Ma’ruza -5 Mavzu: harakat tarkibidagi havotaqsimlagichlar va ularning turlari


Shartli №292 – 001 havo taqsimlagichlar


Download 143.25 Kb.
bet2/9
Sana02.06.2024
Hajmi143.25 Kb.
#1835830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maruza-5

6.2. Shartli №292 – 001 havo taqsimlagichlar



Havotaqsimlagichning tuzilishi 6.1 - rasmda animatsiya ko`rinishida ko`rsatilgan.



6.1 - rasm. Animatsiya





6.2 - rasm. Zolotnik va vtulkada kanallarning vazifasi.
1 – magistralni qo`shimcha razryadkasi uchun; 2 – qo`shimcha razryadka kamerasini (KDR) atmosfera bilan ulash uchun; 3 – xizmat tormozlashda tormoz silindrini to`ldirish uchun; 4, 10 – KDR kamerasini bo`shatishda atmosfera bilan ulash uchun; 5 – tormoz silindrini atmosfera bilan ulash uchun; 6 – favqulodda tormozlashda zahira rezervuarni tormoz silindri bilan ulash uchun; 8, 11, 16 – xizmat tormozlashda magistralni qo`shimcha razryadlash uchun; 9, 14 – tezlashtiruvchi porshen ustidagi kamerani favqulodda tormozlashda tormoz silindri bilan ulash uchun; 13 – zolotnik kamerasi va zahira rezervuarni tormoz silindri bilan ulash uchun; 15 – favqulodda tormozlashda tezlashtiruvchi porshen ustidan kameradagi havoni chiqarish uchun; 17 – tormoz silindrini favqulodda tormozlashda o`tkazuvchi tiqin orqali to`ldirish uchun; 19 – atmosfera kanali; 20 – tormoz silindrining o`tkazuvchi tiqin orqali atmosfera bilan ulash uchun; 21 – xizmat tormozlashda tormoz silindrini to`ldirish uchun.
Havo taqsimlagichning ishi 6.3 – rasm – animatsiyada ko`rsatilgan.



6.3 - rasm. Animatsiya. Shartli №304 – 002 bosim relesi



6.4 - rasm. Animatsiya







6.5 - rasm. Animatsiya
6.3. Shartli №483 – 000 havotaqsimlagich

Havo taqsimlagichning tuzilishi (6.6 - rasm). Shartli № 483 – 000 havo taqsimlagichning to`plamiga quyidagilar kiradi: Shartli № 270 – 023 bosh qism, Shartli № 483 – 010 magistral qism va Shartli № 295 – 001 ikki kamerali rezervuar.


Ikki kamerali rezervuar filtr 34, ishchi (RK) va zolotnik (ZK) kamerasiga ega, unga zahira rezervuari (ZR) va tormoz silindrining (TS) ajratuvchi krani orqali tormoz magistralidan (TM) quvurlar o`tkazilgan. Ikki kamerali rezervuarning korpusida 36 tormozlash rejimlarini o`zgartirish dastagi joylashgan (rasmda ko`rsatilmagan): yuksiz, o`rta va yuklangan. Ikki kamerali rezervuarga moslamaning barcha ishchi tugunlari joylashgan magistral va bosh qism mahkamlanadi.



6.6 - rasm.


Magistral qism korpus 28 va qopqoqdan 25 tashkil topgan, unda ish rejimlarini o`zgartirish (bo`shatish) tuguni joylashgan: tekislik va tog’. Bu tugun ko`chma tayanch 23 bilan dastak 22 va 0,6 mm diametrli kalibrlangan teshikli egarga 20 ikki prujina bilan siqilgan diafragmani 24 o`z ichiga oladi. Tekislik ish rejimida VR prujinalarning diafragmaga kuchi 2,5 – 3,5 kgs/sm2 ni tashkil etadi, tog’ rejimida – 7,5 kgs/sm2. Magistral qismning korpusida: magistral organ, qo`shimcha razryadka tuguni va yumshoqlik klapani joylashgan.


Magistral organ ikki alyumin disk 19 va 27 o`rtasida siqilgan va qaytuvchi prujina bilan yuklangan rezinali magistral diafragmaga 18 ega. Chap diskning 27 dumida 1 mm dan diametrga ega ikki teshik va surgich 30 joylashgan, o`ng diskning 19 tors qismida esa – 1,2 mm diametrli uch teshik mavjud (yoki 2 mm diametrli ikki teshik). Magistral diafragma magistral qismni ikki kameraga ajratadi: magistral (MK) va zolotnik (ZK). Disklar bo`shlig’ida prujina bilan yuklangan 21 plunjer joylashgan, u 2 mm diametrli bir tomoni ochiq kanal 26 va har biri 0,7 mm diametrli uch radial kanalga ega. Plunjerning egari magistral diafragmaning chap diski hisoblanadi.
Qo`shimcha razryadka tuguni egarga 33 ega atmosfera klapani, egarga 31 ega qo`shimcha razryadka klapani 32 va egarga 29 ega, teskari klapan vazifasini bajaruvchi qo`shimcha razryadka 15 manjetasiga ega. Atmosfera klapanining tiqinida 13 0,9 mm diametrli teshik joylashgan (VR modernizatsiyasigacha 0,55 mm), qo`shimcha razryadka klapan egarida 13 oltita teshik mavjud, ular orqali klapan ortidagi bo`shliq qo`shimcha razryadka kanali (KDR) bilan ulanadi, qo`shimcha razryadka manjetasining egarida 29 har birining diametri 2 mm dan bo`lgan olti teshik joylashgan.
Yumshoqlik klapani 16 prujina bilan yuklangan va o`rta qismida rezina diafragmaga 15 ega. Yumshoqlik klapanining kanalida (klapanning tors qismi va MK o`rtasida) 0,9 mm diametrli kalibrlangan teshikqa ega nippel joylashgan (VR modernizatsiyasigacha 0,65 mm). Yumshoqlik klapani diaframgasi ostidagi bo`shliq atmosfera bilan doimiy ulangan.
Bosh qism korpus 37 va qopqoqdan 1 tashkil topgan. qopqoqda tasmali 38 bo`shatish klapani 39 joylashgan. Korpusda bosh va tenglashtiruvchi organlar, 0,9 mm teskari klapan 7 va 0,5 mm diametrli kalibrlangan teshik joylashgan.
Bosh organ bo`sh shtokli 3, prujina 4 bilan yuklangan bosh porshenni 2 o`z ichiga oladi. bo`sh shtokning ichida prujina bilan yuklangan tormoz klapani 8 joylashgan, uning egari bo`sh shtokning tors qismi hisoblanadi. Bo`sh shtikda shuningdek 1,7 mm diametrli bir teshik va har biri 1,6 mm diametrga ega sakkiz teshik mavjud (yoki 3 mm dan to`rtta teshik). Shtok 5 va 6 rezina manjetalar bilan mahkamlangan.
Tenglashtiruvchi organ katta 10 va kichik 11 prujinalar bilan yuklangan tenglashtiruvchi porshenni 9 o`z ichiga oladi. Katta prujinaning tortilishi atmosfera teshiklariga ega rezbali vtulka 35 bilan nazorat qilinadi, kichik prujinaning tenglashtiruvchi porshenga ta’siri tormozlash rejimlarini o`zgartirish dastagi bilan bog’liq ko`chma tayanch 12 yordamida o`zgartiriladi. Tenglashtiruvchi porshen tormoz kamerasini (TK) kanal TS va 2,8 mm diametrli ikki tomoni teshik atmosfera kanali bilan ulash uchun diskda ikki teshikka ega.
Bosh qism va ikki kamerali rezervuar o`rtasida 1,3 mm diametrli teshikka ega nippel joylashgan.
Shartli №483 – 000M modernizatsiyalangan VR qo`shimcha razryadka manjetasining egarida 29 0,3 mm diametrli kanalga ega, u orqali MK qo`shimcha razryadka manjetasining ortidagi bo`shliq 40 bilan doimiy ulangan. Plunjerning yuqori radial kanali VR ning bo`shatishga ta’sirchanligini oshirish va poezdning ort qismida bo`shalish boshlanishini tezlashtirish maqsadida uning pastki radial kanallariga nisbatan o`onga siljigan (6.7 – rasm). Plunjer yuqori radial kanalining joylashuvi magistral diafragmaning bo`shalish holatiga (o`nga) harakatida, RK, «P» va MK bo`shliq shu kanal va 0,3 mm diametrli kanal orqali, RK va ZK plunjerning pastki radial kanallari orqali ulangunidan oldin ulanishi ta’minlanadigan tarzda tanlangan.

6.7 – rasm.

6.8 - rasm. Havotaqsimlagichning ishi.



Download 143.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling