havotaqsimlagichlar va ularning turlari
Download 143.25 Kb.
|
Maruza-5
MA’RUZA -5Mavzu: HARAKAT TARKIBIDAGI HAVOTAQSIMLAGICHLAR VA ULARNING TURLARI6.1. Umumiy ma’lumotlarTormozlash moslamalariga havo taqsimlagichlar va bosim releasi kiradi. Havo taqsimlagichlar avtomatik pnevmatik tormozning asosiy qismi hisoblanadi va zahira rezervuari va maxsus kameralarning tormoz magistralidan zaryadlanishini ta’minlaydi; tormoz magistralida bosim pasayganida tormoz silindrlari zahira rezervuardan to`ldirilishi va tormoz magistralida bosim oshganida tormoz silindrlaridan atmosferga havo chiqarilishi. Vazifasiga ko`ra havo taqsimlagichlar, asosan tormoz silindrlarida siqilgan havoning bosimi o`zgarish jarayonlarining xarakteristikalari bilan farq qiladigan yuk va yo`lovchilarga, shuningdek sanoat va tor izli transportlar, katta nishabliklar uchun – maxsus vazifali havo taqsimlagichlarga bo`linadi. Havo taqsimlagich tormoz magistralida bosim 1 soniyada 0,06 dan 0,4 kgs/sm2 gacha pasayganida harakatga kelishi va 1 daqiqada 0,3 – 0,4 kgs/sm2 gacha pasayganida harakatga kelmasligi kerak. Yuk tipidagi havo taqsimlagichda magistralni qo`shimcha razryadkalash chuqurligi 0,5 – 0,6 kgs/sm2 va yo`lovchi tipda 0,25 – 0,3 kgs/sm2 ni tashkil etadi. Mos ravishda yuk poezdida tormozlashning minimal pog’onasi 0,6 kgs/sm2 va yo`lovchi poezdda 0,4 kgs/sm2. Havo taqsimlagichlar yopilganda tormozlashning turg’un pog’onasiga ega bo`lishi lozim. Bunga tuzilishdagi turli usullar bilan erishiladi (bo`luvchi klapan yoki zolotnik, friksiya yoki bufer uskunasi, 0,3 mm diametrli drossel yorig’i va boshqalar). Avtomat tormozning turi, ishlash printsipi bo`yicha noto`g’ri ta’sir qiluvchi (pog’onasiz bo`shatish bilan) va to`g’ri ta’sir qiluvchilarga bo`linadigan, qo`llaniladigan havo taqsimlagichlarning turi bilan aniqlanadi. To`g’ri ta’sir qiluvchi havo taqsimlagichlar bo`shatish rejimida farq qiladi va pog’onali yoki pog’onasiz yoki ikkala bo`shatish rejimiga ega bo`lishi mumkin. Bosim relesining vazifasi, havo taqsimlagichlarnikidek, lekin faqat u havo taqsimlagich bilan aniqlanadigan tormoz silindrlarida siqilgan havo jarayonlarini takrorlaydi yoki bir vaqtning o`zida bu bosimni kichik yoki katta tomonga o`zgartiradi. Ko`chma tarkibda havo taqsimlagichlarning quyidagi turlari qo`llaniladi: – yo`lovchi vagon va lokomotivlarda – noto`g’ri ta’sir qiluvchi; – xalqaro aloqa yo`lovchi vagonlarida – pog’onali bo`shatiladigan to`g’ri ta’sir qiluvchi; – ER200 tezkor poezdlarning vagonlarida – pog’onasiz bo`shatiladigan to`g’ri ta’sir qiluvchi; – yuk vagonlari va lokomotivlarida – bo`shatishning pog’onasiz (ravon) va pog’onali (tog’li) rejimlari bilan to`g’ri ta’sir qiluvchi. 1959 – yilgacha yo`lovchi ko`chma tarkibi Vestingauz tizimi Shartli №218 va 219 havo taqsimlagichlari (tez ta’sir qiluvchi uchtali klapan) bilan, 1959 – yildan esa – Shartli №292 – 001 Matrosova tizimi havo taqsimlagichlari bilan jihozlangan. 1958 – 1959 – yillarda tormoz silindri va havo taqsimlagich flanetslari o`rtasidagi uzun shpilkalarga mahkamlanadigan, qo`shimcha razryadka kamerasiga ega oraliq qismga ega 292 – 000 havo taqsimlagichlari kichik partiyada chiqarilgan. Hozirgi kunda Shartli №218, 219 va 292 – 000 deyarli barcha havo taqsimlagichlar Shartli №292 – 001 havo taqsimlagichlarga almashtirilgan. Magistral temir yo`llarning yuk ko`chma tarkibi asosan Shartli № 270 – 005 – 1, 483 – 000 va 483 – 001 havo taqsimlagichlari bilan jihozlangan. Hozirgi kunda shartli № 483 – 000 va 483 – 001 havo taqsimlagichlari chiqarilmoqda. Shartli №270 va 483 havo taqsimlagichlari tipaj qator asosida yaratilgan, ya’ni umumiy yoki farqli, lekin o`zaro almashadigan echma tugunlarga ega. Bu ulardan turli yuk ko`chma tarkiblarida va turli foydalanish sharoitlarida foydalanish imkonini beradi. Foydalanish jarayonida ular tuzilishda o`zgarishlarga uchragan, lekin barcha holatlar ulanish joyi bo`yicha o`zgarishlarsiz va Shartli № 295 – 001 ikki kamerali rezervuar hamda Shartli № 270 – 023 bosh qismda katta o`zgarishlarsiz amalga oshirilgan. Zolotnik – porshen tuzilishli Shartli № 270 – 053 magistral qismga ega Shartli № 270 – 002 havo taqsimlagichlar 1959 – yildan boshlab seriyali ishlab chiqarishga qabul qilingan. 1968 – yilda favqulodda tormozlashni tezlashtirgichsiz hamda tekislik va tog’ rejimlariga qo`lda o`tiladigan diafragma – klapanli tuzilishga ega Shartli № 270 – 1000 magistral qismning seriyali ishlab chiqarilishi boshlandi. Bu magistral qism va Shartli № 270 – 023 bosh qismga ega havo taqsimlagichlar Shartli № 270 – 005 – 1 belgilanishga ega. 1977 – yilda Shartli № 483 – 010 magistral qismlarning seriyali ishlab chiqarilishi boshlandi. Bu qismga ega havo taqsimlagich Shartli № 483 – 000 belgilanishga ega bo`ldi. 1981 – yildan Shartli № 466 bosh qismi alyumindan tayyorlanib chiqarilmoqda. Shartli № 466 – 110 bosh qism va Shartli № 483 – 010 magistral qismli havo taqsimlagichlar Shartli № 483 – 000 – 1 belgilanishga ega. Download 143.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling