Ma’ruza -5 Mavzu: harakat tarkibidagi havotaqsimlagichlar va ularning turlari
Shartli №388 tipdagi qattiq turdagi havotaqsimlagichlar
Download 143.25 Kb.
|
Maruza-5
6.6. Shartli №388 tipdagi qattiq turdagi havotaqsimlagichlar
Shartli № 388 – 002 havo taqsimlagichlar o`ta o`tkir uzun nishabliklarda foydalaniladigan, 20 tagacha vagonga ega poezdlarda ishlash uchun mo`ljallangan. Tuzilishi (6.10 - rasm). Moslamaning korpusida 14 ikki diafragma 7 va 12, egarga 11 ega teskari klapan 9, tormoz 15 va bo`shatish 18 klapanlari joylashgan. egarli 16 diafragma 12 yo`naltirgich 20 korpusiga mahkamlanadi, u shuningdek manjetaning 17 o`rni sifatida xizmat qiladi. Tormoz silindrida havoning chegara boimini cheklash uskunasi oboymaga 6 o`rnatilgan va prujina 8, markazlash – tiruvchi shayba 21, tayanchlar 22, o`rnatma vintdan 4 tashkil topgan. Stakanga 3 tayanchli ikki prujina 5, vtulkaga 23 ega boshqaruvchi stakan 2, qopqoq 1 joylashtirilgan. Zaryadka va bo`shatish (6.10 - rasm). Havo magistraldan MK bo`shliqqa va keyin 10 teshik va teskari klapan 9 orqali ZR kamera hamda zahira rezervuarga tushganida, havo 15 klapan orqali, silindrdagi bosim taxminan 4 kgs/sm2 ga etmaguncha tormoz silindriga o`tadi. Bosim yanada oshganida diafragmalar chapga ko`chishni boshlaydi, oldin rasmda ko`rsatilganidek 15 klapan yopiladi, keyin kanal 13 va tormoz silindri ochiladi va TK kamera 19 kanal bo`yicha atmosfera bilan ulanadi. To`liq bo`shatish zaryad bosimi belgilangan kattalikkacha oshganida sodir bo`ladi (5,5 – 6,5 kgs/sm2 chegarada). 6.10 - rasm. Shartli №388 – 002 havotaqsimlagichning ishi Tormozlash (6.11 - rasm). Magistralda bosim zaryadli bilan taqqoslaganda 0,3 – 0,4 kgs/sm2 ga tushganida 7 va 12 diafragmalar tizimi tayanchgacha o`nga, yo`naltirgichning 20 torslariga ko`chadi. Oldin atmosfera kanali 13 yopiladi va tormoz silindri atmosfera bo`shlig’i va kanaldan 19 ajraladi. Keyin klapan 15 egardan uzoqlashadi va tormoz silindri ZR kamera orqali zahira rezervuar bilan ulanadi. To`liq tormozlash uchun magistraldagi bosimni zaryaddagi bilan taqqoslaganda 1,2 – 1,5 kgs/sm2 ga tushirish kerak. Bu holatda tormoz silindrida 3,8 – 4,2 kgs/sm2 bosim o`rnatiladi va diafragmalar tizimi 15 klapan va 13 kanallar yopiq bo`lganida, yopiq holatni egallaydi. Magistralda bosim 1,5 kgs/sm2 dan ortiq pasayganida diafragma 7 yo`naltirgichga 20 siqilganicha qoladi, 12 diafragma esa 15 klapan egarga siqilgan, 13 kanal esa yopiq holatni egallaydi. TK kamera va tormoz silindrida bosimning maksimal kattaligi 8 prujinaning kuchiga bog’liq. TK va silindrda havo chiqishlarida belgilangan bosim, 12 diafragma o`nga egilishi, 15 klapan ochilishi va chiqishlar to`ldirilishi hisobiga ushlanadi. Agar bosim belgilangan me’yordan ortib ketsa, diafragma o`nga egiladi, 13 kanal ochiladi, havoning bir qismi atmosferaga chiqadi. Shartli №388 – 003 havo taqsimlagich (6.12 - rasm). Agar havo taqsimlagich bo`sh va yuklangan rejimlarga o`tkazgichga ega bo`lsa, unda unga № 388 – 003 Shartli belgi beriladi. 6.11 - rasm. Shartli №388 – 002 xavotaqsimlagich (to`xtash) Download 143.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling