Ma’ruza -5 Mavzu: harakat tarkibidagi havotaqsimlagichlar va ularning turlari


Download 143.25 Kb.
bet5/9
Sana02.06.2024
Hajmi143.25 Kb.
#1835830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maruza-5

Bo`shatish. Bo`sh rejimda magistralda bosim pasayganida 2, 3, 4 diafragmalar tizimi o`nga ko`chadi. Tormoz silindri atmosfera bilan ajraladi, 5 klapan ochiladi, TK kamera va tormoz silindri zahira rezervuari bilan ulanadi. Havo vtulkadagi o`tkazgich 1 teshigi orqali 3 diafragmaga II bo`shliqqa tushadi, chunki o`tkazgich dastagi vertikal yuqoriga holatda joylashgan. 2 va 3 diafragmalarning yuzalari, tormoz silindridagi bosim magistralda bosim pasayish kattaligining taxminan ikkilangan qiymatiga teng ravishda belgilanadigan qilib olingan. To`ldirilgandan so`ng tormoz silindri zahira klapandan 5 klapan bilan ajraladi va atmosferadan o`chirilgan holatda qoladi – yopish holati o`rnatiladi.
Yuklangan rejimda o`tkazgich dastagini pastki vertikal holatga o`tkazgach II bo`shliq atmosfera bilan ulanadi va tormoz silindridan o`chiriladi. Bu holatda TK kameraga tushuvchi havo faqat 4 diafragmaga ta’sir qiladi. 2 va 4 diafragmalar yuzasi, tormoz silindridagi bosim tormoz magistralidagi bosim pasayish kattaligining taxminan 3 marta ko`paytirilgan qiymatiga teng belgilanadigan tarzda tanlangan.
Silindr to`lganidan so`ng yopish holati o`rnatiladi.

6.12 - rasm. Shartli №388 – 003 havotaqsimlagich


Magistralda bosim oshishining barcha holatlarida bo`shatilganda 2, 3, 4 diafragmalar tizimi chapga ko`chadi, 5 klapanning atmosfera teshigi ochiladi va tormoz silindri atmosfera bilan ulanadi.




6.7. Yangi havo taqsimlagichlarga asosiy talablar

Temir yo`l ko`chma tarkibining pnevmatik tormozlarida asosiy moslama hisoblangan havo taqsimlagichlar poezdlar harakat xavfsizligining oshishi, yo`llarning o`tkazish qobiliyatining ortishiga olib kelishi, turli foydalanish sharoitlarida ishdan chiqmasdan ishlashi lozim. Shu maqsadda temir yo`l transporti va undan foydalanish sharoitlari rivojlanishining zamonaviy va istiqbolli darajalarini e’tiborga oluvchi yangi (loyihalashtirilayotgan) havo taqsimlagichlarga ma’lum texnik talablar ishlab chiqilgan.



Download 143.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling