Ma’ruza -5 Mavzu: harakat tarkibidagi havotaqsimlagichlar va ularning turlari


Tormoz silindrlari va zahira rezervuarlari


Download 143.25 Kb.
bet8/9
Sana02.06.2024
Hajmi143.25 Kb.
#1835830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maruza-5

6.9. Tormoz silindrlari va zahira rezervuarlari

Tormoz silindrlari ularga tormozlashda keladigan siqilgan havo kuchini, tormoz kolodkalarini g’ildiraklarga siqishda qo`llaniladigan tyaga va richaglar tizimiga o`tkazish uchun mo`ljallangan. Tormoz silindrlarida siqilgan havoning potensial energiyasi porshen shtokida mexanik kuchga o`zgarishi sodir bo`ladi.


Tuzilish alomatlari bo`yicha chuyan tormoz silindrlari uch guruhga bo`linadi:
I – porshen bilan halqa orqali mustahkam bog’liq shtokli;
II – porshen bilan halqa yordamida sharnir bog’liq bo`lgan, o`zi o`rnatiluvchi shtokli;
III – porshen bilan halqa yordamida mustahkam bog’langan shtokli va shartli №292 – 001 yo`lovchi havo taqsimlagichlarini mahkamlash uchun ort qopqoqda val oldi flanetsli.
B indeksli tormoz silindrlari halqa tipidagi manjetali porshen va raspor plastinali prujinaga ega fitrli surma halqaga ega. Qolgan silindrlarda porshen diskida boltli mahkamlanadigan bort tipli manjetalar qo`llanilgan (disk tormozli silindrlardan tashqari).
Tormoz silindrida bosimning 1 daqiqa davomida 0,5 kgs/sm2 bosimda ko`pi bilan 0,1 kgs/sm2 va 4,0 kgs/sm2 bosimda 3 daqiqa davomida tushishiga yo`l qo`yiladi (yangi va ta’mirdan keyingilar uchun). Tormoz silindrlarining raqamlari, ularning xarakteristikalari va qo`llanilish joylari 6.1 - jadvalda keltirilgan.
6.1 - jadval
Tormoz silindrlarining xarakteristikalari

Havo taqsimlagichni mahkamlash uchun ort qopqoqda kronshteynga ega tormoz silindrlari.
Shartli № 188B (6.17 - rasm) tormoz silindri.
Shtok 11 barmoq 1 vositasida porshen 3 bilan mustahkam bog’langan. Manjeta 5 rezinaning egiluvchanlik xossalari tufayli porshenda ushlanadi. Kigizli moylash halqasi 4 plastinali prujinaning silindrik yuzasiga siqilgan. Old qopqoqning 10 og’zida teshiklarni yopuvchi to`rli filtr 7 joylashgan. 72 mm diametrli 11 shtok trubasiga kiygizilgan rezina shayba 9, tormoz bo`shatilgan

6.17 – rasm.

holatda qopqoq og’zini himoyalaydi. Shtok golovkasi 11 trubaga qo`yiladi va golovka ariqchasiga kirib, bir vaqtning o`zida halqani 8 mahkamlaydigan ikki bolt 6 bilan qotiriladi. Tayanch halqasi 8 porshen 3 va prujina 2 to`plamida qopqoqni 10 echish uchun mo`ljallangan. Shartli № 502B tormoz silindri (6.18 – rasm) porshen 1 bilan sharnir bog’liq va barmoq 2 bilan mahkamlangan, o`zi o`rnatiluvchi shtokka 3 ega. Old qopqoqqa 5 to`rli filtr o`rnatilgan. Golovka 8 trubada 4 emas, shtokda 3 mahkamlangan. Tormoz bo`shatilgan holatda prujinaning kuchi 6 1,5 kN ni tashkil etadi.





6.18 - rasm.


Shartli №586 tormoz silindri (6.19 - rasm) yuk vagonlarida qo`llaniladi. Val oldi kronshteyni 1 va “o`lik nuqtali” 3 kronshteynga ega karkas 2 payvandli qilib tayyorlangan. Silindr korpusi 9, old qopqoq 10 va porshen 4 – po`latli, shtamplangan. Shtok 8 rezina manjeta 5 bilan zichlashtirilgan porshen bilan bog’langan. Porshenga prujina 7 o`rnatilgan va moylash kigiz halqasi 6 mavjud. Old qopqoqda to`rli filtr 11 va rezina shayba 12 joylashgan. Golovka 13 shtok 8 bilan boltlar vositasida ulangan.





6.19 - rasm.

Ko`chma tarkibni disk tormozlari bilan jihozlashda, shtok bilan sharnir bog’liq bo`lgan porshenning yo`li qisqartirilgan, engillashtirilgan tipdagi, shtamplangan yoki payvandlangan tormoz silindrlaridan foydalaniladi.





6.20 – rasm.


Shartli №316 tormoz silindri dizel – poezdlarda disk tormozi tizimida qo`llaniladi. Porshen 6 rezina manjeta 5 bilan zichlangan. Shtok 7 porshen bilan sharnir bog’liq.



6.21 – rasm.


Shtokning golovka 1 bilan rezbali ulanmasi disk va ulamaning emirilish darajasi bo`yicha ular o`rtasidagi yoriqni belgilangan chegarada ushlash uchun porshen yo`lini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Rezina shayba 2 silindr bo`shlig’ini changdan himoyalaydi. Old qopqoqda 4 filtr 3 mavjud.


Shartli №45A tormoz silindri (6.21 - rasm) shtamplangan payvand konstruksiyani o`zida namoyon etadi va disk tormozga ega elektropoezdlarda qo`llaniladi
Tormozlovchi prujinalar bo`lganida 254 mm va undan ortiq diametrli tormoz silindrlarining porshenlari 0,1 – 0,2 kgs/sm2 bosimda tormozlash boshlanganda, yakunda esa 0,3 – 0,4 kgs/sm2 bosimda – old qopqoqqa tutashishdan oldin ko`chadi. Bo`shatish jarayonida teskari ko`chish 0,2 – 0,4 kgs/sm2 bosimda boshlanadi va 0,1 – 0,25 kgs/sm2 bosimda yakunlanadi. 50o haroratda keltirilgan kattaliklar ±0,05 kgs/sm2 chegarada o`zgarishi mumkin (manjetalar va moylash tufayli).

Download 143.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling