Ma’ruza -5 Mavzu: harakat tarkibidagi havotaqsimlagichlar va ularning turlari


Yangi havo taqsimlagichlarning barcha turlariga umumiy talablar quyidagilar hisoblanadi


Download 143.25 Kb.
bet6/9
Sana02.06.2024
Hajmi143.25 Kb.
#1835830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maruza-5

Yangi havo taqsimlagichlarning barcha turlariga umumiy talablar quyidagilar hisoblanadi:


1. havo taqsimlagichlarning xarakteristika va tuzilishi foydalanilayotgan havo taqsimlagichlar bilan solishtirganda yuqori samaradorlik va ishonchli ishni ta’minlashi va shu bilan birga hech qanday cheklovlarsiz poezdlarda ular bilan birga ishlashi lozim. Shu talabdan kelib chiqib hajm va rezervuarlarni zaryadlash, tormoz silindrlarini to`ldirish, bo`shatish vaqti, tormoz silindrlarida yakuniy bosimlar kattaliklari va boshqalarning aniq qiymatlari belgilanadi;
2. tormoz to`lqinining tarqalish tezligi 250 m/s dan kam bo`lmasligi kerak;
3. bir yoki bir nechta tormoz silindrlarining to`lish vaqti va alohida vagonning to`liq xizmat yoki favqulodda tormozlashida ulardagi maksimal bosim tormoz silindrlarining hajmi va tormoz magistralidagi zaryad bosimiga bog’liq bo`lmasligi lozim;
4. havotaqsimlagich tormoz silindri va zahira rezervuarida tormozlash jarayonida havo chiqishlarini avtomat tarzda to`lishirishi kerak;
5. pog’onali (tog’li) bo`shatish rejimida havo taqsimlagichning cheksizligi, ko`p martali xizmat tormozi va pog’onali bo`shatishdan so`ng (lekin to`liq bo`shatishsiz) amalga oshiriladigan favqulodda tormozlashda, tormoz silindrida bosim kattaligi favqulodda tormozlashda olinadigan maksimal kattalikning 85% idan kam bo`lmaydigan tarzda bo`lishi kerak. Bu rejimda to`liq bo`shatish magistralda bosim zaryad bosimdan 0,15 – 0,3 kgs/sm2 ga kam bo`lgan kattalikkacha oshganida sodir bo`lishi lozim (bo`shatishning engillatilishi);
6. amalga oshirilgan xizmat tormozlashi va tormoz magistralida bosim 0,1 – 0,2 kgs/sm2 ga oshganidan so`ng pog’onasiz (tekislik) bo`shatish rejimida havo taqsimlagich to`liq bo`shatishi kerak;
7. havotaqsimlagich atrof – muhitning + 60 TS darajadan – 60 TS darajagacha haroratida normal ishlashi lozim;
8. ta’mirlashsiz xizmat qilish muddati ishdan chiqmasdan ishlash ehtimoli 95% dan kam bo`lmagan holda, uch yildan kam bo`lmasligi lozim;
9. havotaqsimlagich tuzilishida uni tayyorlashni soddalashtirish va foydalanishda xizmat ko`rsatishni osonlashtirish maqsadida ham ushbu moslama uchun, ham foydalanilayotgan havo taqsimlagichlarning mos keluvchi tugun va detallari uchun o`zaro almashinadigan tugun va detallarning maksimal soni bo`lishi lozim.
Bundan tashqari, havo taqsimlagichlarning vazifasiga bog’liq ravishda ularga qator qo`shimcha talablar qo`yiladi.
Yo`lovchi tipdagi havo taqsimlagichlar quyidagilarga ega bo`lishi lozim:
1. ikki rejim – normal uzunlikdagi poezd va uzun tarkibli poezdda yoki ikkala rejimda pog’onasiz bo`shatishda;
2. qo`shimcha rejimlar, xususan pog’onali bo`shatish rejimlaridan foydalanishga yo`l qo`yiladi. Favqulodda tormozlashni tezlashtirgich bo`lishi Shart;
3. to`g’ri ta’sir qiluvchi turdagi elektropnevmatik tormoz tizimda havo taqsimlagichdan foydalanish imkoniyati ko`zda tutilgan bo`lishi lozim;
4. tormozlashning turg’un pog’onasini olish uchun magistralda bosim pasayishining minimal kattaligi 0,3 kgs/sm2 ni tashkil etishi kerak;
5. magistralda bosim 0,4 kgs/sm2 daqiqadan kam tezlikda pasayganida havo taqsimlagich ishga tushmasligi kerak.
Yuk tipidagi havo taqsimlagichlar quyidagilarga ega bo`lishi kerak:
1. ikki bo`shatish rejimi – pog’onasiz (tekislik) va pog’onali (tog’);
2. qo`lda yoki avtomat tarzda o`zgartiriladigan, vagonning yuklanishi bo`yicha uch rejim (bo`sh, o`rta, yuklangan). Tormoz silindrlarini to`ldirish va bo`shatish jarayonlari tezlashtirilgan, qo`shimcha rejimlar qo`llanilishiga yo`l qo`yiladi;
3. tormozlashning turg’un pog’onasini olish uchun magistralda bosim pasayishining minimal kattaligi 0,3 – 0,5 kgs/sm2 ni tashkil etishi lozim;
4. tormoz silindrlarining to`ldirilishi to`liq xizmat va favqulodda tormozlashda sodir bo`lishi, bunda ularda kattaligi vagon yuklanishiga proporsional bo`lga bosimning dastlabki sakrashi hosil bo`lishi kerak.
5. havo taqsilmagich magistralda bosim daqiqasiga 0,2 – 0,5 kgs/sm2 tezlikda pasayganida ishga tushmasligi kerak;
6. havo taqsimlagichlarning xarakteristikalari 10 000 t vaznli yuk poezd –larini tormozlashda 200 ts dan oshmaydigan, maksimal bo`ylama kuchlanishni ta’minlashi kerak;
7. poezdning butun uzunligi bo`yicha havotaqsimlagichlar orqali tormoz magistralining razryadkasi favqulodda tormozlashda 1500 m gacha uzunlikdagi poezdda 30 soniyadan kam vaqt ichida 3,5 kgs/sm2 bosimgacha barcha tormoz silindrlari to`ldirilishini ta’minlashi kerak
G’arbiy evropa tipidagi havo taqsimlagichlar quyidagi xarakteristikalarga ega bo`lishi kerak:
1. xalqaro yo`llarga qo`yilgan boshqa havo taqsimlagichlar bilan birga normal ishni ta’minlashi;
2. pog’onali bo`shatish bo`lishi;
3. yuk va yo`lovchi rejimlarning bo`lishi (bir rejim bo`lishiga yo`l qo`yiladi);
4. tormoz to`lqinining tarqalish tezligi kamida 250 m/s;
5. alohida vagonda yumshoqlik kamida daqiqasiga 0,4 kgs/sm2, poezdda ko`pi bilan 10 daqiqada 1 kgs/sm2;
6. tormoz silindrlarida maksimal bosim 3,7 – 3,9 kgs/sm2 magistralda bosim 1,3 – 1,6 kgs/sm2 ga pasayganida erishilishi lozim;
7. alohida vagon tormoz silindrlarini favqulodda tormozlashda maksimal bosimning 95% ga to`ldirish vaqti 3 – 5 soniya, yuk – 18 – 30 soniya, silindrlardan havoni ulardagi bosim 0,4 kgs/sm2 bo`lguncha chiqarish vaqti mos ravishda 15 – 20 va 45 – 60 soniya;
8. ko`pi bilan 0,2 kgs/sm2 bosimgacha tormoz silindrining ta’minotga ta’sirchanligi;
9. Yuqori cheksizlik (tormoz silindrlarida maksimal bosimning kamida 85% i).
Bu havotaqsimlagichlarda vagonlarni yuklash bo’yicha rejimlar, shuningdek pog’onasiz bo’shatish bo’lishi shart.



Download 143.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling