Ma’ruza -5 Mavzu: harakat tarkibidagi havotaqsimlagichlar va ularning turlari
Download 143.25 Kb.
|
Maruza-5
6.4. Shartli №466 bosh qismi
Tuzilishi (6.9 - rasm). Shartli № 466 bosh qism ikki asosiy tugundan tashkil topgan: vtulka 9 presslangan korpus 15 va tayanch 34 va chiqarish klapaniga ega egar 40 hamda qopqoq 33. Vtulkada 9 22,5 mm diametrli 8 va 11 yo`naltiruvchilar, 22 mm diametrli egar 13, shayba, prujina osti klapani 14 va Shartli № 270 – 023 bosh qismida qo`llaniladigan 14 va 12 manjetalardan tashkil topgan. 1 va 2 yo`naltiruvchi disklar o`rtasida mahkamlangan diafragma 3 bir vaqtning o`zida korpus 15 va qopqoq 33 o`rtasidagi zichlagich hisoblanadi. Shaybaga 2 prujina osti teskari klapani 35 joylashtirilgan. 29 shayba va 31 vtulka o`rtasigi yo`naltirgich 8 uchiga o`rnatilgan, shtift 32 bilan ushlanadigan prujina 30 shtokni diskka 2 siqadi. Diskdan 2 tayanchgacha 4 bo`lgan masofa 4,5 mm ni tashkil etadi. Korpusda 15 rezina halqaga ega gayka 5 bilan vtulka 7 va prujinali 6 tayanch 4 mahkamlangan.6.9 – rasm. Korpusning o`ng qismida egar 23 va manjetaga 24 ega tenglashtiruvchi porshen 22 joylashgan. Prujina 16 vint 18 bilan belgilanadigan tayanch 19 bilan boshqariladi, prujina 17 esa tayanch 20 bilan birga shplint bilan mahkamlanadigan vint 21 bilan boshqariladi. Korpusning yuqori qismiga tiqin 37 bilan yopilgan diafragma (plastinkalar) 39 va tayanchdan 38 tashkil topgan teskari klapan joylashtirilgan. Diafragma 3 zolotnik kamerasini ZK ishchi kameradan RK ajratadi, tenglashtiruvchi porshen 22 esa – tormoz kanalini TS atmosfera bo`shlig’idan At. Atmosfera bilan A kanal orqali ulangan, manjeta 28 va yo`naltirgichda 8 joylashgan chetki manjeta o`rtasidagi bo`shliq ZK kamera tomonidan havo bosimidan shtokni bo`shatadi. 6.5. Bosim Zaryadka. Havo tormoz magistralidan magistral qism orqali ZK kameraga tushadi va 0,5 mm diametrli 36 teshik va taxminan 1,5 mm ga ochiq klapan 35 orqali esa – RK kameraga. Zahira rezervuarning zaryadlanishi flanetsning magistral kanalida presslangan nippelda 1,3 mm diametrli teshik orqali sodir bo`ladi va keyin teskari klapan 39 orqali. Xizmat tormozlash. Havo tormoz magistralidan magistral qismning ZK kamerasi orqali KDR kanalga tushadi, keyin 1,4 mm diametrli teshiklar 25 orqali 13 TS kanalga o`tadi va egarda 23 4 mm diametrli teshik orqali – At bo`shliqqa o`tadi. ZK kamerada bosim 0,3 – 0,4 kgs/sm2 gacha tushganida diafragma 3 shtok bilan birga taxminan 3 mm ga o`nga siljiydi, buning natijasida quyidagilar sodir bo`ladi: Klapan 35 ZK va RK kameralarni ajratgan holda egarga tayanadi; Klapan 14 tormoz silindrning TS kanalini At bo`shliqdan ajratgan holda egardagi 23 teshikni yopadi; Shtokda chetki o`ng manjeta 12 KDR kanalga magistralning qo`shimcha razryadkasini to`xtatgan holda, teshikni 25 yopadi; Havo ZR kanal, 1,8 mm diametrli 13 ta teshik 26 va shaybada 10 2,5 mm diametrga ega sakkiz teshik orqali zahira rezervuardan shtokning ichki bo`shlig’iga o`tadi va keyin ochiq klapan 14 orqali – TS ga tushadi. 26 teshiklar manjeta bilan to`silganidan so`ng havo zahira rezervuaridan tormoz silindriga faqat 1,7 mm diametrli teshik 27 orqali tushadi. ZK kamerada bosim taxminan 1,2 kgs/sm2 ga tushganida diafragma 3 va shtok 6 va 30 prujinalarni siqqan holda, 16 mm o`nga ko`chadi. Silindrda bosimning dastlabki o`sishi diskning 2 holati va prujinaning 30 dastlabki siqilish kuchi bilan aniqlanadi. TS kanalida bosimning oshishi ishchi kamerada rejim valikning holatiga bog’liq ravishda bir yoki ikki rejim prujinalari bilan yuklangan tenglashtiruvchi porshenning 22 ko`chishiga olib keladi. Tormoz magistralida, buning natijasida, ZK kamerada bosimning pasayish kattaligiga muvofiq diafragma va shtok tormoz silindrida mos keluvchi bosim belgilanadigan va avtomat tarzda ushlanadigan ma’lum holatni egallaydi. Tenglashtiruvchi porshenning to`liq yo`li 13 mm atrofida bo`ladi. Favqulodda tormozlanganda bosh qismning harakati to`liq xizmat tormozlashidagi harakatga o`xshash. Bo`shatishning tekislik rejimi ZK kameraning RK kamera bilan ulanishi bilan xarakterlanadi, buning natijasida diafragma 3 prujinaning 6 ta’siri ostida va shtok 30 prujinaning ta’siri ostida chetki chap holatga ko`chadi. Havo tormoz silindridan egardagi 23 teshik va At bo`shliq orqali atmosferaga chiqadi. Bo`shatishning tog’ rejimida ZK kamerasida bosimning ortishi diafragma 5 va shtokning o`nga ko`chishiga olib keladi, bunda RK kamera hajmining kichrayishi hisobiga undagi bosim diafragmaga ikki tomondan ta’sir qilish darajasigacha oshadi. Tormoz silindridagi bosim shtokning holatiga mos ravishda belgilanadi. To`liq bo`shatish, tormoz magistralida va ZK kameradagi bosim dastlabki zaryad bosimdan 0,1 – 0,2 kgs/sm2 ga past bo`lmaganida sodir bo`ladi. Shartli № 270 – 023 bosh qism bilan taqqoslaganda Shartli № 466 bosh qismning asosiy ustunligi – shtok bilan mustahkam ulangan va manjetalar bilan zichlashtirilgan bosh porshen o`rniga erkin razyomli shtikka ega diafragmali tuzilishdan qo`llanilgani hisoblanadi. Diafragmali tuzilish bosh qismning turg’unroq ishlashini ta’minlaydi va ayniqsa qish sharoitida, tormozlash, bo`shatish va tormoz silindrida bosimni ushlashga ta’sirchanligini oshiradi. Download 143.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling